- Korxonaning harakatlar tavsifi va bozordagi egallagan o‘rni u yoki bu strategiyani tanlashni oldindan belgilaydi. SHunday qilib, ko‘pgina raqobatchilar uchun «sanash nuqtasi» sifatida bozorda ustun o‘rinni egallovchi bozor etakchisi xizmat qiladi. Bozordagi vaziyatdan qanoatlangan korxonalar, odatda, to‘g‘ri raqobatdan qochadilar. Biroq, raqobatchi ustunliklari yig‘ilishi bilan etakchiga ochikdan ochiq qarshi chiqa oladigan va hujum qila oladigan korxonalar etakchilarni ta’qib qiluvchilarga aylanadilar.
Konsentrlashgan marketing - alohida iste’molchilar guruhlarining (segmentlarining) o‘ziga xos talablarini hisobga oladi, ularga maksimal ravishda moslashadi, yangi iste’molchilarni jalb qilish maqsadida bozorga kirib borishini davom etadi. Korxonaning vazifasi mahsulot sotilishini maksimallashtirish emas, balki barqarorlik, doimiy xarajatlar, bozor ulushining yetarligi va iste’molchilarning e’tiborini qozonishga erishishdan iborat.
- Birinchidan, marketing tadqiqotini olib borish algoritmi uning maqsadi va vazifalariga ko‘p darajada bog‘liq
Ikkinchidan, marketing tadqiqotlarini rejalashtirish chizmasini amaldagi maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda ongli ravishda soddalashtirish. - Uchinchidan, tadqiqotlarni olib borish usullari va metodlarining doimiy ravishda yangi ishlanmalar bilan to‘ldirilib borishi.
- Marketing tadqiqotlari marketing ehtiyojlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan ixtiyoriy marketing faoliyatidan boshqa narsa emas, ya’ni muayyan marketing faoliyati uchun ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va prognozlash tizimidir. Demak, marketing tadqiqoti bu yerda korxonaning marketing faoliyati har qandaysiklning boshlanishi va mantiqiy yakuni sifatida namoyon bo‘ladi. Savol kelib chiqadi: bunday tadqiqotning maqsadi nima? Tabiiyki, marketing qarorlarini qabul qilishda duch keladigan noaniqliklarni kamaytirish.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |