«Компьютерлаштиришни янада ривожлантириш ва ахбороткоммуникация технологияларини жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги


Download 1.08 Mb.
bet5/9
Sana28.12.2022
Hajmi1.08 Mb.
#1015130
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Md himoyaga ma\'lumot

MyScriptCalculator

O‘ta oddiy matematik tenglikdan tortib o‘ta murakkabigacha yozib chiqing, mazkur ilova esa sizga hisob-kitobingizni bajarib beradi (qo‘l yozuvingizdan foydalanib).
GoogleSlides

Google Slides ilovasi yangi prezentasiyalar, PowerPoint fayllarini tuzish va hattoki Wi-Fi‘ga ulanmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri planshetingiz va telefon bilan ma‘lumotlarni almashish demakdir.

1.2. ANDROID PLATFORMASI ARXITEKTURASI


Android platformasi Linux 2.6 operatsion tizimi ustiga qurilgan bo‘lib, sistemasi 4 ta alohida qatlamdan iborat.

Birinchi qatlam (eng quyi qatlam) Linux yadrosi (Linux Kernel) hisoblanadi. Ushbu qatlam o‘z ichiga qurilma ishlashi uchun zarur bo‘lgan drayverlar to‘plamini (Displey drayver, kamera drayveri, xotirani boshqaruv menejeri drayveri, klaviatura drayveri, Wi-Fi drayveri, audio drayverlar va b.) o‘z ichiga oladi.
Yadrodan yuqorida Kutubxonalar (Libraries) qatlami joylashgan. Ushbu qatlam ilovalar ishlashi uchun zarur bo‘gan barcha bazaviy funksionalliklarni ta‘minlash uchun o‘ta muhim hisoblanadi.Ya‘ni aynan mana shu qatlam yuqoridagi qatlamlarda realizatsiya qilingan algoritmlarni ishini bajarilishi, fayl formatlarini tizim tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, ma‘lumotlarni kodlash va kodlanga axborotni ochish (misol sifatida multimedia kodeklarini keltirish mumkin), grafikaning ifodalanishi (qurilma ekranida tasvirlarni chizilishi) va boshqa ko‘p narsalar uchun javob xizmat qiladi. Kutubxonalar C/C++ dastrulash tillarida yozilgan va ishlab chiqaruvchi tomonidan oldindan o‘rnatilgan holda taqdim etiladigan ma‘lum qurilmada kompilyatsiya qilingan.
Ushbu kutubxonalar haqida to‘xtalib o‘tamiz:

  • Surface Manager – Android operatsion sistemasida Compiz (Linux) kabi oynalar menejeri sifatida ishlatiladi, ammo birmuncha soddaroq. Grafikani chizishni jarayonini bevosita displey buferiga amalga oshirish o‘rniga, tizim kelayotgan chizish buyruqlarni boshqa buyruqlar bilan birga to‘planib kompozitsiyani hosil qilgan holda orqa

buferga yuboradi, shundan so‘ng ular foydalanuvchi ekraniga chiqariladi. Bu tizimga oynalar shaffofligi va silliq o‘tishlar kabi effektlarni hosil qilish imkonini beradi.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling