3.
Xulosa
Ushbu o‘quv qo‘llanmaning birinchi
bobida zamonaviy kompyuter
arxitekturasiga oid asosiy tushunchalar, hamda
kompyuterning raqamli va
mantiqiy asosla
riga oid ma’lumotlar keltirilgan ekan.
Unda kompyuterning
apparat ta’minoti hisoblangan raqamli mantiqiy sath ob’ektlari – ventillar,
oddiy mantiqiy funksiyalarni
bajaruvchi elementlar, xotira elementlari
hisoblangan triggerlar, ular asosida qurilgan registrlar qanday tuzilganligi va
ularning
kompyuter arxitekturasida tutgan o‘rni haqida tushuntirishlar berildi.
Bir hil arxitekturalar uchun har xil firmalar mikroarxitekturalarni qo‘llashda
asosan ishlash samaradorligini maksimal oshirishga ya’ni
dasturlarni
yechish tezligini
ko‘paytirishga xarakat qilar ekan. Pentium va bunga yaqin
bo‘lgan turlarida ya’ni Pentium Pro,
Pentium II va III, Celeron, Pentium 4
lardagi dasturlarni bajarish jarayonlarida har xil turdagi konveyerlash va
parallellashtirish u
sullarini qo‘llashga intilishar ekan.
Kompyuter protsessorining arxitekturasi tushunchasi
- bu dasturiy model
hisoblanadi, ya’ni buyruqlarning to‘plam arxitekturasini (BTA) protsessorda
amalga oshirilgan usuli hisoblanar ekan
. Har bir buyruqlar to‘plami
kompyuterda turli hil mikroarxitektura asosida yaratilar ekan. Bu esa har bir
qo‘yilgan masalaning maqsadiga bog‘liq bo‘lar ekan.
Demak, kompyuterning arxitekturasi
asosan mikroarxitekturalardan,
mikrokodlardan va buyruqlar to‘plam arxitekturasidan topgan deb
hisoblanadi.