Alohida kompyuterlar, kompyuter majmualari, terminallar, sanoat robotlari, programmaviy boshqaruvli dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari bo'lishlari mumkin va xar bir abonent stansiyaga ulanadi. - Alohida kompyuterlar, kompyuter majmualari, terminallar, sanoat robotlari, programmaviy boshqaruvli dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari bo'lishlari mumkin va xar bir abonent stansiyaga ulanadi.
- Abonent va stansiya birgalikda "abonent tizimi“ deb ataladi. Abonentlarning o'zaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud bo'lishi kerak.
- Fizik uzatish muhiti– elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiriladigan aloqa kanali va ma`lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmalaridir.
- Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari o'rtasida axborot uzatishni ta`minlovchi kommunikasion tarmoq tashkil etiladi. Bunday yondashuv har qanday komppyuter tarmog'ini abonent tizimlari va kommunikasion tarmok yig'indisi sifatida ko'rish imkonini beradi.
Kompyuter tarmoqlari quyidagi belgilari bo’yicha klassifikatsiyalanadi: - Geografik (xududiy) joylashuvi bo’yicha;
- Ishlab chiqarish bo’limlarining miqyosi bo’yicha;
- Boshqarish usuli bo’yicha;
- Axborotni uzatish tezligi bo’yicha;
- Aloqa (ulanish) topologiyasi tuzulishi bo’yicha.
Abonent tizimlarining xududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy turkumga ajratish mumkin: - Abonent tizimlarining xududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy turkumga ajratish mumkin:
- Lokal tarmoqlar- (LAN– Local Area Network);
- Mintaqaviy tarmoqlar- (MAN– Metropolitan Area Network);
- Global tarmoqlar- (WAN– Wide Area Network);
Lokal kompyuter tarmog'i uncha katta bo'lmagan xudud chegarasida joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Masalan, korxonalar, tashkilotlar, firmalar, banklar, ofislar miqyosidagi komppyuterlarni o'zaro birlashtiruvchi tarmoqlar lokal kompyuter tarmog'i turkumiga kiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmoqlari abonentlarining xududiy joylashuvi bo'yicha qat`iy cheklashlar yo‘q. - Lokal kompyuter tarmog'i uncha katta bo'lmagan xudud chegarasida joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Masalan, korxonalar, tashkilotlar, firmalar, banklar, ofislar miqyosidagi komppyuterlarni o'zaro birlashtiruvchi tarmoqlar lokal kompyuter tarmog'i turkumiga kiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmoqlari abonentlarining xududiy joylashuvi bo'yicha qat`iy cheklashlar yo‘q.
- Mintaqaviy kompyuter tarmog'i bir-biridan ancha uzoq masofada joylashgan komppyuterlarni va lokal kompyuter tarmoqlarini o'zaro bog'laydi. U katta shaxar, iqtisodiy mintaqa va alohida mamlakat doirasidagi abonentlarni o'z ichiga olishi mumkin. Odatda, mintaqaviy hisoblash tarmog'i abonentlari o'rtasida masofa o'nlab, yuzlab kilometrni tashkil etadi.
- Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlar yoki kit`alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Mazkur tarmoq abonentlar o'rtasidagi aloqa telefon, radio aloqa va kosmos aloqa tizimi negizida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |