Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti "boshqaruv hisobi"
-MAVZU.’’STANDART-KOSTING’’ ’’DIREKT-KOSTING’’ HISOB
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
boshqaruv hisobi fani boyicha
11-MAVZU.’’STANDART-KOSTING’’ ’’DIREKT-KOSTING’’ HISOB TIZIMALARI REJA: 1.’’STANDART-KOSTING’’ tizimi bo`yicha boshqaruv hisobini tashkil etish. 2.’’DIREKT-KOSTING’’ tizimi bo`yicha boshqaruv hisobini tashkil etish. Xorijiy mamlakatlarda buxgalteriya hisobini yuritishning zamonaviy sharoitlarida texnik va strategik xarakterdagi boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni korxonaning xarajatlari va moliyaviy natijalari haqidagi axborotga tayanadi. Korxona xarajatlarini boshqarishda “Standart kost” hisob tizimi samarali qurollardan biri hisoblanadi. Uning asosida belgilangan normalar va normativ xujjatlar doirasida va ulardagi og`ishlar bo`yicha hisob va nazorat tamoyillari etadi. Xarajatlarni normativ hujjatlar usulida aniqlash XX asr boshlarida AQSH da paydo bo`ldi. Bu F. Teylor, G Emerson va boshqa muhandislar taklif qilgan ilmiy menejment tamoyillaridan biri edi. Ular xarajatlarning normativ hisobi tizimini rivojlantirish uchun turtki berdilar. Ular mehnat va materiallardan foydalanishning “yagona, eng yaxshi yo`l”ni aniqlash uchun standartlar qo`llar edilar. Bu standartlar materiallar va mehnat iste`molini eng kam darajaga keltirilishni ta`minlovchi rejani qabul uchun axborot manbai bo`lib xizmat qiladilar. “Standart-Kost” tizimi haqidagi dastlabki eslatmalar G. Emersonning “Mehnat unumdorligini tekshirish va ish haqining asosi sifatida” kitobida uchraydi. SHu bilan bir vaqtda an`anaviy buxgalteriya tarafdorlari kalkulyatsiyalar tadbirlarini “Tarixiy”, ya`ni haqiqiy tannarxni qidirib topishga olib kelib qo`ydilar. U, an`anaviy buxgalteriya shunday kamchilikka ega ediki, nima borligi va nima bo`lishi mumkin ekanligi o`rtasida hech qanday munosabat o`rnatilmaydi deb hisoblar edi. Uning fikricha hisobning haqiqiy maqsadi shundan iboratki, extiyotkorliklar miqdori va shiddatliligi ortsin. U ta`kidlardiki, “extiyotkorliklar” korxona Xo`jalik faoliyatining to`g`ri yo`lini topish uchun kerak. Ularning imkoniyati normalardan barcha og`ishlarni qayd etishdan iborat. SHuni qayd etish lozimki, hisob kelajakka qaratilgan bo`lishi kerak, zero oldindan qo`rish – bu ogohlantirish demakdir. Binobarin, barcha Xo`jalik jarayoni aniq boshlanishigacha jiddiy nazorat ostiga olingan bo`lishi kerak. Biroq o`tmishda erishilgan normalardan o`zga norma yo`q, buxgalteriya belgilab berolmaydi, normalarsiz esa Xo`jalik faoliyati maqsaddan mahrum bo`ladi va undan ham yomoni ma`muriyat hisob orqali unumdorlik holatini bilolmaydi. Unumdorlik, G.Emersonning fikricha, ishning butun ma`nosini tavsiflaydi, zero qattiq ishlash - ishga butun kuchini xarajatlash degani, unumli ishlash ishga eng kam miqdorda kuch xarajatlash degani. Unumdorlikni aniqlashda u “Mx/Zs”ning o`zaro nisbatidan ya`ni, haqiqiy xarajatlarning standart xarajatlarga nisbatidan foydalanishni taklif etdi. Bunda har doim Zs standart xarajatlar o`rtasidagi farq (Mx-Zs) qancha kam bo`lsa unumdorlik shuncha yuqori bo`ladi. Ushbu formuladan foydalangan xolda G.Gant standart va noishlab chiqarish xarajatlari o`rtasidagi farqni aniqlaydi. Natijada Gant o`zining quyidagi mashhur qoidasini taklif qiladi: Belgilanganidan ortiq bo`lgan barcha xarajatlar aybdor shaxslar zimmasiga yuklatilishi va hech qachon xarajatlarni aks ettiruvchi hisoblarga kiritilmasligi kerak. SHuni ta`kidlash kerakki, ilmiy menejment tarafdorlari standartlarni moliyaviy chiqimlar ustidan nazorat quroli sifatida qarab chiqmaganlar. Xarajatlarni normativ xarajatlar bilan aniqlashning to`liq amaldagi tizimini birinchi marta 1911 yilda AQSH da CH.Garrison ishlab chiqdi va xayotga tatbiq etdi. Uning “Tannarx hisobi ishlab chiqarishga yordam bermoqda” mavzusiga (1918y) baYOishlangan maqola oldindan nafaqat “tarixiy” tannarx hisob tizimining uyg`unligiga e`tibor qaratgandi, balki “Standart-Kost”ni tashkil etish variantlarining ko`plab tavsiflari keltirilgan. CH.Garrisonning “Standart-Kost” g`oyasi ikkita qoida bilan ifodalanadi: 1) barcha xarajatlar hisobda standartlar bilan taqqoslangan bo`lishi kerak; 2) haqiqiy xarajatlarga standartlar bilan qiyoslaganda aniqlangan og`ishlar sabablar bo`yicha bo`laklarga ajratilgan bo`lishi kerak. G. Emersonga qaraganda CH.Garrison shunday holatlarga yo`l qo`ygan ediki, unda u taklif qilgan natijalar, ya`ni 3s ning Mx dan yoki katta Yoki unga teng bo`lish mumkinligi (Zs Mx) standartlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirar edi. Vujudga kelishidan boshlab “Standart-Kost” hisob tizimida muvaffaqiyatli rivojlandi va hozir bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning ko`plab firmalarida keng qo`llanilmoqda. “Standart-Kost” atamasi ikki so`zdan tashkil topgan: “standart” mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun zaruriy ishlab chiqarish xarajatlari miqdorini (moddiy va mehnat) Yoki mahsulot ishlab chiqarish yo xizmat qo`rsatish birligi uchun oldindan hisoblab qo`yilgan xarajatlarni anglatsa, “Kost” so`zi esa mahsulot birligiga to`g`ri keladigan xarajatlarni bildiradi. SHunday qilib “Standart-Kost” so`zi to`liq ma`nosida standart xarajatlarni anglatadi. Bu tizim - eng avvalo ishlab chiqarishning bevosita chiqimlaridan foydalanish ustidan nazoratni o`rnatishga qaratilgan, bir- biriga bog`liq kalkulyatsiyalar esa Qo`shimcha xarajatlar nazorati uchun mqljallangan. “Standart-Kost” tizimi ishbilarmonlar talablarini qondiradi va ishlab chiqarish xarajatlarini nazorat qilish uchun qudratli qurol bo`lib xizmat kiladi. Belgilangan standartlar asosida mahsulotlar ishlab chiqarish va sotishga mqljallangan mahsulotlar bo`yicha kutiladigan xarajatlar summasini oldindan belgilash, baholarni aniqlash uchun mahsulot Yoki xizmat birligi tannarxini hisoblab qo`yish, shuningdek kelasi yilda kutiladigan daromadlar haqida hisobot tuzish mumkin. Bu tizimda mavjud og`ishlar to`g`risidagi axborotdan rahbarlar tezkor boshqaruv choralarni qabul qilish uchun foydalanadilar. “Standart-Kost” tizimining tarkibi moddalar bo`yicha xarajatlarning quyidagi dastlabki (ishlab chiqarish jarayoni boshlanguncha) normalaridan tashkil topadi: asosiy materiallar; asosiy ishlab chiqarishda band bo`lgan ishchilarning mehnat haqi; ishlab chiqarishda Qo`shimcha xarajatlar (yordamchi ishchilar ish haqi, Qo`shimcha materiallar, ijara haqi, jihozlar amortizatsisi va x.k.) tijorat xarajatlari (sotish bo`yicha mahsulotni sotish bo`yicha xarajatlar). Bu normalar qat`iy belgilangan stavkalar sifatida qo`rib chiqiladi, bunda haqiqiy xarajatlar korxonaga mohirlik bilan rahbarlik qilish orqali standartlarga muvofiqlashtiriladi. Sotishlar yuzaga kelganda standart normalarni o`zgartirishmaydi, ular butun belgilangan davrga nisbatan barqaror turadi. YAngi iqtisodiy sharoitlar, materiallar, ishchi kuchi bahosining bir oz kqtarilishi yo tushishi Yoki ishlab chiqarishning shart va usullari o`zgarishidan kelib chiqqan iqtisodiy o`zgarishlar bundan mustasno. Xar bir hisobot davrida yuzaga keluvchi haqiqiy va taxminiy xarajatlar o`rtasidagi og`ishlar yil davomida og`ishlarning alohida hisoblarida to`planib boradi va ishlab chiqarish xarajatlariga emas, balki bevosita korxona moliya natijalariga to`la ravishda Qo`shib qo`yiladi. “Standart-Kost” hisob quyidagi tizimida taqdim etilishi mumkin: Mahsulot sotishdan tushgan kirim; Mahsulotning standart tannarxi; YAlpi foyda ; Standartlardan og`ishlar; Xaqiqiy foyda . Standart normalar yordamida hisoblab chiqilgan kalkulyatsiya ishlab chiqarish va xarajatlarni tezkor boshqarish uchun asos bo`lib hisoblanadi. Xarajatlarning belgilangan standart normalaridan og`ish darajasi bu og`ishlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun tahlil qilinadi. Bu ma`muriyatga ishlab chiqarishdagi kamchiliklarni tezkor bartaraf etishga, kelajakda ham ularning oldini olishga imkon yaratadi. SHuni ta`kidlash kerakki, “Standart-Kost” tizimi xorij amaliyotida normativ xujjatlar bilan belgilab qo`yilmagan, shu sababli bu tizim standartlar belgilashni va hisob qaydnomalarini yurgizishning yagona usuliga ega emas. SHu sababli hatto birgina kompaniya ichida turli normalar amal qiladi: bazisli, joriy, ideal, taxminiy, erishib bo`ladigan va engillashtirilgan. Normalarni belgilashda mazkur mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur xomashyo, ishchi kuchi va xizmatlar hajmi xarajatini tabiiy holda ifoda etishga imkon beruvchi miqdoriy standartlardan keng foydalaniladi. Bu standartlar maxsus koeffitsientlarga ko`paytiriladi va standart maqomiga ega bo`lgan baho normalari olinadi. Qo`shimcha xarajatlar. Qismlab aniq hisoblash qiyin Yoki maqsadga muvofiq bo`lmagan, ko`plab alohida moddalarni qamrab olgan Qo`shimcha xarajatlarning standartlari miqdoriy normalari qo`rsatilmagan holda pul bahosida beriladi. Bundan Qo`shimcha xarajatlarning eng muhim tarkibiy qismlari mustasno etiladi (masalan, ish haqi). Ularga qarab ayrim hollarda miqdoriy standartlar belgilanishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xomashyo bahosi talab va taklifga bog`liq ravishda uzluksiz tebranib turadi. SHu bois, xomashyo standarti ko`p xollarda standartlar ishlab chiqilayotgan vaqtda amal qilgan baholar darajasidan kelib chiqqan holda, ya`ni etuk normalardan foydalanish davri davomida ustunlik qiladigan o`rtacha baholarni aniqlashdan kelib chiqqan holda belgilanadi. SHunga muvofiq tarzda texnologik jarayon operatsiyalari bo`yicha ish haqi stavkalarining standartlari aksariyat hollarda o`rtacha baholar hisoblanadi. Xomashyo va haqi normalari odatda bir odamga hisob qilinib belgilanadi. Qo`shimcha xarajatlar nazorati uchun mahsulotning taxminiy hajmidan kelib chiqib ma`lum davr uchun stavkalari ishlab chiqiladi. Qo`shimcha xarajatlar smetalari doimiy xarakterga ega. Biroq, ishlab chiqarish xajmi tebranishlarida Qo`shimcha xarajatlar nazorati uchun o`zgaruvchan standartlar va sirpanchiq smetalar tuziladi. Qo`shimcha xarajatlarning sirpanchiq smetalari mahsulot ishlab chiqarish miqdoriga bog`liq ravishda doimiy, o`zgaruvchan va yarim o`zgaruvchan xarajatlarga bo`linadi. Sqnggilari o`z navbatida, doimiy va o`zgaruvchan tarkibiy unsurlarga bo`lib chikiladi. Bunday usulda Qo`shimcha xarajatlarning smeta stavkasi (normasi) mahsulot ishlab chiqarish va doimiy chiqimlar birligiga oldindan belgilangan normalar ulushining o`zgaruvchan kismi sifatida aniqlanadi. Mahsulot standarti tannarxini hisoblash uchun xomashyoning normativ xarajatlari, ishchi kuchi va Qo`shimcha xarajatlar umumlashtiriladi. Ular bo`yicha yuzaga kelgan og`ishlar quyidagi tarzda hisob – kitob qilinadi. “Standart-Kost” hisob tizimidan foydalanadigan korxonalar odatda, quyidagi hisoblarni yurgizadilar: xomashyo xarajati bo`yicha og`ishlar; ish haqi bo`yicha og`ishlar; Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling