9 – tajriba. Nikel geksaaminosulfat [Ni (NH
3
)
6
]SO
4
ning olinishi.
Probirkaga 3 – 4 tomchi nikel (II) – sulfat eritmasidan solib, yashil cho’kma hosil bo’lguncha
tomchilatib 1 n ammiak eritmasidan qo’shing. Hosil bo’lgan Ni (OH)
2
SO
4
asosli tuz erib ketguncha
25% li ammiak eritmasidan qo’shing. Eritmaning rangi och ko’kimtir tusga aylanadi. Bu o’zgarish
kompleks kationi [Ni (NH
3
)
6
]
+2
ning hosil bo’lishini ko’rsatadi.
Kompleksni hosil bо‘lish reaktsiya tenglamasini yozing.
10 – tajriba. K
2
Pb [Cu (NO
2
)
6
]kristallarini olish.
Buyum oynasi ustiga tarkibi quyidagi formula Na
2
Pb [Cu (NO
2
)
6
] bilan ifodalangan maxsus
eritmadan bir tomchi olib, unga tariqdek kaliy tuzini tashlang. Mikroskop ostida cho’kkan
kristallarni va ularning o’sishini kuzating. Kristallar qora rangli kubik holda bo’ladi.
Kristallarning tarkibi:
2KNO
2
· Pb (NO
2
)
2
· Cu (NO
2
)
2
yoki
K
2
Pb [Cu (NO
2
)
6
]
Mikroskopda ko’ringan kristallarning shaklini tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |