Kompaniyada diversifikatsiyani rivojlantiirish imkoniyatlari Reja
Diversifikatsiyalash strategiyalari
Download 45.96 Kb.
|
strategik boshqaruv
2.Diversifikatsiyalash strategiyalari
Diversifikatsiyaga o’tish qaroriga kelingandan so’ng alternativstrategiyalardan biri tanlanadi. Bunda asosan quyidagi 6 ta strategic diversifikatsiya variantlari mavjud: 1. Yangi tarmoqlarga kirish strategiyasi, yangi kompaniya va qo’shma korxona yaratish yoki kompaniyani sotib olish. 2. Turdosh biznesga diversifikatsiya strategiyasi. 3. Noturdosh biznesga diversifikatsiya strategiyasi. 4. Voz kechish, qisqartirish, yo’q qilish strategiyasi. 5. Kompaniyani yangilash strategiyasi. Restrukturizasiya qilish. 6. Ko’p millatli diversifikatsiya strategiyasi Yangi biznesga kirish quyidagi uch xil shaklda bo’lishi mumkin: sotib olish, yaratish va qo’shma korxonalar tuzish. Maqsadli bozorga mumkin qadar tezlik bilan kirish uchun mavjud biznesni sotib olish-bu keng tarqalgan diversifikatsiya vositasidir. Ushbu usul diversifikatsiya muammolari: texnologik ko’nikmalarni, ta’minotchilar bilan munosabatlarni yo’lga qo’yishni, birlik mahsulotga sarf bo’ladigan mehnat xarajatlarini pasaytirishni, bozorga tovarni tanishtirishda reclama siyosatini tashkil etishni va boshqalarni hal qiladi. Ko’pgina tarmoqlarda yangi korxonani yaratish bilim va tajribani, resurslarni, yetarli masshtabdagi ishlab chiqarishni va raqobatbardoshlikni talab qiladi. Lekin aynan mos keladigan korxonani topish murakkab muammohisoblanadi. Bunda xaridor firma oldidagi asosiy muammo bu“Muvaffaqiyatli ishlayotgan qimmat narxli korxonani yoki yashashuchun kurashayotgan arzon narxdagi korxonani sotib olish kerakmi?”-degan savoldir. Agar xaridor yangi sohada tajribasiz bo’lsa, ishonchlibozorda mustahkam mavqeiga ega firmani sotib olgan ma’qul. Korxona narxi haddan tashqari yuqori bo’lmasligiga e’tibor berish lozim. Lekin xaridor zaif firmani kuchli firmaga aylantirish rejasiga, mablag’iga, texnologiyasiga va tajribasiga ega bo’lsa, kuchsiz kompaniyani sotib olish ham maqsadga muvofiqdir. Yangi sohaga kirish uchun yangi kompaniyani yaratish quyidagi hollarda tavsiya etiladi: 1. Quvvatlarni ishga tushirish uchun yetarli vaqt bo’lsa; 2. Agar bozorda harakat qiluvchi kompaniyalar yangi raqobatchiga samarali qarshilik ko’rsata olmasa; 3. Yangi kompaniyani yaratish uni sotib olishga qaraganda tejamli bo’lsa; 4. Yangi kompaniya samarali raqobat uchun yetarli tajribaga va bilimga ega bo’lsa 5. Yangi ishlab chiqarish quvvatlari bozordagi talab va taklif muvozanatiga salbiy ta’sir etmasa; 6. Bozorda asosan kichik firmalar mavjud bo’lib, yirik kuchli firmalar raqobatchi bo’lmasa. Quyidagi uch vaziyatda qo’shma korxona tuzish orqali yangi biznesga kirish qulay vosita hisoblanadi: 1. Qo’shma korxona bitta kompaniya uchun samarasiz va tavakkalchilik darajasi yuqori bo’lganda yaxshi natija beradi. 2. Bir-necha korxonalarning tajriba va resurslarining birlashtirilishi kuchli raqobatbardosh kompaniyani vujudga keltirishi mumkin. 3. Qo’shma korxona ko’p hollarda xorijiy kvota va soliqlarni, milliy, siyosiy manfaatlarni yengishning yagona yo’lidir. Mahalliy korxonalar o’zi kirmoqchi bo’lgan biznes bo’yicha xorijiy mamlakat korxonasi bilan qo’shma korxona tuzadilar. Mahalliy kompaniyalar mahalliy sharoitni va bozorlarni yaxshi biladilar, bu sharoitda mehnat xarajatlari pastroq bo’ladi. Lekin qo’shma korxonalarning faoliyat taqsimotida, faoliyatni samarali boshqarish muammolarida kelishmovchiliklar paydo bo’lishi mumkin. Quyidagi noaniqliklar ham nizolarga sabab bo’ladi, jumladan: mahalliy xom-ashyodan foydalanish kerakmi yoki uni xorijdan keltirish kerakmi, mahsulotning qaysi qismini eksport qilish kerak, texnologik jarayonlar mahalliy yoki xorijiy standartlarga mos kelish darajasi qanday, moliyaviy mablag’lar qanday nazorat qilinadi va boshqalar. Diversifikatsiyalash variantlarini izlash jarayonida kompaniya turdosh tarmoqlarni tanlashi mumkin. Bunday paytda tarmoqqa diversifikatsiyalash strategik muvofiqlikdan kelib chiqib amalga oshiriladi. Strategik muvofiqlik turli korxonalar o’xshash ishlab chiqarishga ega bo’lgan taqdirda mavjud bo’ladi. Bu esa quyidagilar uchun imkoniyat yaratadi: a) maxorat va tajribani bir korxonadan boshqa korxonaga o’tkazish; b) ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish maqsadida turlicha bo’lgan ishlab chiqarishni yagona tizimga birlashtirish. Strategik muvofiqlikka asoslangan aloqalar ishlab chiqarish sohasida, personal maxoratiga bo’lgan talablarda, materail resurslar va ta’minotchilarning manbalarining yagonaligida, detallar va komponentlarni birgalikda ishlab chiqarish uchun saloxiyatda, o’xshash ishlab chiqarish usullari va boshqaruv nou-xaularida, marketing va mahsulot sotishda bir xil yondoshuvlarni qo’llashda, bir xil ulgurji xaridorlar va chakana dilerlarda, sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish saloxiyatida, shuningdek umumiy savdo markasidan foydalanishdan olingan sinergitik samarada namoyon bo’ladi. Turdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash xaqiqatda jozibali ko’rinadi. U mavjud ishbop faollik darajasini saqlab qolish, maxorat va tajribani o’rgatish xisobiga raqobat ustunligidan foydalanish, shuningdek investitsiyalash xavfini turdosh tarmoqlardagi korxonalar bilan bo’lishish imkoniyatini beradi. Qachonki ikkita korxonaga raxbarlik qilish, ularning aloxida faoliyat ko’rsatishiga nisbatan arzonga tushsa, shundagina turdosh diversifikatsiyalashda faoliyat miqyoslaridagi tejamkorlik mavjud bo’ladi. Turdosh tarmoqlar o’rtasidagi strategik muvofiqlik quyidagilar xisobiga raqobat ustunligi uchun saloxiyatni vujudga keltiradi: a) ancha past ishlab chiqarish xarajatlari. b) bir tarmoqdan ikkinchisiga asosiy malaka va tajriba, texnologik xususiyatlar, boshqaruv nau-xaularini samarali o’zatish. v) umumiy tovar markasidan foydalanish imkoniyatlari. Biznesning yaqin sohalaridagi strategik muvofiklik xisobiga erishilgan raqobat ustunligi individual ishlab chiqarishga qaraganda qushimcha saloxiyat beradi. Turdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalashning eng tarqalgan yo’llari quyidagilar: Sotish imkoniyatlari va reklama faoliyatidan birgalikda foydalanishi mumkin bo’lgan tarmoqlarga kirish. Turdosh texnologiyalardan foydalanish. Nou-xau va tajriba larni bir faoliyat turidan boshqa faoliyat turlariga o’tkazish. Yangi mahsulotga korxonaning nomi va istemolchilarning ishonchini o’tkazish. Faoliyatning asosiy turini quvvatlash uchun yangi tarmoqlarda xarid qilish. Ma’lumki turdosh diversifikatsiya yuqori jozibadorlikka ega. U biznesning samaradorligini oshiradi, tajriba va malakadan turdosh bizneslarda foydalanish asosida raqobatbardoshlikni oshiradi, tadbirkorlik tavakkalchiligini boshqa bizneslarga diversifikatsiyalash imkonini beradi. Biznes texnologiyalaridan, ishlab chiqarish quvvatlaridan funksional xizmatlardan, turdosh bizneslardan foydalanish orqali masshtab samarasini yaratish mumkin. Masshtab samarasi shundan iboratki, bir necha bizneslarni markazlashgan boshqaruvi ularni alohida boshqaruviga nisbatan kamroq xarajatlarni talab qilishiga asoslanadi. Bizneslarning yoki ishlab chiqarishlarning bir-biriga muvofiq ishlashi, resurslardan va ishlab chiqarish quvvatlaridan, hamkor bizneslardan hamda yalpi e’tirof etilgan savdo markasidan foydalanish tejamkorlikni keltirib chiqaradi. Masshtab samarasi muayyan bizneslardagi diversifikatsiya kompaniyasi bilanqanchalik bog’liq bo’lsa, past xarajatlarga tayanib, raqobatbardoshlikni oshirish shunchalik yuqori bo’ladi. Diversifikatsiyalashgan kompaniya o’z tajribasini va bilimlarini hamda ishlab chiqarish quvvatlaridan hamkorlikda foydalanish tajribasini boshqa biznesga joriy etishi mumkin. Natijada ushbu bizneslarning alohida ishlaganiga qaraganda, strategik muvofiqlikda ishlashi yuqoriroq foyda beradi. Bilim va tajribalarni boshqa biznesga joriy etish uchun esa, bizneslarda o’zaro Masshtab samarasi ikki yoki undan ko’proq bizneslarni korporativ boshqaruvi natijasida xarajatlarni pasaytirish orqali namoyon bo’ladi. Ishlab chiqarish sikllarining istalgan nuqtasida hamkorlikning paydo bo’lishi tejamkorlik imkoniyatlarini yaratadi. Turdosh bizneslarning muvofiqligi. Har xil bizneslarning ishlab chiqarish sikllarining birlashishi natijasida muayyan iste’molchilarga xizmat ko’rsatishda umumiy dilerlar tarmog’idan va chakana sotuvchilar xizmatidan foydalanish yoki tovarni bozordagi harakatini tashkil etishda o’xshash usullardan foydalanish imkonini bersa, aytish mumkinki, bizneslar turdosh bozorlarning strategik muvofiqligiga ega. Turdosh bozorlarning strategik muvofiqligidan xarajatlarni tejashning (yoki masshtab samarasining) turli imkoniyatlarini yaratadi. Jumladan: turdosh mahsulotlar uchun sotishning yaxshi xizmatidan foydalanish, turdosh tovarlarni yangi reklama e’lonlarida va shakllarida namoyish etish, umumiy savdo markasidan foydalanish, tovarlarni umumiy taqsimotini va ta’minotini muvofiqlashtirish, sotuvdan keyingi xizmatlarni va ta’mirlash ishlarini birlashtirish, buyurtmalarni va sotuv cheklarini rasmiylashtirishni muvofiqlashtirish, reklamaning umumiy tadbirchoralarini o’tkazish (imtiyoz kuponlarini, bepul va sinov tovarlarini tarqatish, maxsus mavsumiy narxlarni joriy etish va boshqalar), dilerlik tarmoqlarining majmuasini tashkil etish. Ishlab chiqarish muvofiqligi. Agar ishlab chiqarish quvvatlaridan va malakasidan ilmiy izlanish natijalaridan, yangi texnologiyadan va yakuniy yig’uv sexi xizmatidan foydalanishda bizneslar hamkorligi potensiali mavjud bo’lsa, bizneslarda ishlab chiqarish muvofiqligi vujudga keladi. Ishlab chiqarish muvofiqligining mavjudligi odatda xarajatlarni qisqartirish imkonini beradi. Bu kam quvvatli ishlab chiqarishlarni birlashtirish natijasidan hosil bo’ladigan yirik ishlab chiqarish quvvatlarining (masshtab samarasi) paydo bo’lishi va ushbu ishlab chiqarish quvvatlaridan hamkorlikda (korporasiya samarasi) foydalanish sababli ro’y beradi. Hamkorlikda foydalanadigan ishlab chiqarish quvvatlarining ulushi ortib borgan sari, xarajatlardagi tejamkorlik yaqqol ko’zga tashlanib boradi va shu bilan birga kompaniyaning ustunligi oshib boradi. Boshqaruv muvofiqligi. Ushbu muvofiqlik turdosh bizneslardagi ishlab chiqarish, tadbirkorlik, boshqaruv muammolarining ham umumiy o’xshashligini keltirib chiqaradi. Bu hol o’z navbatida boshqaruv tajribasini bir biznesdan boshqasiga o’tkazish imkonini beradi. Samarali boshqaruv tajribasi xarajatlar zanjirining istalgan nuqtasiga ko’chirilishi mumkin. Strategik muvofiqlikning ijobiy tomonlaridan foydalanish. Strategik muvofiqlikka ega tarmoqqa diversifikatsiyalashish bu muammo yechildi degani emas, bu ishning yarmi xolos, undan amaliy foyda olishga erishish lozim. Ishlab chiqarish quvvatlaridan hamkorlikda foydalanish samarasiga turdosh bo’limlarni yagona funksional bo’linmaga birlashtirish orqali erishiladi. Funksiyalarni birlashtirish va ularni muvofiqlashtirish muayyan xarajatlarni talab qiladi. Shu sababli rahbarlar strategik boshqaruvni markazlashishidan keladigan samara, ayrim bizneslarning o’z mustaqilligini yo’qotishidan keladigan zararni qoplashiga ishonch hosil qilishlari lozim. Ushbu holat tajribani boshqa biznesga ko’chirilishiga ham tegishli. Diversifikatsiyalash xaqidagi qaror daromadli kompaniyalarni izlash va sotib olish natijasi xisoblanadi. Noturdosh diversifikatsiyalashning asosiy qoidasi shuki, unda manfaatli moliyaviy shartlarda sotib olinishi mumkin bo’lgan va foyda olish uchun yaxshi istiqbolga ega bo’lgan xar qanday kompaniya diversifikatsiyalash uchun manfaatli yunalish bo’ladi. Ba’zida, noturdosh diversifikatsiyani amalga oshirayotgan kompaniyalar o’zining aloxida mavqei xisobiga tez moliyaviy foyda olish uchun imkoniyatlarni taklif qiladigan kompaniyalarni izlab topishga o’z kuchlarini yunaltiradilar. Bunday korxonalarning uchta turi mavjud bo’ladi. 1) Narxi pasaytirilgan kompaniya. Bunday xolda mazkur korxonalarni bozor narxlaridan pastrok narxlarda sotib olish imkoniyati mavjud. Bu esa keyinchalik kompaniyani nisbatan yuqori narxda sotish imkonini beradi. 2) Moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan kompaniyalar. Bunday korxonalar shartnomaviy narxlarda sotib olinishlari mumkin. 3) O’sish imkoniyatlari katta bo’lib, investitsiya imkoniyatlari bo’lmagan kompaniyalar. Noturdosh tarmoqlarga diversifikatsiyalash quyidagi no’qtai nazardan juda jozibalidir: 1. Tijorat tavakkalchiligi sanoatning ko’pgina xar turli tarmoqlari bo’yicha «sochilgan» bo’lib, bu kompaniyani biron-bir sohasida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan muammolar izmida bo’lish darajasini pasaytiradi. 2. Kompaniyaning moliyaviy resurslari rentabellik no’qtai nazaridan jozibali istiqbollari bo’lgan tarmoqlarga investitsiya qilinishi mumkin. 3. Kompaniyaning ichki foyda normasi umuman sezilarli darajada barqarorlashadi, chunki bir tarmoqdagi qiyinchilik davrlari boshqasi xisobiga qisman kompensatsiya qilinishi mumkin. 4. Korporativ raxbariyat yetarli baholanmagan kompaniyalarning xaqiqiy qiymatini aniqlash tajribasini orttirib borgan sari, korporatsiyaning moliyaviy axvoli yaxshilanib, aktsiyalarning daromadliligi oshib boradi. Noturdosh yoki konglomerat diversifikatsiya moliyaviy nuqtainazardan bir necha jozibadorlikka ega: 1.Tadbirkorlik tavakkalchiligi bir necha sohalarga taqsimlanishi kompaniyani birlik biznesga bog’lanib qolishdan saqlaydi. 2.Moliyaviy resurslar istiqbolli, yaxshi foyda beradigan sohalarga investisiya qilinadi. 3.Kompaniyaning foydaliligi muqobillashadi, qaysiki bir sohadagi muvaffaqiyatsizliklar boshqa sohadagi muvafffakiyatlar bilan yopiladi. 4. Kelajakni yaxshi prognoz qiluvchi rahbarlar yashirin foyda potensiali yuqori bo’lgan kompaniyalarni sotib olsalar, ularning aksiya narxlari kelajakda yuqori bo’ladi degan savolga javob salbiy bo’lsa, demak biznes katta tavakkalchilik bilan bog’liq. Biznesni qanday boshqarishni bilmasangiz uni sotib olmaslik lozim. Bir yoki bir necha strategik xatolar (tarmoqni jozibadorligini noto’g’ri baholash, yangi biznesdagi muammolar, yangi sotib olingan kompaniya imkoniyatlarini haddan ziyod optimistik prognoz qilish) korporativ daromadlarni va bosh kompaniyaning aksiya narxlarini keskin pasayishiga olib keladi. Diversifikatsiya nazariyasida biznesning so’nish sikllarini muvofiqlashtirish orqali foydani oshirish mavjud bo’lsa ham, amalda birbiriga qarama-qarshi davrlarda harakatlanuvchi bizneslar juda kamuchraydi. Ko’pchilik bizneslarga yaxshi va yomon davrlar bir xil ta’sir Noturdosh diversifikasiyaning ikki muhim kamchligi – bu turli-tuman bizneslarni boshqarishda rahbariyatning malakasini yetishmasligi va bizneslarning strategik muvofiqligi ta’minlaydigan raqobatustunligining mavjud emasligidir. Ushbu kamchiliklarga qaramasdan noturdosh diversifikatsiya ba’zi holatlarda kompaniya uchun xaloskor strategiya bo’lishi mumkin. Noturdosh diversifikatsiyaning asosiy muammosi bu diversifikatsiya kengligini aniqlashdan iborat. Boshqacha qilib aytganda, korporativ portfel qancha noturdosh bizneslarni o’zida mujassam etishidir. Optimal miqdor ushbu ikki chegara o’rtasida joylashgan bo’ladi. Hattoki yaxshi o’ylangan diversifikatsiya ham muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin. Bunda quyidagi savol tug’iladi Puxta o’ylangan biznes muayyan vaqtda strategik nomuvofiqlikka ega bo’lishi va o’z jozibadorligini yo’qotishi mumkin. Biznes o’z jozibadorligini yo’qotsa, uni sotishga harakat qilish maqsadga muvofiq. Odatda bunday biznesdan tezroq voz kechish lozim. Agar javob «salbiy» bo’lsa, unda ushbu biznesdan voz kechish lozim. Kompaniyani sotishda qanday qilib bo’lsa ham, uni birovga sotishni emas, u qanday kompaniyaga maksimal mos kelishini o’ylash lozim. Lekin jozibasini yo’qota boshlagan biznesdan dastlabki davrda voz kechish ko’proq mablag’ni tejab koladi. Portfelni qayta tarkiblash odatda, eski bizneslarni bartaraf etishni va yangilarini yaratishdan iborat bo’ladi. Bunda nafaqat zaif va nostabil bizneslardan, balki o’z strategik muvofiqligini yo’qotgan bizneslardan ham voz kechiladi. Ularning ba’zilari jozibador tarmoqlarda yaxshi foyda Agar korporasiya rahbariyati muayyan biznes strategik nomuvofiq yoki investisiyalar uchun o’z jozibadorligini yo’qotgan deb hisoblasa, ushbu biznesni bartaraf etadi. Keng diversifikatsiyalashgan kompaniyalar noturdosh bizneslarni boshqarishda paydo bo’ladigan muammolarni yecha olmay, o’z portfelini qayta tarkiblash orqali œz faoliyatini asosiy sohalarda qisqartiradi. Turdosh diversifikatsiyani asosiy mezonlariga mos kelmaydigan bizneslardan ham voz kechiladi, qolgan bizneslar strategik muvofiqlashtiriladi va ulardan yuqori foyda olishga harakat qilinadi. Yangi bizneslar bosh kompaniyani raqobat mavqeini oshirish uchun sotib olinadi. Bosh kompaniya asosiy tayanch sohalarda muvaffaqiyatqozonishga qaratilgan bo’ladi. Qayta qurish strategiyasi buyurtma portfelini sog’lomlashtirishda qo’llaniladi. Mushkul ahvol bir yoki bir-necha biznes sohalaridan keladigan zararlar tufayli vujudga kelishi mumkin. Qayta qurish strategiyasi zarar keltiruvchi sohalarni aniqlab, tahlil etib, ularni foyda keltiradigan sohaga aylantirish demakdir. Qisqartirish strategiyasi bizneslar ko’lamini toraytirishni nazarda tutadi. Rahbariyat diversifikatsiya juda keng degan fikrga kelsa, kompaniya o’z kuchini bir necha asosiy biznes sohalariga yo’naltirishi mumkin. Ba’zi kompaniyalar bir necha yillik urinishlardan keyin ham biznesni samaradorligini ta’minlay olmaydilar yoki mablag’ va asosiy fondlar yetishmasligi sababli biznesni qisqartirishga to’g’ri keladi. Rahbariyat kompaniya resurslari juda keng tarqoqlashgan degan fikrga kelsa ham, biznes yo’nalishlarini qisqartirishlari mumkin. Restrukturizasiyalash strategiyasi. Bunda buyurtma porfelining tarkibi jiddiy o’zgartiriladi. Masalan kompaniya to’rtta biznesni sotdi, to’rttasidan voz kechdi, lekin o’n ikkita biznesni sotib oldi va oltitasini o’z tarkibida yaratdi. Noturdosh diversifikatsiyaning ikki muhim kamchiligi bu - turlituman bizneslarni boshqarishda rahbariyat malakasining yetishmasligi va bizneslarni strategik muvofiqligi ta’minlaydigan raqobat ustunligining mavjud emasligidir. Ko’p millatli kompaniya asosiy faoliyatda samarali tajribaga ega bo’lib, undan muvaffaqiyatli foydalanish uchun turdosh tovarlarga va bizneslarga diversifikatsiyalashuvi hamda ushbu yo’nalishda shtabkvartira miqiyosida ilmiy izlanishlarni muvofiqlashtirilishi raqobat mavqeini keltirib chiqaradi. Investisiyalarni strategik muvofiqlashtirish mavjud bo’lmaganda ilmiy izlanishlar istiqbolli sohalar bo’yicha amalga oshiriladi. Natijada strategik muvofiqlik yaxlit tahlil etilmay qolib, qulay imkoniyatlardan mahrum bo’ladi. Ko’p millatli kompaniyaning diversifikatsiya raqobat ustunligininavbatdagi manbai diversifikatsiyani amalga oshirish davrida tashkilot raqobatbardoshligi va savdo markasining mashhurligi bilan bog’liq. Buni Yaponiya kompaniyalari “SanVo” va “Matuchita” ning raqobat kuchi misolida ko’rishimiz mumkin. Ikkala kompaniya ham global tarmoqlarga diversifikatsiyalashgan bo’lib, uning keng iste’mol mollari televizor, kichik hajmdagi uy rœzg’or texnikasi, personal kompyuterlardir. Ushbu kompaniyalar nafaqat turdosh texnologiyalardan foydalanib qolmaydi, ular Tovar taqsimotida uni saqlashda va transportirovkasida o’z xarajatlarini pasaytiradilar. Bunday raqobat ustunliklaridan mahalliy kompaniyalar foydalana olmaydilar. Bundan tashqari ular o’z tovarlarining keng diversifikatsiyasiga egaligi uchun yangi mamlakatlar bozorlariga chiqish imkoniyatlariga va nisbatan past xarajatlarga egaligi sababli kirish va chiqish to’siqlarini osonlik bilan yengishi mumkin. Diversifikatsiyalashmagan ko’p millatli va mahalliy kompaniyalar xalqaro diversifikatsiya kompaniyalariga nisbatan zaif raqobat mavqeiga ega. Mahalliy diversifikatsiyalashmagan kompaniya milliy bozorda bitta yoki bir nechta foyda olish «qo’rg’oniga» ega bo’lishi mumkin. Lekin ular faqat bitta biznesga tegishli bo’ladi. Birlik biznes esa xalqaro diversifikatsiyalashgan kompaniya oldida zaif hisoblanadi. Xalqaro diversifikatsiyalashgan kompaniya almashlab moliyalash imkoniyatiga ega. Almashlab moliyalash yangi bozorlarga chiqish uchun muhim omillardan hisoblanadi. Xalqaro diversifikatsiyalashgan kompaniyalar almashlab moliyalashdan foydalanmaydilar. Chunki naqd pul va foydaning bir qismi qisqa muddatli maqsadga muvofiq xarajatlarga yoki yangi biznesga va bozorga kirishga sarflanishi mumkin, lekin bozorga chuqurroq kirish yoki uzoq muddatli xarajatlarni qoplash uchun kompaniya foydasini cheksiz sarflash iqtisodiy ko’rsatkichlarni yomonlashtiradi. Pirovard natijada kompaniya yoki biznes bozorga chiqishi bilan foydani yarata boshlashi lozim yoki undan voz kechishga to’g’ri keladi. Almashlab moliyalash qisqa muddatli xarajatlarni uzoq muddatli foydalar hisobiga qoplaydigan bo’lsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Download 45.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling