Kompetentlik” va “kasbiy kompetentlik” tushunchalarining mohiyati
Download 54.41 Kb.
|
1-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik kompetentlik fanining mazmuni va mohiyati. Pedagogik kompetentlik fanining maqsadi, vazifasi Tayanch tushunchalar
- Kompetentlik
- Kasbiy kompetentlik
Mavzu: Pedagogik kompetentlikning tuzilishi va mohiyat. Pedagogik kompetentlik faninig mazmuni, mohiyati va tuzilishi. Fannning maqsadi, vazifasi va asosiy tushunchalari. Reja : “Kompetentlik” va “kasbiy kompetentlik” tushunchalarining mohiyati.. Pedagogik kompetentlik fanining mazmuni va mohiyati. Pedagogik kompetentlik fanining maqsadi, vazifasi Tayanch tushunchalar: kompetentlik, kasbiy kompetentlik, kasbiy kompetentlik sifatlari, pedagogik kasbiy kompetentlik, Individual rivojlantirish dasturi, pedagogning individual rivojlanish dasturi, O‘z -o‘zini rivojlantirish, pedagogning o‘z ustida ishlashi, pedagogning o‘z ustida ishlash bosqichlari, O‘z -o‘zini baholash. “Kompetentlik” tushunchasining mohiyati. Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o‘rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo‘lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Xo‘sh, kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi? Pedagog o‘z ida qanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi zarur. Ayni o‘rinda shu va shunga yondosh g‘oyalar yuzasidan so‘z yuritiladi. “Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. SHu sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘z ini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘z aro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi. Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishidir. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan aloxida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki xar bir mustakil yuna- lish buyicha integrativ bilimlar va xarakatlarning O‘zlashtirilishini nazarda tutadi. SHuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni urga- nishni, muxim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lu- motlarni izlab topish, ularni kayta ishlash va O‘z faoliyatida kullay bilishni takozo etadi. Download 54.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling