Kompaniyа holati tahlili rejalar: Kompaniya strategik pozitsiyasini baholash uslubi


)Korxonaning xaridorlar nazaridagi obro’si, uning imidji


Download 211.55 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi211.55 Kb.
#1547730
1   2   3   4
Bog'liq
Rafiqov Suhrob1

6)Korxonaning xaridorlar nazaridagi obro’si, uning imidji;

7)kompaniyaning texnologiya, innovatsiya, sifat va xaridorlarga xizmat ko’rsatishda yetakchiligi va xokazo.

Qo’llanilayotgan strategiyani baholash.

Qo’llanilayotgan strategiyani baholash.

Qo’llanilayotgan strategiyani baholash uchun kompaniya qanday strategiyaga amal qilayotganligni tushunib olish lozim - bu:

  • arzon narx vositasi bilan peshqadamlik qilish;
  • - raqobatchilardan farq qilib turish;

    - istemolchilarning tor guruhlariga yoki marketing bo’shliqlariga ixtisoslashish.

    Tarmoqdagi raqobatli vaziyatning yana bir xarakteristikasi vertikal integratsiyalanish darajasi va bozorning geografik ko’lamidir. Bu yerda ishlab chiqarish, marketing, moliya, ishchi kuchidan foydalanish sohalaridagi yordamchi strategiyalarni tahlil qilish lozim. Bunga qo’shimcha ravishda kompaniya strategiyasining ayrim raqobatli ustunliklarni ta’minlash maqsadida raqobatli pozitsiyani yaxshilashga imkon beradigan so’nggi amaliyotini tahlil qilib chiqish kerak.

Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari nimada?

Kuch - bu shunday xususiyatki, kompaniyaga qo’shimcha imkoniyatlar beradi. Bu kuch mahoratda, sezilarli tajribada, qimmatli tashkiliy resurslarda yoki aniq imkoniyatlarda, korxonaga bozorda ustunlik yaratib beruvchi yutuqlarda bo’lishi mumkin. Kuch shuningdek, bozorda raqobatchilikni kuchaytirish tajribasiga ega bo’lgan boshqa bir kompaniya bilan qo’shilishi yoki sherikchilik qilish yo’li bilan ham yaratilishi mumkin.

Zaiflik - bu kompaniya faoliyati uchun zarur bo’lgan nimaningdir yetishmasligi, kompaniya qila olmaydigan qandaydir ish yoki kompaniyani noqulay vaziyatga solib qo’yadigan sharoit. Kompaniyaning kuchli va zaif jixatlari aniqlangach, har ikkala ro’yhat o’rganilishi va baholanishi lozim. Buning uchun SWOT tizimi qo’llaniladi (tahlil, xarajatlar tahlili, imkoniyatlar va boshqalar tahlili). Bunda kuch va zaiflik balansi tuziladi. Kompaniyaning eng muhim yutug’i - bu raqiblariga nisbatan kompaniya yaxshi bajara oladigan ishdir.


Download 211.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling