Kommunikatsiyasi


Download 481.1 Kb.
bet3/8
Sana04.11.2023
Hajmi481.1 Kb.
#1748496
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MARKETING KOMMUNIKATSIYASI KOMPLEKSINI YARATISH VA BOSHQARISH

2.1–jadval.


Marketing kommunikatsiyasi kompleksining ahamiyati






Reklama

Sotishni rag‘batlantirish



Shaxsiy sotuvlar



PR

Sanoat yo‘nalishidagi tovarlar

23

44

53

38

Olingan ma’lumotlar ishlab chiqarish yo‘nalishidagi tovarlarni ilgari surish uchun eng samarali kommunikatsiya vositasi shaxsiy sotuvlar hisoblanadi deb xulosa chiqarishga imkon beradi.


Sotishni rag‘batlantirish kompleksi tarkibi ko‘p jihatdan firmaning qanday

А) тортиш стратегияси

Ишлаб чиқарувчи

Улгуржи савдо

А)

и

т

ар

иш стратегияси

Ишлаб чиқарувчи

Улгуржи савдо
ta’minot strategiyasidan foydalanishiga bog‘liq (2.3-rasm).



    1. –rasm. Kommunikatsiya strategiyalari turlari



Чакана савдо

Якуний истеъмолчи

Чакана савдо

Якуний истеъмолчи
Itarish strategiyasi (pushing strategy; qisqacha – push) firmaning savdo personali va savdo vositachilaridan faol foydalanishni, shuningdek, tovarni sotuv kanallari bo‘yicha ilgari surish uchun savdo sohasini rag‘batlantirishni (chegirma, hisobga olish, mukofotlar) nazarda tutadi.
Ushbu kommunikatsiya strategiyasining maqsadi shundan iboratki, kompaniyaning markali tovarlarini iste’molchilar uchun yanada ochiqroq qilishga imkon beradigan vositachilarni ma’lum bir assortimentni qo‘llab-quvvatlashga motivatsiya qilish lozim. Push turidagi muvaffaqiyatli kommunikatsiyalar sotuv joylarida kuchli qo‘llab-quvvatlashni va savdo vositachilarining tovarlarni distribusiya kanallarida harakatlantirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar ishlab chiqishini rag‘batlantirishni ta’minlaydi.
Tortish strategiyasida (pulling strategy; qisqacha – pull) marketing kommunikatsiyalari tovarning yakuniy iste’molchilariga yo‘naltiriladi. Ularning vazifasi – savdo vositachilarini kerakli tovar xardini amalga oshirishga undash uchun yetarli bo‘lgan talabni shakllantirish hisoblanadi. Ushbu strategiyani amalga oshirish ular tomonidan talabni shakllantirish maqsadida iste’molchilarni rag‘batlantirish va reklama xarajatlari katta bo‘lishini taqozo etadi.
Agar pull turdagi marketing kommunikatsiyalari muvaffaqiyatli bo‘lsa, iste’molchilar chakana savdogarlardan tovarni so‘ray boshlaydi, chakana savdogarlar ulgurji savdogarlarga buyurtma beradi, ular esa – o‘z navbatida, ishlab chiqaruvchilarga. Shunday qilib, ishlab chiqaruvchi firma tomonidan marketing kommunikatsiyalari tufayli iste’molchida tovarga nisbatan vujudga kelgan qiziqish tovarning distribusiya kanallari bo‘yicha keyingi harakatlarini ta’minlaydi.



    1. Download 481.1 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling