SWOT-tahlil quyidagi savollarga javob topishga yordam beradi: SWOT-tahlil quyidagi savollarga javob topishga yordam beradi: - kompaniya o’z strategiyasida o’zining ichki kuchli tomonlaridan yoki ustunliklaridan foydalanadimi? Agar kompaniyaning hech qanday ajralib turuvchi ustunliklari bo’lmasa, uning qanday potentsial kuchli jihatlari ana shu ustunliklarga aylanishi mumkin?
- kompaniyaning zaif jihatlari uning raqobatdagi eng nozik tomonlarimi? Ular ma’lum bir qulay jihatlardan foydalanishga imkon bermaydimi? Strategik jihatdan kelib chiqqan holda qaysi zaif jihatlarga tuzatish kiritish kerak?
- qanday qulay sharoitlar kompaniyaga muvaffaqiyat qozonishga imkoniyat yaratadi? Shuni qayd qilib o’tish lozimki, foydalanish usullari bo’lmagan qulay imkoniyatlar sarobdan boshqa narsa emas. Korxonaning kuchli va zaif tomonlari uning boshqa korxonalarga qaraganda qulay imkoniyatlardan foydalanishga yaxshiroq yoki yomonroq darajada moslashishiga yordam beradi.
- menejerni qaysi taxdidlar ko’proq tashvishlantirishi kerak? U himoyani yaxshi tashkil qilish uchun qaysi strategik chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim?
Amaldagi strategiya qay darajada samarali? Strategiya qanchalik yaxshi amalga oshirilayotganini baholash uchun quyidagilar muhim: 1)kompaniyaning raqobatchilar orasidagi o’rnini aniqlash; 3)kompaniyaning ishlab chiqarish, marketing, moliya va kadrlar sohasidagi funktsional strategiyalarini baholash. Kompaniya strategik va moliyaviy holatining ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat: 1)kompaniyaning bozordagi ulushi va tarmoqdagi o’rni; 2)foyda hajmi oshadimi, kamayadimi va u raqobatchilarning shunday ko’rsatkichlariga nisbatan qanday; 3)sarmoyalar sof foydasining o’zgarish tendentsiyasi; 4)kompaniyaning sotuvlari umumiy bozordagiga nisbatan tez o’syaptimi yoki sekin o’syaptimi; 5)kreditlar hajmi;
Do'stlaringiz bilan baham: |