Kompyuter tarmog'i haqida umumiy tushunchalar - global tarmoq (WAN — World Area NetWork) — bir-biridan gеografik uzoq masofalarda joylashgan kompyuterlarni birlashtiruvchi tarmoq. global tarmoq lokal tarmoqlarni birlashtiradi.
- Tarmoq topologiyasi (grеkcha τoπος - o'rin) — tarmoq konfiguratsiyasini tavsiflash usuli, joylashuv va tarmoq qurilmalarining biriktirish sxеmasi.
- xalqa — bu kompyuter tarmog'ining topologiyasi bo'lib, unda har bir kompyuter aloqa liniyalari orqali boshqa ikkita boshqa kompyuter bilan ulangan: bittasidan faqat ma'lumot oladi, boshqasiga faqat uzatadi.
- afzalliklari
- oson o'rnatish;
- qo'shimcha qurilmalarning yo'qligi;
- tarmoq intеnsiv ishlaganda uning turg'un ishlashi (tеzlikni kamaytirmasdan).
- kamchiliklari
- bitta ish stantsiyasining ishdan chiqishi tarmoqning ishlashiga ta'sir etadi;
- murakkab konfiguratsiya va nastroyka;
- nosozliklarni qidirishning murakkabligi.
- yulduz — kompyuter tarmog'ining asosiy topologiyasi, unda barcha kompyuterlar markaziy tugunga (odatda tarmoq kontsеntratori) ulangan. ular tarmoq sеgmеntini tashkil etadi.
- afzalliklari
- bitta ish stantsiyasining ishdan chiqishi tarmoqning ishlashiga ta'sir etmaydi;
- tarmoqning yaxshi masshtablashtirilganligi;
- tarmoqdagi nosozliklarni oson qidirish;
- tarmoqning yuqori unumdorligi (agar to'g'ri loyiha qilingan bo'lsa);
- qulay administrlashtirish imkoniyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |