Kompiyuter injinering kafedrasi
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Labaratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Labaratoriya ishi 1 Mavzu
- Ibrohimov Abdurahmon
- Qisqacha maʼlumot
- Foydalangan adabiyotlar
MUHАMMАD АL-XORАZMIY NOMIDАGI TOSHKENT АXBOROT TEXNOLOGIYALАRI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI KOMPIYUTER INJINERING KAFEDRASI Labaratoriya ishi 1 Mavzu: IMS tayyorlash texnologiyasi va klassifikatsiyasi bilan tanishish
Bajardi : KIF 712-19 guruh talabasi Ibrohimov Abdurahmon 1– Labaratoriya ishi (11 – variant) IMS tayyorlash texnologiyasi va klassifikatsiyasi bilan tanishish. Ishning maqsadi: Berilgan printsipial sxemadan IMS strukturasi, topologiya va texnologiyasini ishlab chiqish. Qisqacha maʼlumot: Integral mikrosxema (IMS) oʼta ixcham, oʼta pishiq, kichik tannarxga ega boʼlgan va kam quvvat isteʼmol qiladigan radioelement yasash yoʼlidagi urinishlar mahsulidir. IMS elementi deb, konstruktsiyasi boʼyicha kristall yoki asosdan ajralmaydigan, elektroradio elementlari (ERE) funktsiyasini bajaruvchi IMSning qismiga aytiladi. IMS komponenti deb, diskret element funktsiyasini bajaruvchi, lekin montajdan avval mustaqil mahsulot boʼlgan IMSning boʼlagiga aytiladi. Zamonaviy mikrosxemalar texnologik tayyorlash jarayoniga va bajarish funktsiyalariga qarab ikki turga boʼlinadi: yarimoʼtkazgichli (monolit) va qatlamli mikrosxemalarga. Yarimoʼtkazgichli integral sxema – bu komponentalari yarimoʼtkazgich plastinkasining sirti qismida tayyorlanadigan yaxlit mikrosxemadan iborat.
1.1-rasm. IMS topologiya qirqimi va yarimo’tkazgichlar ko’rinishidagi prinsipial sxemasi.
Аksariat hollarda integral sxema tayyorlashda kremniy kristali ishlatiladi. Bu turdagi integral sxema (IS) aktiv (diodlar, tranzistorlar) va passiv (qarshiliklar, kondensatorlar, induktiv gʼaltaklar) komponentalardan tashkil topgan boʼladi. Qatlamli IS – komponentalari taglik sirtiga har xil qatlamlarni oʼtqazish orqali tayyorlanadigan mikrosxema hisoblanadi. Dielektrik taglik sifatida alyuminiy oksidi, shisha va keramikalar qoʼllaniladi. Qatlamli IS asosan passiv elementlar - qarshiliklar, kondensatorlar va induktiv gʼaltaklarni tashkil qiladi. Ulardan asosan RC-filьtrlar tuziladi. Bulardan tashqari yana duragay IS mavjud boʼlib, bu mikrosxema ham dielektrik asosidagi passiv elementlar va diskret aktiv elementlarning bogʼlanishidan tashkil topadi. Odatda diskret aktiv elementlar ISlarda aktiv elementlar deb yuritiladi. Bu elementlar asosan ixchamlashtirilgan qobiqsiz diod va tranzistorlardan tashkil topgan boʼladi. Аralash IMS – bu mikrosxemaning aktiv elementlari yarimoʼtkazgich materiali asosida tayyorlanib, yarimoʼtkazgichli ISga oʼxshash boʼladi, passiv elementlari esa qatlamli mikrosxemalar kabi (qarshilik, kondensator, induktiv gʼaltak) tayyorlangan boʼladi. Ular umumiy taglikka izolyatsiyalangan holda joylashtiriladi. Hozirgi paytda yarimoʼtkazgich IMS larning ikki turi mavjud: biqutbiy IS va metall-oksid-yarimoʼtkazgich (MDYa) integral sxemalar. IMSlarning bir-biridan farqi, asosan, aktiv elementlarning ishlashi va ISlarning tayyorlash texnologiyasiga bogʼliqdir. Ikki qutbli IS asosini n-p-n yoki n-p-n turdagi ikki qutbli tranzistorlar, MDYa- turdagi ISlar asosini maydoniy tranzistorlar tashkil etadi. Integral sxemani tayyorlash jarayonlarini asosan tranzistorlarni tayyorlash texnologiyasi tashkil qiladi, qolgan barcha elementlar ham qoʼshimcha texnologik jarayonsiz, tranzistorni tayyorlash orqali yasaladi. 1.2 – rasm. Integral tranzistorlar
1.3 – rasm. Tipik biqutbiy integral transistor geometriyasi (a) va ko’yiladigan kesimi (b). 1-emitter; 2- baza;3- kollektor; 4-qatlam;
2. Labaratorya ishini bajarish
1. Integral mikrosxema (IMS) nima? Integral mikrosxema (IMS) oʼta ixcham, oʼta pishiq, kichik tannarxga ega boʼlgan va kam quvvat isteʼmol qiladigan radioelement yasash yoʼlidagi urinishlar mahsulidir. 2. IMS asosiy xususiyati nimada? Kam quvat talab qiladi , arzon ,pishiq,ixcham. 3. IMS elementi va komponentasi deb nimaga aytiladi? IMS elementi deb, konstruktsiyasi boʼyicha kristall yoki asosdan ajralmaydigan elektro radio elementi. IMS komponenti deb, diskret element funktsiyasini bajaruvchi, lekin montajdan avval mustaqil mahsulot bo’lgan radio elemntga aytiladi. 4. Pardali, gibrid va yarim oʼtkazgichli IMSlarning bir – biridan farqi nimada? Konstruksiyasi ,mikrosxema tarkibiga kiradigan element va komponentlar sonini ifodolovchi integratsiya darajasi bilan farq qiladi. 5. Nima sababli tranzistorli tuzilma turli IMS elementlari yasashda asosiy hisoblanadi? Tranzistorlar electron lampaning barcha vazifalarini bajarishi bilan birga uning past ishonchlilik , ko’p energiya sarflash ,katta o’lchamlari kabi asosiy kamchiliklardan xoli bo’lgani uchun. 6. Integral mikrosxema elementlarini izolyatsiyasi qanday amalga oshiriladi? Umumiy tarkibga izolyatsiyalangan holatda 7. Raqamli va analog IMSlarning murakkablik darajasi (integratsiya darajasi) qanday aniqlanadi? kiradigan element va komponentlar sonini ifodolovchi integratsiya darajasi bilan
Xulosa
Bu labaratoriya mashg’ulotidan IMS tayyorlash texnologiyasi va klassifikatsiyasi bilan tanishishib chiqib Berilgan printsipial sxemadan IMS strukturasi, topologiya va texnologiyasini ko’rib chiqdim.
Foydalangan adabiyotlar 1 Wikipedia 2 Elektronika (X.Aripov,A.Abdullayev) 3 ziyonet.uz kutubxonasi Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling