Kommunikatsiyasi
-rasm. Marketing kommunikatsiyalari dasturining bloklari
Download 481.1 Kb.
|
MARKETING KOMMUNIKATSIYASI KOMPLEKSINI YARATISH VA BOSHQARISH
2.6-rasm. Marketing kommunikatsiyalari dasturining bloklariMarketing kommunikatsiyalari dasturining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilar hisoblanadi: axborot texnologiyalari; kommunikatsiya maqsadlari; sotuv bozoriga kirib borish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, diversifikasiya va qayta strukturalashni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar; belgilangan muddat va ijrochilarni tayinlagan holda kommunikatsiya vositalaridan foydalaniladigan muayyan harakatlar yoki taktika; dasturning har bir bo‘limi ijro etilishini nazoart qilish va baholash. Dasturning birinchi bloki SWOT-tahlil va kontent-tahlildan foydalangan holda bozordagi vaziyatni baholashni nazarda tutadi. SWOT-tahlil raqobatchilarning marketing faoliyatini tizimlashtirish, ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini ajratish, korporativ imkoniyatlarini aniqlash va bozorda ishtirok etish strategiyasini ishlab chiqishga imkon beradi. Kontent-tahlil integral kommunikatsiyalar mazmunini sifat va son jihatidan baholash, ularning mazmunini aniqlash va muayyan foydalanish yo‘nalishlari haqida qaror qabul qilishga imkon beradi. Kommunikatsiya maqsadlarini ranglarga ajratishda "KIROS" tamoyiliga rioya qilish, ya’ni maqsadlar muayyan, zakon va makonda o‘lchash mumkin bo‘lishi, kompaniyaning izchillikda rivojlanishiga mos kelishi, bozor muhiti qonuniyatlari va dinamika nuqtai nazaridan mos kelishi, korporativ imkoniyatlar va resurslar salohiyatiga mos bo‘lishi lozim. Marketing kommunikatsiyalarining bosh maqsadi – firmaning bozorda va jamiyatda muvaffaqiyat vaziyatini shakllantirish hisoblanadi. Unga erishish uchun raqobatli ustunliklarni mustahkamlash, bozor ulushini oshirish, tovarlar va xizmatlarni joylashtirish, imidjni oshirish sohasida boshqa bir qator vazifalarni ham qilish zarur. Kommunikatsiya dasturining ikkinchi bloki – taktika bloki – resurslar holati va byudjetni hisobga olgan holda muayyan harakatlar rejasini o‘z ichiga oladi. Korporativ byudjet kommunikatsiya dasturini ishlab chiqish va bajarish uchun yo‘naltirilgan pullar miqdorini ifodalaydi. Kommunikatsiya vositalari ichida reklama byudjet xarajatlarining eng qimmat moddasi hisoblanadi. Xarajatlarning eng katta salmog‘i televizion reklamaga to‘g‘ri keladi. Demak, kommunikatsiyalar byudjetini asoslab berishda reklama makoni qiymatini diqqat bilan hisobga olish zarur. Oxirgi paytlarda televidenie va jurnallar muloqot doiralari soni qisqardi, reklama beruvchilar esa elektron OAVdan tobora keng foydalanmoqda. Amerikaning mashhur Forrester Research guruhi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar quyidagicha xulosa chiqarishga imkon beradi: "yaqin kelajakda an’anaviy OAV reklamadan milliardlab dollar yo‘qotadi, bu reklama, aftidan, budet Internetdagi bepul e’lon taxtalarida joylashtiriladi". Dasturning yakuniy bloki – baholash bloki – muntazam nazoratni bajarish va kommunikatsiya siyosatiga yakun yasash uchun mo‘ljallangan. Kommunikatsiya strategiyalari muayyan ijrochilar va ijro muddatlarini belgilagan holda kommunikatsiya siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha kommunikatsiya dasturlari diqqat bilan tayyorlangan va ishlab chiqilgan hollarda muvaffaqiyat bilan amalga oshirilishi mumkin. Tushunarliki, reklama kampaniyalari o‘tkazish, jamoatchilik bilan aloqalar, sotishni rag‘batlantirish, milliy va xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish bo‘yicha dasturlar eng ommaviy dasturlar hisoblanadi. Kommunikatsiya strategiyalarini boshqarish xaridorlarning ehtiyojlarini qondirish va foyda oilsh maqsadida barqaror va samarali talab shakllantirish va taklifni (tovar va xizmatlar) ilgari surishni ta’minlaydigan kommunikatsiya vositalari kompleksidan foydalanish asoslangan strategiyasi asosida marketing tizimining barcha subyektlari bilan firmaning o‘zaro aloqalarini rejalashtirish va amalga oshirishga yo‘naltiriladi. Download 481.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling