Kompiyuter injinering kafedrasi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
Sana09.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#258435
Bog'liq
1-Labaratoriya ishi



 

MUHАMMАD АL-XORАZMIY NOMIDАGI TOSHKENT АXBOROT 

TEXNOLOGIYALАRI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI  

 

KOMPIYUTER INJINERING KAFEDRASI  

 

 

 

 

 

 

Labaratoriya ishi 1 

 

Mavzu: 

IMS tayyorlash texnologiyasi va klassifikatsiyasi bilan tanishish 

 

 

 



 

 

                  Bajardi : KIF 712-19 guruh talabasi 



 

Ibrohimov Abdurahmon 

 

 

 

 

 


 

1– Labaratoriya ishi (11 – variant) 

IMS tayyorlash texnologiyasi va klassifikatsiyasi bilan tanishish. 

Ishning maqsadi: Berilgan printsipial sxemadan IMS strukturasi, topologiya va 

texnologiyasini ishlab chiqish. 



Qisqacha maʼlumot: Integral mikrosxema (IMS) oʼta ixcham, oʼta pishiq, kichik 

tannarxga ega boʼlgan va kam quvvat isteʼmol qiladigan radioelement yasash 

yoʼlidagi urinishlar mahsulidir.  

IMS elementi deb, konstruktsiyasi boʼyicha kristall yoki asosdan ajralmaydigan, 

elektroradio elementlari (ERE) funktsiyasini bajaruvchi IMSning qismiga aytiladi. 

IMS komponenti deb, diskret element funktsiyasini bajaruvchi, lekin montajdan 

avval mustaqil mahsulot boʼlgan IMSning boʼlagiga aytiladi. 

Zamonaviy mikrosxemalar texnologik tayyorlash jarayoniga va bajarish 

funktsiyalariga qarab ikki turga boʼlinadi: yarimoʼtkazgichli (monolit) va qatlamli 

mikrosxemalarga. 

Yarimoʼtkazgichli integral sxema – bu komponentalari yarimoʼtkazgich 

plastinkasining sirti qismida tayyorlanadigan yaxlit mikrosxemadan iborat.  

 

1.1-rasm. IMS topologiya qirqimi va  yarimo’tkazgichlar 



ko’rinishidagi prinsipial sxemasi. 

 

Аksariat hollarda integral sxema tayyorlashda kremniy kristali ishlatiladi.  



Bu turdagi integral sxema (IS) aktiv (diodlar, tranzistorlar) va passiv (qarshiliklar, 

kondensatorlar, induktiv gʼaltaklar) komponentalardan tashkil topgan boʼladi.  




Qatlamli IS – komponentalari taglik sirtiga har xil qatlamlarni oʼtqazish orqali 

tayyorlanadigan mikrosxema hisoblanadi.  

Dielektrik taglik sifatida alyuminiy oksidi, shisha va keramikalar qoʼllaniladi.  

Qatlamli IS asosan passiv elementlar - qarshiliklar, kondensatorlar va induktiv 

gʼaltaklarni tashkil qiladi.  

Ulardan asosan RC-filьtrlar tuziladi. 

Bulardan tashqari yana duragay IS mavjud boʼlib, bu mikrosxema ham dielektrik 

asosidagi passiv elementlar va diskret aktiv elementlarning bogʼlanishidan tashkil 

topadi.  

Odatda diskret aktiv elementlar ISlarda aktiv elementlar deb yuritiladi.  

Bu elementlar asosan ixchamlashtirilgan qobiqsiz diod va tranzistorlardan tashkil 

topgan boʼladi. 

Аralash IMS – bu mikrosxemaning aktiv elementlari yarimoʼtkazgich materiali 

asosida tayyorlanib, yarimoʼtkazgichli ISga oʼxshash boʼladi, passiv elementlari 

esa qatlamli mikrosxemalar kabi (qarshilik, kondensator, induktiv gʼaltak) 

tayyorlangan boʼladi.  

Ular umumiy taglikka izolyatsiyalangan holda joylashtiriladi.  

Hozirgi paytda yarimoʼtkazgich IMS larning ikki turi mavjud: biqutbiy IS va 

metall-oksid-yarimoʼtkazgich (MDYa) integral sxemalar.  

IMSlarning bir-biridan farqi, asosan, aktiv elementlarning ishlashi va ISlarning 

tayyorlash texnologiyasiga bogʼliqdir. 

Ikki qutbli IS asosini n-p-n yoki n-p-n turdagi ikki qutbli tranzistorlar, MDYa-

turdagi ISlar asosini maydoniy tranzistorlar tashkil etadi.  

Integral sxemani tayyorlash jarayonlarini asosan tranzistorlarni tayyorlash 

texnologiyasi tashkil qiladi, qolgan barcha elementlar ham qoʼshimcha texnologik 

jarayonsiz, tranzistorni tayyorlash orqali yasaladi. 




 

1.2 – rasm. Integral tranzistorlar 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



1.3 – rasm. Tipik biqutbiy integral transistor geometriyasi (a) va ko’yiladigan 

kesimi (b). 1-emitter; 2- baza;3- kollektor; 4-qatlam; 

 

2. Labaratorya ishini bajarish  



 

 



 

 

 



 

 



 

 

 



 

 

 



 


1.  Integral mikrosxema (IMS) nima?  Integral mikrosxema (IMS) oʼta ixcham, 

oʼta pishiq, kichik tannarxga ega boʼlgan va kam quvvat isteʼmol qiladigan 

radioelement yasash yoʼlidagi urinishlar mahsulidir. 

2.  IMS asosiy xususiyati nimada? Kam quvat talab qiladi , arzon 

,pishiq,ixcham. 

3.  IMS elementi va komponentasi deb nimaga aytiladi?  IMS elementi deb, 

konstruktsiyasi boʼyicha kristall yoki asosdan ajralmaydigan elektro radio 

elementi. IMS komponenti deb, diskret element funktsiyasini bajaruvchi, 

lekin montajdan avval mustaqil mahsulot bo’lgan radio elemntga aytiladi. 

4.  Pardali, gibrid va yarim oʼtkazgichli IMSlarning bir – biridan farqi nimada? 

Konstruksiyasi ,mikrosxema tarkibiga kiradigan element va komponentlar 

sonini ifodolovchi integratsiya darajasi bilan farq qiladi. 

5.  Nima sababli tranzistorli tuzilma turli IMS elementlari yasashda asosiy 

hisoblanadi?  Tranzistorlar electron lampaning barcha vazifalarini bajarishi 

bilan birga uning past ishonchlilik , ko’p energiya sarflash ,katta o’lchamlari 

kabi asosiy kamchiliklardan xoli bo’lgani uchun. 

6.  Integral mikrosxema elementlarini izolyatsiyasi qanday amalga oshiriladi? 

Umumiy tarkibga izolyatsiyalangan holatda  

7.  Raqamli va analog IMSlarning murakkablik darajasi (integratsiya darajasi) 

qanday aniqlanadi? kiradigan element va komponentlar sonini ifodolovchi 

integratsiya darajasi bilan 

 

 



 

 

 



 

Xulosa 

 

Bu labaratoriya mashg’ulotidan IMS tayyorlash texnologiyasi va klassifikatsiyasi 



bilan tanishishib chiqib Berilgan printsipial sxemadan IMS strukturasi, topologiya 

va texnologiyasini ko’rib chiqdim. 

 



Foydalangan adabiyotlar 

 

1 Wikipedia 

2 Elektronika (X.Aripov,A.Abdullayev) 

3 ziyonet.uz kutubxonasi 



 

 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling