- 82 -
XULOSA
Ushbu bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida Android operatsion tizimining
ishlash jarayonlari o’rganildi:
– Android operatsion tizimi haqida nazariy ma’lumotlar o’rganildi;
– ushbu OTga bog’liq bo’lgan barcha ma’lumotlar turli tillardan o’zbek tiliga tarjima
qilindi;
– Android OT haqidagi adabiyotlar ko’zdan kechirildi;
– *.apk kengaytmali fayllar, ularning ishlash tartibi aniqlandi;
– Google Market internet magazinidagi dasturlar o’rganildi;
– Eclipse SDK va Android SDK dasturlash muhitlari haqida ma’lumotlar to’plandi;
– ularning o’rnatilish, sozlash jarayonlari haqidagi ma’lumotlar tizimlashtirildi;
– Android OT uchun dasturiy ta’minot yaratish bosqichlari o’rganildi;
– Java tilida Android OT da ishlaydigan dars jadvali dasturi tuzildi;
– Tuzilgan dastur va jamlangan bilimlar asosida foydalanuvchilarga kerakli
tavsiyalar va xulosalar berildi.
Yaratilgan dasturni har bir o’qituvchi, talaba yoki boshqa soha vakillari o’z ish
sohalariga moslab dastur imkoniyatlarini kengaytirishlari va ICD_Dictionary
loyihasiga yuklab barchaga tavsiya etishlari mumkin.