Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana02.07.2020
Hajmi1.04 Mb.
#122674
1   2   3   4
Bog'liq
axborot kommunikatsiya-texnologiya- larining elektron mobil lugatini yaratish.


4-bоskich.  XX  аsr  urtаlаrigа  tug`ri  kеlib,  «Elеktrоn»  tеxnоlоgiyalаr 

kullаnilishi  bilаn  bеlgilаnаdi.  Bu  tеxnоlоgiyalаrning  аsоsiy  vоsitаsi    EHMlаr  vа 

ulаr аsоsidа tаshkil etilаdigаn аvtоmаtlаshtirilgаn bоshkаrish tizimlаri vа аxbоrоt 

izlаsh tizimlаridir. 



5-bоskich.  XX  аsr  оxirigа  tug`ri  kеlаdi.  Bu  bоskichdа    «Kоmp`yutеr» 

tеxnоlоgiyalаri  tаrаkkiy  etdi.  Ulаrning  аsоsiy  vоsitаsi  turli  mаksаdlаrgа 

muljаllаngаn  dаsturiy  vоsitаlаrgа  egа  bulgаn  shаxsiy  kоmp`yutеrlаrdir.  Bu  bоs-

kichdа  kundаlik  turmush,  mаdаniyat  vа  bоshkа  sоxаlаrgа  muljаllаngаn  tеxnik 

vоsitаlаrning uzgаrishi ruy bеrdi. Lоkаl vа glоbаl kоmp`yutеr tаrmоklаri ishlаtilа 

bоshlаndi. 



Аxbоrоt tеxnоlоgiyalаri bir nеchа turlаrgа bulinаdi: 

1.  Mа`lumоtlаrgа  ishlоv  bеruvchi  аxbоrоt  tеxnоlоgiyalаri.  Ulаr  mа`lum 

аlgоritmlаr  buyichа  bоshlаng`ich  mа`lumоtlаrgа  ishlоv  bеruvchi  mаsаlаlаrni 

еchishgа  muljаllаngаn.  Mаsаlаn,  xаr  bir  firmаdа  uzining  xоdimlаri  xаkidаgi 

аxbоrоtgа ishlоv bеruvchi аxbоrоt tеxnоlоgiyasi аlbаttа bulishi kеrаk. 

2.  Bоshqаrishning  аxbоrоt  tеxnоlоgiyalаri.  Ulаrning  mаksаdi  ish  fаоliyati 

kаrоr  kаbul  kilish  bilаn  bоKlik  bulgаn  insоnlаrning  аxbоrоtgа  bulgаn  tаlаbini 

kоndirishdаn  ibоrаt.  Bоshkаrishning  аxbоrоt  tizimlаri  tаshkilоtning  utmishi, 

xоzirgi xоlаti vа kеlаjаgi xаkidаgi аxbоrоtni xаm uz ichigа оlаdi. 

3. Оfis (idоrа) ning аxbоrоt tеxnоlоgiyasi. 

Аvtоmаtlаshtirilgаn  оfisning  zаmоnаviy  аxbоrоt  tеxnоlоgiyalаri  bu  — 

tаshkilоt  ichidаgi  vа  tаshki  muxit  bilаn  kоmmunikаsiоn  jаrаyonlаrni  kоmp`yutеr 

tаrmоklаri vа аxbоrоtlаr bilаn ishlоvchi bоshkа zаmоnаviy vоsitаlаr аsоsidа tаshkil 

etish vа kullаb-kuvvаtlаshdаn ibоrаt. Buning uchun mаxsus dаsturiy vоsitаlаr xаm 

ishlаb chikilgаn. Ulаrdаn biri Microsoft Offise dаsturlаr pаkеtidir.  

 

 


1.2. O`zbekistonda AKTning holati 

1991 

− Toshkent teleminorasi jahonning buyuk minoralari federatsiyasiga kiritildi va 9 

o‘rinda qayd etildi.  

− O‘zbekiston mintaqaviy aloqa xamdo‘stligi RSSga a’zo bo‘ldi. 

− «Uzdunrobita» QK tashkil etildi. 

1992 

− O‘zbekistonda uyali aloqa standarti (NMT 450) qabul qilindi. 

− O‘zbekistonda uyali aloqa vositasida ilk qo‘ng‘iroq amalga oshirildi. 

− «O‘zbektelekom» va «O‘zbekiston pochtasi» konsernlari tashkil etildi. 

−  Markaziy  Osiyoda  birinchi  efir  kabel  televideniye  kompaniyasi  – 

«Kamalak-TV» QK tashkil etildi. 

−  O‘zbekistonda  ilk  bor  SONET  elektron  savdolar  tarmog‘iga  ulanildi. 

− O‘zR Fan va texnika davlat komiteti qoshida axborotlashtirish bosh boshqarmasi 

tashkil etildi. 

− «Aloqa to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. 

−  Shaharlararo  va  xalqaro  aloqa  tarmoqlarini  boshqarish  markazi  tashkil 

etildi. 


− O‘zbekiston Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqiga a’zo bo‘ldi. 

− Aloqa vazirligi huzurida Ilmiy-tadqiqot markazi tashkil bo‘lgan. 

−  Oktyabr  oyidan  O‘zbekiston  aholisini  birinchi  marta  dunyoning  hamma 

mamlakatlariga  bevosita  chiqishini  ta’minlagan  shaharlararo  va  xalqaro  yo‘ldosh 

aloqa stansiyasi muntazam ishlatila boshlandi. 

1993 

−  Trans-Osiyo-Yevropa  optik  tolali  aloqa  tarmog‘i  loyihasi  bo‘yicha  ishlar 

boshlandi. 

− Uyali aloqa abonentlari soni 224 taga yetdi. 

−  O‘zbekistonda  ilk  bor  FidoNet  (matn  shaklidagi  xabarlar  uzatish)  global 

tarmog‘iga ulanildi. 

−  O‘zbekistonda  ilk  bor  Relcom  elektron  pochta  tizimi  ishlatila  boshlandi. 

− «Kompyuter Aziya 93»  – birinchi xalqaro axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi 



o‘tkazildi. 

− «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. 



1994 

− Uyali aloqa abonentlari soni 823 taga yetdi. 

−  «EHM  uchun  yaratilgan  dasturlar  va  ma’lumot  bazalarining  huquqiy 

himoyasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. 

− «O‘zR axborotlashtirish konsepsiyasi» tasdiqlandi. 

−  O‘zR  axborotlashtirishni  rivojlantirishni  muvofiqlashtiruvchi  idoralararo 

komissiya tuzildi. 

1995 

− UZ domeni ro‘yxatga olindi (29 aprel). 

−  O‘zR  Markaziy  bankining  banklararo  ma’lumotlar  uzatish  tarmog‘i  ishga 

tushdi. 


− Uyali aloqa abonentlari soni 3804 taga yetdi. 

− «Uzdunrobita» kompaniyasi AMPS/DAMPS standartiga o‘tdi. 

− Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatsiyadan o‘tkazish markazi 

tashkil etildi. 

−  «O‘zR  telekommunikatsiya  tarmoqlarini  2010  yilgacha  ta’mirlash  va 

rivojlantirish dasturi» tasdiqlandi. 



1996 

− Uyali aloqa abonentlari soni 9543 taga yetdi. 

− Unitel kompaniyasi tashkil etildi. 

− COSCOM kompaniyasi tashkil etildi. 

− Uyali aloqa bozorida GSM standartida xizmatlar ko‘rsatila boshladi. 

− UzPAK kompaniyasi tashkil etildi. 



1997 

−  Toshkent  Fizika-texnika  instituti  olimlari  tomonidan  UzSciNet  O‘zbekiston 

ilmiy ma’rifiy tarmog‘i ishga tushirildi. 

−  Sarkor  Telecom  kompaniyasi  tomonidan  Radio  Ethernet  simsiz  aloqa 

vositasida xizmatlar taklif etildi. 

− Uyali aloqa abonentlari soni 21 ming 555 taga yetdi. 



−  «TAE  VOLS»  Trans-Osiyo-Yevropa  optik  tolali  aloqa  tarmog‘i  milliy 

segmenti ishga tushirildi. 

−  «Axborot  tizimlari  tarmog‘ini  boshqarishni  tashkil  etish  va 

mukammallashtirish xaqida»gi Prezident farmoni e’lon qilindi. 

−  O‘zR  Aloqa  vazirligi  qoshida  pochta  va  telekommunikatsiya  agentligi 

tashkil 


etildi. 

−  Aloqa  vazirligi  qoshidagi  Ilmiy  tadqiqot  markazi  Fan-texnika  va  marketing 

tadqiqotlari markaziga aylantirildi. 

−  Pochta  va  telekommunikatsiyalarni  davlat  tomonidan  qo‘llab-quvvatlash 

fondi tashkil etildi. 

− Standartlashtirish bo‘yicha bazaviy tashkilotga asos solindi. 



1998 

− UzNet idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i tashkil etildi. 

−  «TAE  VOLS»  Trans-Osiyo-Yevropa  optik  tolali  aloqa  tarmog‘i  ishga 

tushirildi. 

− «Radiochastota spektri to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. 

1999 

− O‘zR Soliq organlari ma’lumotlar uzatish sun’iy yo‘ldoshi orbitaga chiqarildi. 

− «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. 

−  «1999-2003  yillarda  milliy  ma’lumotlar  uzatish  tarmog‘ini  yangilash  va 

rivojlantirish» dasturi tasdiqlandi. 

− «Matbuot tarqatuvchi» AK tashkil etildi. 



2000 

− Uyali aloqa abonentlari soni 100 ming kishiga yetdi. 

− UzSciNet tarmog‘i qoshida O‘zbekistonda birinchi sertifikatlangan CISCO 

tarmoqlar akademiyasi tashkil etildi. 

− “UzTV-1” 5 TVK birinchi signal uzatgich ishga tushirildi. 

2001 

−  Xalqaro  axborot  tarmoqlaridan  foydalanishning  umumiy  tezligi  8,5  Mbit/c  ga 

yetdi. 

−  Tomas  kompaniyasi  UZ  zonasida  domen  nomlarini  ro‘yxatga  olishni  boshladi. 



−  CDMA  standartida  xizmatlar  ko‘rsatuvchi  Perfectum  Mobile  uyali  aloqa 

tarmog‘i  Rubicon  Wireless  Communication  QK  tomonidan  ishga  tushirildi. 

− O‘zbekistonda birinchi Internet-festival o‘tkazildi. 

− “UzTV-2” 9 TVK birinchi signal uzatgich ishga tushirildi. 



2002 

−  Xalqaro  axborot  tarmoqlaridan  foydalanishning  umumiy  tezligi  18  Mbit/c  ga 

yetdi. 

−  O‘zbekiston  respublika  tovar  xom-ashyo  birjasida  yagona  elektron  savdolar 



tizimi ishga tushirildi. 

− AKT rivojlanishiga bag‘ishlangan oylik «InfoCOM.UZ» jurnali nashr etila 

boshladi. 

−  «AKT  va  kompyuterlashtirishni  yanada  rivojlantirish  haqida»gi  Prezident 

farmoni 

chiqdi. 


− «2002-2010 yillarda AKT va kompyuterlashtirishni rivojlantirish dasturi» qabul 

qilindi. 

−  AKT  va  kompyuterlashtirishni  rivojlantirishni  muvofiqlashtiruvchi  kengash 

tashkil 


etildi. 

−  O‘zbekiston  pochta  va  telekommunikatsiya  agentligi  O‘zbekiston  aloqa  va 

axborotlashtirish agentligiga aylantirildi. 

− Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi 

UZINFOCOM tashkil etildi. 

−  Toshkent  Elektrotexnika  aloqa  instituti  Toshkent  Axborot  texnologiyalari 

universitetiga (TATU) aylantirildi. 

−  Kompyuter  va  ma’lumot  uzatish  tarmoqlari  uchun  uskunalarni  import 

qilganda bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar yaratildi. 

−  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «Kompyuterlashtirishni  yanada 

rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida» 

2002 yil 30 maydagi PF-3080-son Farmoni va uning ijrosi yuzasidan O‘zbekiston 

Respublikasi 

Vazirlar 

Maxkamasining 

«Kompyuterlashtirishni 

yanada 

rivojlantirish  va  axborot  kommunikatsiya  texnologiyalarini  joriy  etish  chora-



tadbirlari  to‘g‘risida»  2002  yil  6  iyundagi  200-son  qarori  qabul  qilingan.  Ushbu 

qaror  bilan  «2002-2010  yillarda  kompyuterlashtirish  va  axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarini rivojlantirish dasturi» tasdiqlangan. 

 −  Vazirlar  Mahkamasida  Aloqa  va  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari 

masalalari bo‘yicha Kompleks tashkil etilgan. 

−  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  Taraqqiyot  Dasturi  va  O‘zbekiston 

Respublikasi  Hukumati  orasidagi  qo‘shma  «Raqamli  rivojlanish  tashabbusi» 

dasturi 

imzolangan. 



2003 

−  UZINFOCOM  markaziga  UZ  O‘zbekiston  yuqori  pog‘ona  domeni  (ccTLD) 

ma’muri mavqyei berildi. 

−  Xalqaro  axborot  tarmoqlaridan  foydalanishning  umumiy  tezligi  32  Mbit/c 

ga 

yetdi. 


−  Internet  tarmog‘ida  O‘zbekiston  Respublikasi  Xukumati  portali  www.gov.uz 

yaratildi. 

− «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun (yangi tahrirda) qabul qilindi. 

− «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. 

− Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash markazi tashkil etildi. 

2004 

− TAS-IX ma’lumotlar uzatish tarmoqlari o‘zaro hamkorlik markazi tashkil etildi. 

−  «Uzdunrobita»  kompaniyasi  Rossiyaning  OAO  «Mobilnыye  TeleSistemы» 

kompaniyasi tarkibiga kiritildi. 

− «O‘zbektelekom» AK ning Uzbektelecom Mobile filiali tashkil etildi. 

− Uyali aloqa abonentlari soni 544 ming kishiga yetdi. 

− Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanishning umumiy tezligi 53,7 Mbit/c 

ga 


yetdi. 

−  “Elektron  hujjat  almashuvi  to‘g‘risida”gi  va  “Elektron  tijorat  to‘g‘risida”gi 

qonunlar qabul qilindi. 

− O‘zbekiston milliy elektron ommaviy axborot vositalari uyushmasi tashkil 

etildi. 

− O‘zbekiston Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazi tashkil etildi. 

− Ommaviy telekommunikatsiyalar sohasida monitoring xizmati tashkil etildi. 


2005 

− Uyali aloqa abonentlari soni 1 million kishiga yetdi. 

−  Milliy  UZ  domenining  6  rasmiy  registratori  (Tomas,  Amaliy  Aloqalar 

Biznesi, 

Sarkor 

Telecom, 



Global 

Study, 


TV-Inform 

va 


Arsenal-D) 

akkreditatsiyadan 

o‘tdi. 

− Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanishning umumiy tezligi 143,1 Mbit/c ga 



yetdi. 

−  Uzbektelecom  Mobile  filiali  SDMA-450  standartida  uyali  aloqa  xizmatlarini 

ko‘rsata 

boshladi. 

−  Axborot  texnologiyalari  korxona  va  tashkilotlari  uyushmasi  tashkil  etildi. 

− ADSL texnologiyasi asosida uydan Internetga yuqori tezlikda bog‘lanish xizmati 

taklif etila boshladi. 

− ZiyoNET Milliy jamoat ta’lim ma’lumotlar tarmog‘i yaratildi. 

− Kompyuter hodisalarga chora ko‘rish xizmati (UZ-CERT) tashkil etildi. 

− WWW.UZ Milliy ma’lumot-qidiruv tizimi ishga tushirildi. 

−  Samarqand,  Farg‘ona,  Urganch,  Nukus  va  qarshi  shaharlarida  TATU 

filiallari tashkil etildi. 

−  «Axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  yanada  rivojlantirishning 

qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori chiqdi. 

−  2010  yilgacha  pochta  aloqasi  tarmog‘ini  yangilash,  AKT  asosida  yangi 

xizmat turlarini taklif etish va rivojlantirish dasturi qabul qilindi. 

−  2010  yilgacha  davlat  boshqaruv  organlari  va  mahalliy  hokimiyat 

organlarida AKTni rivojlantirish dasturi qabul qilindi. 

− Milliy ma’lumot-qidiruv tizimini tashkil etish va rivojlantirish dasturi qabul 

qilindi. 



2006 

−  Mamlakatdagi  birinchi  Elektron  raqamli  imzolarni  ro‘yxatga  olish  markazi 

tashkil  etildi  va  birinchi  Elektron  raqamli  imzo  kalitlari  sertifikati  o‘z  egasiga 

topshirildi. 

− Uyali aloqa abonentlari soni 2 million 720 ming kishiga yetdi. 


−  Unitel  kompaniyasi  Rossiyaning  OAO  «VampelKom»  kompaniyasi 

tarkibiga 

kiritildi. 

−  Xalqaro  axborot  tarmoqlaridan  foydalanishning  umumiy  tezligi  231  Mbit/c  ga 

yetdi. 

−  ICTExpo  Milliy  axborot  texnologiyalari  ko‘rgazmasi  o‘tkazila  boshlandi. 



− Davlat axborot resurslari reyestri tuzildi. 

−  WWW.UZ  Milliy  ma’lumot-qidiruv  tizimida  Top-reyting  tizimi  ishga 

tushirildi. 

−  Banklardan  tashqari  tezkor  to‘lovlar  sektori  rivojlana  boshladi. 

−  TATU  qoshida  O‘zbekiston-Xindiston  axborot  texnologiyalari  markazi  tashkil 

etildi. 


−  Moliyaviy  va  soliq  hisobotlarini  elektron  shaklda  qabul  qilish  va  tahlil  etish 

tizimi pilot loyihasi amalga oshirila boshlandi. 

−  «Avtomatlashtirilgan  bank  tizimida  axborotni  himoya  qilish to‘g‘risida»gi 

qonun qabul qilindi. 



2007 

− O‘zbekistonda WiMAX tarmoqlari yaratila boshlandi. 

− Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni 2 millionga yetdi. 

−  TeliaSonera  Shvetsiya-Finlyandiya  kompaniyasi  COSCOM  operatorining 

asosiy aksiyadoriga aylandi. 

− Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanishning umumiy tezligi 362 Mbit/c 

ga 

yetdi. 


− Elektron boshqaruv kompetensiyasi markazi tashkil etildi. − BestSoft Uzbekistan 

birinchi milliy dasturiy ta’minot ko‘rgazmasi o‘tkazildi. 

− AKT bo‘yicha 5-yubiley Sammiti o‘tkazildi. 

− uForum yagona forumlararo maydoncha ishga tushirildi. 

− UZ-CERTified dasturi ishga tushirildi. 

−  «AloqaInform»  jurnali  –  O‘zbekiston  aloqa  va  axborotlashtirish 

agentligining rasmiy nashri chop etila boshladi. 

− «Internet tarmog‘idagi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati portalini yanada 

rivojlantirish xaqida»gi Vazirlar Mahkamasining qarori chiqdi. 


−  O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumati  portalini  axborot  bilan  ta’minlash  va 

rivojlantirish guruhi tashkil etildi. 



2008 

− Uyali aloqa abonentlari soni 10 million kishiga yetdi. 

− Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanishning umumiy tezligi 511 Mbit/s 

gacha ko‘tarildi. 

− O‘zbekistonda Wave-2 texnologiyasi ishlatila boshlandi. 

− Toshkent va Buxoro shaharlarida raqamli televideniye tajriba zonalari ishga 

tushirildi. 

− Milliy UZ domenining rasmiy registratorlari soni 7 taga yetdi (Simus, Farg‘ona). 

− UzCDL milliy kompyuter bilimlarini baxolash test tizimi yaratildi. 

− Doppix milliy operatsion tizim relizi taklif qilindi. 

− eKarmon internet-to‘lovlar tizimi ishga tushirildi. 

− UZ zonasida domenlarni ro‘yxatga olish va foydalanish yangi tartibi joriy 

qilindi. 

2009 

−  Axborot-kutubxona  texnologiyalariga  bag‘ishlangan  “Kutubxona.Uz”  ilmiy-

amaliy jurnalining ilk soni nashrdan chiqdi. 

−  “Tillo-garant”  mas’uliyati  cheklangan  jamiyati  elektron  raqamli  imzo 

kalitlarini  ro‘yxatga  olish  markazining  Davlat  ro‘yxatidan  o‘tganligi  haqidagi 

guvohnomani 

topshirdi. 

−  «O‘zbekiston  Respublikasi  hukumatining  davlat  axborot  resurslarini  hamda 

interaktiv  davlat  xizmatlarini  hisobga  olishni  takomillashtirishga  oid  ayrim 

qarorlariga  o‘zgartirish  va  qo‘shimchalar  kiritish  to‘g‘risida»gi  Vazirlar 

Mahkamasining 

qarori 


qabul 

qilindi. 

−  «Internet  tarmog‘ida  O‘zbekiston  Respublikasining  hukumat  portaliga 

axborotlarni  taqdim  etish  va  joylashtirish  tartibi  to‘g‘risida»gi  Vazirlar 

Mahkamasining qarori qabul qilindi. 

−  «O‘zbekiston  Respublikasida  pasport  tizimini  yanada  takomillashtirish 

chora  tadbirlari  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmoni 


bo‘yicha  biometrik  ma’lumotlari  bo‘lgan  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarosi 

pasporti joriy etildi. 

Hozirgi 

vaqtda 


yangi 

texnologiyalarning 

axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalari(AKT) taraqqiyoti bilan birgalikda rivoji masofa va vaqt oralig‘iga 

qaramay  axborot,  pul  va  boshqa  resurslarni  tez  yetkazib  berish,  almashish  uchun 

imkoniyat yaratmoqda. 

Axborotlashgan iqtisodiyotga o‘tish bilan bog‘liq sodir bo‘layotgan chuqur va 

tub  o‘zgarishlar  bir  qator  muammo  va  ziddiyatlarga  olib  kelmoqda.  Bunday 

muammolarga  jamiyat  faoliyatidagi  turli  sohalarga  oid  globallashuv  va 

axborotlashtirish  tufayli  paydo  bo‘lgan  hamda  har  tomonlama  o‘rganish  va 

yechimi kompleks yondashuvni talab etuvchi iqtisodiy hayotning o‘zgaruvchanligi 

va  beqarorligini  kiritish  mumkin  bo‘ladi.  Bulardan  ta’lim,  AKT,  ilmiy  va 

innovatsion faoliyat turlarining jamiyat, davlat va iqtisodiyotga bo‘lgan ta’sirining 

kuchayishi hamda ular faoliyat yuritishining sifat jihatdan yangi xususiyatlarga ega 

bo‘lishini alohida ta’kidlab o‘tish mumkin.  

O‘zbekistonda  AKTning  rivojlanishi  2013–2020  yillarga  mo‘ljallangan 

O‘zbekiston  Respublikasi  Milliy  axborot-kommunikatsiya  tizimini  Kompleks 

rivojlantirish  dasturi  asosida  amalga  oshiriladi.  Ushbu  dastur  O‘zbekiston 

Respublikasining  Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimovning  2012-yil  21-mart 

«Zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  yanada  joriy  etish  va 

rivojlantirish 

chora-tadbirlari 

to‘g‘risida»gi  PQ-1730-son  Qarori  bilan 

tasdiqlangan.  AKTni  rivojlantirish  bo‘yicha  davlat  dasturlari  amalga 

oshirilishining 

muvaffaqiyatli 

monitoringini 

o‘tkazish 

kafolati 

bo‘lib, 


axborotlashgan  iqtisodiyotning  shakllanib  borish  indikatorlari  samarali  tizimini 

barpo etish xizmat qiladi 

Axborot  texnologiyalarining  jadal  rivojlanishi  jamiyatda  kechayotgan 

jarayonlarga  ijobiy  ta`sir  ko'rsatib,  islohotlar  samaradorligini  oshiradi,  aholi 

manfaatlarini  ta`minlashga  xizmat  qiladi,  yangidan-yangi  imkoniyatlar  eshigini 

ochadi.  Shu  nuqtai  nazardan  aytganda,  bugun  “Elektron  hukumat”  degan 

tushuncha  kundalik  turmushimizdan  chuqur  o'rin  egallamoqda.  Garchi 

respublikamiz aholisining hammasi ham bu haqda to'liq ma`lumotga ega bo'lmasa-



da,  vaqt  o'tishi  bilan  ushbu  tizim  jamiyat  hayotining  butun  jabhasini  qamrab 

olishini dunyo tajribasi ko'rsatayapti. 



«Elektron hukumat» - xalq bilan muloqotning zamonaviy mexanizmi 

Ta`kidlash  joizki,  “Elektron  hukumat”  atamasini  an`anaviy  hukumat 

tushunchasi bilan adashtirmaslik lozim. Mohiyatiga ko'ra, mazkur tizim mamlakat 

miqyosida  ma`muriy  tartib­taomillarni  avtomatlashtiradi,  davlat  boshqaruvi 

samaradorligini  oshirishga  hamda  ortiqcha  sarf-xarajatlarning  qisqarishiga  zamin 

yaratadi. 

Elektron  hukumat  faoliyati  uch  yo'nalishda  belgilangan.  Ya`ni  “davlat  — 

davlat”, “davlat — biznes” va “davlat — fuqaro” yo'nalishlarini qamrab oladi. Bu 

tizim  idoralararo  darajada  davlat  muassasalari  o'rtasida  axborot  almashish 

samaradorligini  hamda  joylarda  rejalashtirish  va  boshqaruvning  sifatini 

yuksaltirishga xizmat qiladi. Jamoatchilik fikrini muntazam monitoring etib borish 

hamda unga ta`sir ko'rsatish imkonini beradi. Davlat va biznes munosabatlarida esa 

ma`muriy  tartib-taomillar  avtomatlashtiriladi.  Natijada  biznesni  ro'yxatga  olish, 

soliq  hamda  statistika  hisobotlarini,  bojxona  deklaratsiyalarini  topshirishda 

tadbirkorlarning  vaqti  va  mablag'i  tejaladi.  Elektron  hukumat  xalq  bilan  muloqot 

uchun  qo'shimcha  mexanizmlarni  yaratish,  davlat  organlari  faoliyatining 

samaradorligi,  tezkorligi  hamda  shaffofligini  ta`minlashga  qaratilgan  bo'lib,  ijro 

intizomini yanada mustahkamlaydi. 

Aytish kerakki, davlat boshqaruvi tizimiga “yagona darcha” tamoyilini joriy 

qilish  ham  ustuvor  vazifalardan  sanaladi.  2013  yili  mamlakatimizda  Yagona 

interaktiv  davlat  xizmatlari  portali  ishga  tushirildi.  Joriy  yilning  mart  oyiga  kelib 

esa  ushbu  portalda  308  ta  elektron  xizmat  joriy  etildi.  Bunda  xizmatlar  axborot 

(oflayn),  yarimavtomat,  avtomatlashtirilgan  va  interaktiv  ko'rinishlarda  taqdim 

qilinayapti.  Portal  Davlat  soliq  qo'mitasi,  Davlat  bojxona  qo'mitasi,  ID.UZ 

identifikatsiya  tizimi,  O'zbekiston  Respublikasi  Xalq  banki  axborot  tizimlari 

hamda  resurslariga,  normativ-huquqiy  hujjatlar  ta`sirini  baholash  tizimi  portali 

(https://regulation.gov.uz)ga  hamda  “Tadbirkorlik”  tizimiga  ulangan.  Hozirgi 

kunda “yagona darcha” axborot tizimi, yagona identifikatsiyalash axborot tizimiga 

integratsiyalash bo'yicha ishlar olib borilayapti. 


Yagona  interaktiv  davlat  xizmatlari  portaliga  kelib  tushgan  murojaatlar 

to'g'risida to'xtaladigan bo'lsak, ular soni milliondan oshdi. Yana bir jihati, keyingi 

paytda  portalda  interaktiv  davlat  xizmatlari  soni  ort­gani  ham  murojaatlar 

ko'payishiga  turtki  bo'ldi.  Bugungi  kunda  2400  dan  ziyod  davlat  va  xo'jalik 

boshqaruvi  organlari,  shu  jumladan,  idoralar  huzuridagi  tuzilmalar  ham  Yagona 

interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron xizmat taqdim qilib kelayapti. 

 

Xorijda bu qanday yo'lga qo'yilgan? 

 

Bugungi  kunda  elektron  hukumat  tizimi  Janubiy  Koreya,  Buyuk  Britaniya, 



AQSh,  Avstraliya,  Yangi  Zelandiya,  Singapur,  Norvegiya,  Kanada,  Niderlandiya, 

Daniya  hamda  Germaniya  singari  mamlakatlarda  samaradorligini  ko'rsatmoqda. 

Ushbu  mamlakatlarda  juda  ko'plab  davlat  xizmatlaridan  uydan  chiqmagan  holda, 

onlayn rejimida foydalanish mumkin. Davlat organlariga so'rovlarga javoblar, turli 

to'lovlar,  rasmiy  hujjatlarning  namunasini  olish,  ularni  to'ldirish,  elektron  imzo 

bilan  yuborish,  oliy  o'quv  yurtlarida  masofadan  turib  tahsil  olish,  ichki  ishlar 

idoralariga ariza bilan murojaat etish va boshqalar shular jumlasidandir. Masalan, 

Janubiy  Koreyada  shaxslar  rasmiy  sayt  orqali  o'zining  murojaati  ko'rib  chiqilishi 

qaysi ­bosqichda ekanligini kuzatib borishi mumkin. 

 

Hukumat — harakatda 

 

Har qanday mamlakatda milliy ma`lumotlar bazasi hamda elektron reyestrlar 



elektron  hukumat  faoliyatining  asosiy  jihatlari  hisoblanadi.  Bu  mexanizmlar 

jismoniy  va  yuridik  shaxslar,  avtomobil  transporti,  ko'chmas  mulk,  davlat 

xizmatlari  to'g'risidagi  ma`lumotlarni  tizimlashtirish  imkonini  beradi.  Shuni 

bildirib  o'tish  kerakki,  yurtimizda  mazkur  ma`lumotlarning  markazlashgan  holda 

saqlanishini ta`minlash “O'zinfokom” zimmasiga yuklatilgan. 

Mamlakatimizda  milliy  axborot  tizimlarini  rivojlantirish  doirasida  oltita 

ma`lumot  bazasi  hamda  12  ta  axborot  tizimlari  majmui  yaratilmoqda.  Deylik, 

“Soliq” axborot tizimlari majmui 10 ta dasturiy mahsulot va 31 avtomatlashtirilgan 



tizimdan  iborat.  Uning  ishga  tushirilishi  natijasida  Davlat  soliq  qo'mitasining  31 

xizmatini elektronlashtirish mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, “Kliring”, “Xarid”, 

“Byudjyet”,  “Bojxona”,  “Lisenziya”  hamda  “Adliya”  singari  axborot  tizimlari 

majmui ham mavjud bo'lib, ular muayyan sohada ma`lumotlarni to'plash va qayta 

ishlash  hamda  xizmatlarning  bir  qismini  elektronlashtirishga  sharoit  yaratmoqda. 

Qolaversa,  “Sog'liqni  saqlash”,  “Ta`lim”,  “Kommunal”  tizimlarini  hayotga  tatbiq 

etish  arafasida  turilibdi.  Yaqin  yillarda  esa  “Adliya-2”,  “Nafaqa”  va  “Davlat 

­boshqaruvi”  tizimlarini  ishlab  chiqish  rejalashtirilayapti.  2016  yilda  tegishli 

ma`lumotlar  bazasini  shakllantirish  bo'yicha  ishlar  yakuniga  yetkazildi.  “Kadastr 

va  ko'chmas  mulkni  ro'yxatga  olish”  hamda  Milliy  geoaxborot  tizimlari  borasida 

hali nuqta qo'yilmadi. 

Bugun  O'zbekistonda  xo'jalik  sub`yekt­larining  barcha  turdagi  soliq  va 

statistika  hisobotlari  elektron  shaklda  topshirilmoqda,  tovarlarni  deklaratsiyalash 

hamda  eksport-import  shartnomalarini  ro'yxatga  olish  ham  elektron  shaklga 

o'tkazilgan. 

Sohadagi  yana  bir  muhim  yangilik.  2015  yilda  Ochiq  ma`lumotlar  portali 

ishga  tushirildi.  Dastlabki  bosqichda  unda  8  ta  tashkilotdan  80  turdagi  ma`lumot 

joylashtirilgan  bo'lsa,  bugungi  kunda  mazkur  portalda  120  ta  tashkilotning  2216 

xildagi  axboroti  o'rin  olgan.  Bu  axborotlar  iqtisodiyot,  sog'liqni  saqlash,  ta`lim, 

transport va bosh­qa dolzarb sohalarga taalluqlidir. 

 

Qolaversa,  2013  —  2020  yillarda  O'zbekiston  Respublikasi  Milliy  axborot-



kommunikatsiya  tizimini  rivojlantirish  kompleks  dasturiga  muvofiq,  elektron 

hukumatning 

samarali 

faoliyat 

yuritishi 

uchun 


yuqori 

tezlikdagi 

telekommunikatsiya  infratuzilmasini  bosqichma-bosqich  rivojlantirish  ko'zda 

tutilgan.  Xususan,  2020  yilga  qadar  internet  kanallarining  o'tkazuvchanlik 

qobiliyatini  yanada  kengaytirish,  keng  polosali  tarmoqlarni,  ayniqsa,  olis 

tumanlarda  rivojlantirish  bo'yicha  17  ta  yirik  loyihaning  amalga  oshirilishi 

rejalashtirilmoqda.  Bundan  tashqari,  2020  yilgacha  fuqarolarning  davlat  organlari 

bilan  elektron  muloqotini  ta`minlash  hamda  rivojlantirish  bo'yicha  22  ta  loyiha 

ro'yobga chiqariladi. 


 

Biznes uchun qulay 

 

Elektron  hukumatni  taraqqiy  toptirishga  qaratilayotgan  e`tibor  yurtimizda 



ishbilarmonlik  muhitining  sifat  jihatidan  yangi  bosqichga  chiqishida  o'z  ifodasini 

topmoqda. Misol uchun, Jahon bankining “Doing business” reytingida so'nggi besh 

yilda  O'zbekistonning  umumiy  reytingi  biznes  yuritish  bo'yicha  150-o'rindan  87-

o'ringa ko'tarildi. 

Yagona  interaktiv  davlat  xizmatlari  portalida,  jumladan,  belgilangan  tartib-

taomillarni  buzganlik  uchun  shikoyat  bildirish,  tadbirkorni  murojaat  qiluvchining 

mobil  telefon  raqami  orqali  identifikatsiya  qilish  maqsadida  ro'yxatga  olish, 

muhandislik-kommunikatsiya  texnologiyalariga  ulanish  uchun  ariza  berish, 

tadbirkorlik  sub`yektlariga  o'zimizda  ishlab  chiqarilgan  avtomobil  transporti 

vositalarini  xarid  etish  uchun  ariza  berish,  ko'chmas  mulkka  bo'lgan  huquqni 

ro'yxatga olish maqsadida arizani rasmiylashtirish singari xizmatlar joriy qilingan. 

2014  yildan  boshlab  eksport  va  import  kontraktlari  Yagona  interaktiv  davlat 

xizmatlari portalida bepul ro'yxatdan o'tkazilmoqda. Banklar, soliq hamda bojxona 

organlari  Tashqi  savdo  operatsiyalarining  yagona  elektron  axborot  tizimi  orqali 

xo'jalik sub`yektlarining tashqi savdo faoliyati monitoringini olib borayapti. Davlat 

bojxona qo'mitasi saytida (www.customs.uz) elektron yuk bojxona deklaratsiyalari 

qabul  qilinmoqda.  2015  yilda  davlat  xaridlari  bo'yicha  maxsus  axborot  portali 

ishga  tushirildi  va  elektron  savdo  shakli  amaliyotga  tatbiq  etildi.  Masofaviy  bank 

xizmatlari  joriy  qilinishi  bilan  2016  yilda  bir  million  847  ming  569  nafar 

foydalanuvchi ­kredit olish uchun elektron ariza ­bilan murojaat etdi. 

 

 

 



 

Reyting mas`uliyatga undaydi 

BMT  ekspertlarining  fikricha,  2016 

yilda  O'zbekistonda  elektron 

hukumatning rivojlanish indeksi 0,5434 yoki eng yuqori ko'rsatkichga nisbatan 54 



foizni  tashkil  qildi.  Bu  yurtimizning  elektron  hukumat  ravnaqi  yuqori  bo'lgan 

davlatlar qatoriga kirishiga zamin yaratdi (50 foizdan yuqori). 

BMTning  iqtisodiy  hamda  ijtimoiy  masalalar  bo'yicha  departamenti  2016 

yilda  dunyoning  turli  davlatlarida  elektron  hukumatning  rivojlanishi  haqida 

navbatdagi hisobotini e`lon qildi. BMT uslubiyotiga binoan Elektron hukumatning 

rivojlanishi bo'yicha indeksi asosida  mamlakatlarning  reytingi shakllantiriladi. Bu 

indeks  uchta  omil,  ya`ni  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  infratuzilmasi, 

inson  kapitali  va  elektron  xizmatlar  rivojidan  iborat.  Yana  boshqa  juda  muhim 

ko'rsatkich  — elektron ishtirok etish indeksidagi o'sish ham katta ahamiyatga ega 

hisoblanadi. Mazkur indeksga binoan, hukumatning fuqarolar, biznes sub`yektlari 

hamda  davlat  organlari  o'rtasida  muloqotni  rivojlantirish  maqsadida  axborot-

kommunikatsiya  texnologiyalaridan  samarali  foydalanishiga  baho  beriladi, 

erishilgan natijalar o'rganiladi. 

 

Yana bir diqqatga sazovor jihati, O'zbekiston elektron ishtirok etish reytingida 



24  pog'ona  —  2014  yilgi  71-o'rindan  2016  yilda  47-o'ringa  ko'tarildi.  Ushbu 

indeksning  o'sish  sur`atlari  bo'yicha  respublikamiz  Markaziy  Osiyo  mamlakatlari 

orasida  birinchi  o'rinni,  Hamdo'stlik  davlatlari  o'rtasida  esa  uchinchi  pog'onani 

egalladi.  BMT  ekspertlari  O'zbekistonda  uy-joy  mulkdorlari  shirkatlari  portali  (e-

kommunal.uz),  ochiq  ma`lumotlar  portali  (data.gov.uz)  va  normativ-huquqiy 

hujjatlar  loyihalarini  muhokama  qilish  portali  (regulation.gov.uz)  ishga 

tushirilganiga  e`tibor  qaratishgan.  Ularning  fikricha,  bu  sa`y-harakatlar  davlat 

organlari  faoliyati  ochiqligini  ta`minlash  hamda  xalq  bilan  muloqot  amaliy 

mexanizmlarini joriy etish borasida ijobiy qadam hisoblanadi. 

 

Elektron  hukumat  rivojlanishi  bo'yicha  O'zbekiston  indeksining  o'sishida 



elektron  xizmatlar  ko'rsatish  darajasi  (56  foiz  o'sish  bo'lgan)  muhim  o'rin  tutdi. 

Lekin  bunda  AKT  infratuzilmasi  rivojlanishi  bo'yicha  o'sish  u  darajada  yuqori 

bo'lmadi (6 foiz). Ushbu indeks muqim va mobil telefon aloqasi abonentlari soni, 

aralash  hamda  simsiz  keng  polosali  aloqa  tarmog'i,  shuningdek,  internetdan 

foydalanuvchi  aholi  soni  asosida  shakllantiriladi.  2016  yilda  O'zbekistonda 


internetdan  muntazam  foydalanadigan  aholi  ulushi  46,4  foizni  tashkil  qildi,  keng 

polosali  internetdan  foydalanadiganlar  soni  esa,  bor-yo'g'i,  1  million  900  ming 

kishiga yaqinni tashkil etdi. Inson kapitalining rivojlangan darajasi bo'yicha indeks 

esa 3,5 foiz tushgan. Bunda yoshi katta kishilarning savodxonligi, aholining ta`lim 

tizimi bilan qamrab olinganlik darajasiga alohida e`tibor qaratilgan. 

 

Mutaxassislar  fikriga  ko'ra,  onlayn  xizmatlar  sohasida  bunday  o'sishga, 



asosan,  ochiq  ma`lumotlar  portali,  kommunal  xizmatlarga  internet  orqali  to'lov 

imkoniyatlarining  kengayishi,  aholiga  turli  onlayn-maslahatlar  ­berish  hisobiga 

erishilgan. 

 

Ish samaradorligini oshirishga nima xalaqit bermoqda? 

 

Elektron hukumat faoliyati samaradorligiga idoralararo elektron aloqalarning 



yaxlit  tizimisiz  erishib  bo'lmaydi.  Mamlakatimizda  haligacha  Elektron  hukumatni 

rivojlantirish  dasturi  doirasida  tegishli  vakolatli  davlat  organlarining  tadbirkorlik 

sub`yektlarini  ro'yxatga  olish,  ularga  litsenziya  va  boshqa  ruxsat  beruvchi 

hujjatlarni  taqdim  qilishga  oid  ma`lumotlar  bazasini  integratsiyalash  borasidagi 

vazifalar to'liq ro'yobga chiqarilmagan. Yer uchastkalari ajratish, qurilishga ruxsat 

berish,  mulkka  bo'lgan  huquqni  ro'yxatga  olish,  muhandislik-kommunikatsiya 

tarmoqlariga  ulanish  bo'yicha  tartib-taomillar  interaktiv  asosga  o'tkazilmagan. 

“Soliq”,  “Bojxona”,  “Lisenziya”,  “Kommunal”  axborot  tizimlari  majmualari 

“yagona darcha” tamoyilining barcha tartib-taomili o'tishi mumkin bo'lgan yagona 

platformaga birlashtirilmagan. 

 

Hozirgi  paytda  har  bir  idora  ish  yuritish  hamda  ma`muriy  tartib-­taomillar 



bo'yicha  alohida  nizom  va  yo'riqnomalar  asosida  faoliyat  olib  bormoqda.  Afsuski 

bu  holatda  ko'plab  muammolar  yuzaga  kelayotir.  Bunday  tartib  ma`lumotlarni 

yig'ish  hamda  qayta  ishlashni  qiyinlashtirayapti,  ortiqcha  byurokratik  to'siqlarni 

yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, ruxsatnoma berish bosqichida murojaat etuvchining 

shaxsan  hozir  bo'lishi  va  hujjatlarning  asl  nusxalarini  topshirishi  (ularning 


haqqoniyligiga  ishonch  hosil  qilish  maqsadida)  zarurligi  davlat  xizmatlarini 

masofadan turib ko'r­satish samarasini yo'qqa chiqarib yubormoqda. 

 

Bunday  integratsiyalashmagan  holatlar  oqibatida  takrorlash,  “qisman” 



avtomatlashtirish hamda axborot resurslarining yopiqligi hosil bo'layapti. Oqibatda 

axborot  tizimlari  va  resurslarini  joriy  etish  hududlarning  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlanishi hamda aholi turmush sifatini oshirishga ta`sir ko'rsatmayapti. Masalan, 

“Doing  Business  —  2016”  hisobotida  “Qurilishga  ruxsatnoma  olish”  bo'yicha 

O'zbekistonda  28  kun  talab  qiladigan  qo'shimcha  6  ta  tartib-­taomil  borligi  qayd 

etilgan. Natijada aynan mana shu ko'rsatkich bo'yicha O'zbekiston 2011 yildagiga 

nisbatan  quyi  pog'onaga  pastlagan.  Yer  uchastkalari  ajratish  va  qurilishga 

ruxsatnoma  berish  eng  murakkab  tartib-taomillardan  biri  bo'lib  qolayapti.  Buni 

tadbirkorlik sub`yektlari o'rtasida o'tkazilgan so'rovlar ham tasdiqlaydi. 

Bugungi  kunda  respondentlarning  37,5  foizi  biznes  uchun  yer  olish 

­taomillarini salbiy baholaydi. Bu kayfiyat Buxoroda 50,3 foizni, Andijonda 48,6, 

Jizzaxda 38,4, Samarqandda 37,7, Namanganda 37,4, Toshkent shahrida 38 foizni 

tashkil  qiladi.  “Mulkni  ro'yxatga  olish”  yo'nalishida  ham  mana  shunday  salbiy 

vaziyat ko'zga yaqqol tashlanadi. 

 

Ustuvor yo'nalishlar 

 

Aytish  joizki,  elektron  hukumat  faoliyatini  yangi  bosqichga  olib  chiqishda 



idoralararo  elektron  hamkorlik  tizimidan  foydalanishni  kengaytirish  talab  etiladi. 

Shuni  unutmaslik  kerakki,  elektron  hukumat  faoliyatida  ma`lumotlar  muayyan 

davlat  muassasasidan  tashqariga  chiqadi.  Bu  esa  axborot  xavfsizligi  tizimini 

takomillashtirishni kun tartibiga qo'yadi. 

 

Turli  idoralar  axborot  tizimlari  o'rtasida  elektron  hamkorlikka  o'tilishi  aynan 



elektron hukumatning shakllanish jarayoni sanaladi. Ushbu jarayonning markazida 

davlat organi emas, aynan foydalanuvchi turmog'i lozim. 



2017  —  2021  yillarda  O'zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta 

ustuvor  yo'nalishi  bo'yicha  Harakatlar  strategiyasida  elektron  hukumat  tizimini 

yanada  rivojlantirish  masalasiga  alohida  e`tibor  qaratilgan.  Xususan,  Xalq  bilan 

muloqot  va  inson  manfaatlari  yilida  2018  —  2021  yillarga  mo'ljallangan  tegishli 

dastur ishlab chiqilishi belgilangan. Joriy  yilning o'zida “Lisenziya” portali ishga 

tushirilishi  ko'zda  tutilayapti,  notarial  xizmatlar  avtomat­lashtiriladi  hamda 

soddalashtiriladi. Eksport-import operatsiyalari bo'yicha ruxsat beruvchi hujjatlarni 

bir  xillashtirish  davom  ettiriladi.  Davlat  organlari  xodimlari  va  aholining 

internetdan 

foydalanish 

imkoniyatlarini 

kengaytirish 

hamda 

kompyuter 



savodxonligi oshirilishi bo'yicha chora-tadbirlar ko'riladi. 

Qisqasi,  bu  va  boshqa  dolzarb  vazifalarning  muvaffaqiyatli  ro'yobga 

chiqarilishi  davlat  xizmatlari  soni  hamda  sifatini  oshiradi,  xalq  bilan  muloqotni 

yanada yangi, 

 

 

 



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling