Maqsadli bozor - — bu aniq bozor, unda firma marketing imkoniyatlarini to‘laroq ro‘yobga chiqarish uchun o‘zining faoliyatini tashkil etadi. Maqsadli bozorlarni aniqlash jarayoni amaliy marketingda eng mas’uliyatli payt hisoblanadi. Bu yerda uchta yondashish aniqlangan: ommaviy, differensiallashgan va konsentrlashgan.
- Bu yerda iste’molchilarning talablarini to‘laroq qondirish, bozordagi o‘rinni kelajakda mustahkamlash maqsadida korxona tomonidan turli iste’molchilar guruhining ehtiyojlarini chuqurroq o‘rganishga to‘g‘ri keladi, ya’ni chuqur marketing izlanishlarini olib borish, ayniqsa tovar assortimentini kengaytirish, reklama faoliyati, rag‘batlantirish va sotish yo‘nalishlarida. Bularning hammasi marketingga sarflangan xarajatlarni ko‘paytiradi.
Kabinetli tadqiqotlar - — allaqachon mavjud bo‘lgan ikkilamchi axborotga («yozuv stolidagi tadqiqot») ishlov berish. Ikkilamchi axborot — hozirgi vaqtdagi maqsaddan farqli bo‘lgan maqsadlar uchun oldindan to‘plangan ma’lumotlar. Ikkilamchi axborotning afzalliklari: ishlar qiymatining pastligi, chunki yangi ma’lumotlarni to‘plash kerak emas; materialni to‘plash tezligi; bir nechta axborot manbalarining mavjudligi; muammoni oldindan tahlil qilish imkoniyati. Kamchiliklari: o‘tkaziladigan tadqiqotning maqsadlariga umumiy harakteri jihatidan hamma vaqt ham to‘g‘ri kelmaydi; ma’lumot eskirgan bo‘lishi mumkin; ma’lumotlar to‘plangan uslubiyat mazkur tadqiqotning maqsadlariga mos tushmasligi mumkin.
Marketing axborot tizimini shakllantirish - Marketing tadqiqotlarining natijalari almashish va tahlil qilishning integratsiyalashgan axborot jarayoniga kiritilgan bo‘lsa, muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu sababli marketing axborot tizimini shakllantirish zaruriyati tadbirkorlik uchun zaruriy bo‘lgan rentabellik, shuningdek, mavjud birlamchi va ikkilamchi marketing ma’lumotlarining ko‘p marotaba va maqsadli ishlatilishi talabidan kelib chiqadi. Asoslangan boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilish uchun korxonada marketing axborot tizimini — marketing ma’lumotlarini doimiy yig‘ish, saklash va ishlov berish tizimini yaratish maqsadga muvofiqdir. U boshqaruvchilik qarorlarini ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |