Kompetentlik tushunchasini mohiyati nimalardan iborat


Download 48.44 Kb.
bet3/7
Sana29.03.2023
Hajmi48.44 Kb.
#1307892
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Касбий Компетентлик саволлар Автосохраненный (1)

Qat’iylik – xarakterning o‘z vaqtida asosli va qat’iy qarorlar qabul qila olish va ularni ikkilanmasdan ijro yetishga kirishishdan iborat irodaviy xislati.



  1. Xodimlarning shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda ish taqsimlaydigan, ularning shaxsiy moyilliklarini inobatga olib, topshiriqlarni taklif ma’nosida beradigan rahbarlik uslubi__

Demokratik

  1. Emotsiya so’zini ma’nosi

Emotsiya (frans. lot. — larzaga keltiraman, hayajonlantiraman) — odam va hayvonlarning tashqi va ichki qoʻzgʻatuvchilar taʼsiriga nisbatan subyektiv reaksiyalari.
His, hissiyot



  1. Temperament so’zini ma’nosi

Temperament (lot. temreramentum – qismlarning tegishli muvofiqligi,
mutanosibligi) – inson hulq-atvori va psixik jarayonlarining dinamik
xarakteristikasi bo’lib, ularning tezligi, o’zgaruvchanligi, samaradorligi,
ishchanligi va boshqalarda namoyon bo’ladi.

  • shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmui bo‗lib, u kishida faoliyat va xulqatvorning dinamik va emotsional tomonlari bilan xarakterlanadi

  • 1) shaxsning psixik faoliyati dinamikasining turli jihatlarini bildiradigan turg‗un individual xususiyatlarining qonuniy munosabatlari; 2) shaxsning dinamik xususiyatlari: intensivlik, tezlik, temp, psixik jarayonlar va holatlar ritmi




  1. Temperament so’zi qaysi so’zdan olingan

Temperament (lot. temreramentum – qismlarning tegishli muvofiqligi,
mutanosibligi) – inson hulq-atvori va psixik jarayonlarining dinamik
xarakteristikasi bo’lib, ularning tezligi, o’zgaruvchanligi, samaradorligi,
ishchanligi va boshqalarda namoyon bo’ladi.



  1. Temperamentlarning necha turi mavjud?

Temperament inson psixik faoliyatining xususiyati boʻlib, fiziologik
asosini, asab tizimining tiplari, oliy asab faoliyati qonuniyatlari tashkil etadi.
Temperament toʻrtta asosiy tipga ajratiladi: sangvinik (xushchaqchaq),
fligmatik (boʻshang, ogʻir), melanxolik (gʻamgin), xolerik (qiziqqon).



  1. Quyidagi javoblarni qaysi biri xolerik temperamentiga tegishli?

Xolerik – sust senzitivlik xususiyatiga ega. juda faol va reaktiv.
Koʻpincha reaktivligi faolligidan ustun keladi. Betoqat, serzarda, tinimsiz.
Sangvinikka qaraganda silliqroq, ammo qotib qolgan.
Qiziqishlari, intilishlari barqaror, xatti – harakatida qat’iy lik mavjud.
Biroq, diqqatini bir ob’yektga toʻplashga qiynaladi. Nutq sur’ati tez va hokazo

  • temperament turi bo‗lib, hissiyot jo‗shqinligi, qayfiyatning tezda o‗zgarishi, hissiyotning muvozanatsizligi va umuman harakatchanligi bilan ajralib turishi xosdir




  1. Quyidagi javoblarni qaysi biri sangvinik temperamentiga tegishli?

Sangvinik – juda faol, har bir narsaga ham qattiq kulaveradi, yolgʻon
dalillarga jahli chiqadi. Ob’yektlar, ma’ruzalar diqqatini tez jalb etadi. Imo – ishorani koʻp ishlatadi, chehrasiga qarab kayfiyatini anglash olish qiyin emas. Juda sezgir boʻlishiga qaramay kuchsiz ta’sir (qoʻzgʻatuvchilar)ni seza olmaydi, sergʻayrat, ishchan, toliqmas. Faollik bilan reaktivlik munosabati muvozanatda, intizomli, oʻzini tiya biladi, boshqara oladi. Xatti – harakati joʻshqin, nutq sur’ati tez, yangilikni tez payqaydi, aql – idroki tiyrak, topqir, qiziqishlari, kayfiyati, intilishlari oʻzgaruvchan. Koʻnikma va malakalarni tez egallaydi. Koʻngli ochiq, dilkash, muloqotga (muomalaga) tez kirishadi. Hayoloti (fantaziyasi) yuksak darajada rivojlangan, tashqi ta’sirlarga hozirjavob va hokazo.

  • temperament turlaridan bo‗lib, chaqqon, harakatchan, taassurotlari tez o‗zgaradigan, boshqalarga nisbatan dilkashlik, mehribonlik xislatlari bilan xarakterlanadi




  1. Quyidagi javoblarni qaysi biri melanxolik temperamentiga tegishli?

Melanxolik – senzitivligi yuksak. Sezgi chegarasi keng emas. Arazchan,
xafaqon. Jimgina yigʻlaydi, kam kuladi. Sustkash. Tortinchoq, gʻayratsiz.
Qat’iyligi va mustaqilligi kam. Tez toliqadi. Ortiqcha ishchan emas. Diqqati beqaror. His – tuygʻusi sust oʻzgaradi. Qotib qolgan. Intravertlashgan.

  • temperament turlaridan biri bo‗lib, psixik faollikning sust, tez ta’sirlanuvchanlik, hatto arzimagan narsalar uchun ham juda chuqur ta’sirotga berilishi bilan xarakterlanadi




  1. Tez tez kayfiyati o’zgarib turadigan, jaxldor, arazchi, tinib tinchimaydigan insonlar qaysi temperamentga mansub?

xolerik



  1. Hamisha bahor, dilkash suhbatkash, shoshqaloq, atrofdagilarga ta’sir o’tkazishga usta insonlar qaysi temperamentga mansub?

sangivinik



  1. Lider deb kim ataladi__

Liderlik – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va bo’ysunuvchanlik, hokimlik va qaramlik munosabatlaridir.



  1. Sabrli, kayfiyatini boshqara oladigan, vazmin insonlar qaysi temperamentga mansub?

Flegmatik Флегматик temperament turlaridan biri bo‗lib, harakatlar sekinligi, barqarorligi, emotsional holatlarning tashqi ko‗rinishlari kuchli emasligida namoyon bo‗ladi



  1. O’ziga ishonchi past, arazchi, o’z qobig’iga o’ralib oluvchi, mulohazakor insonlar qaysi temperamentga mansub?

melanxolik



  1. “Еmotsiya” so’zini o’zbеk tiligа аniq tаrjimаsi...


Download 48.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling