Kompleks mineral o‘g‘itlar. Murakkab o‘g‘itlar. Kaliy nitrat. Xulosa


Download 49.67 Kb.
bet1/2
Sana01.04.2023
Hajmi49.67 Kb.
#1316122
  1   2
Bog'liq
kompleks mineral ogitlar. murakkab o uz-assistant.uz



Murakkab o’g’litlar


Reja:



  1. Kompleks mineral o‘g‘itlar.

  2. Murakkab o‘g‘itlar.

  3. Kaliy nitrat.

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyuotlar

Murakkab o‘g‘itlarga shunday kompleks (yaʼni bir necha ozuqa elementi bo‘lgan) o‘g‘itlar kiradiki, bunda barcha zarrachalar (kristallar va donachalar) deyarli bir xil kimyoviy tarkibga ega bo‘lishi kerak. Bunday o‘g‘itlarga: tarkibida bir necha ozuqa elementi bo‘lgan bitta tuz, masalan KNO3, (NN4)2NR04 va boshqalar; tarkibiga ikkita (N+R, N+K, R+K) yoki uchta (N+R+K) ozuqa elementi kiruvchi ikki yoki undan ortik tuzlar kompozitsiyasi kiradi. Bunday kompozitsiyalar nitrat, fosfat va sulfat kislotalarning ammiak, tabiiy fosfatlar; kaliy, ammoniy va boshqalarning tuzlari bilan o‘zaro taʼsirlashuvidan olinadi.


O‘g‘itdagi taʼsir etuvchi moddalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ular shunchalik axamiyatli bo‘ladi. Turli ekinlar, tuproqlar, iqlim va boshqa sharoitlar uchun azot, fosfor va kaliyning mikdori va nisbati xar xil bo‘lgan murakab o‘g‘itlar talab etiladi. Ular N:R20:K2O massalari nisbati bilan tavsiflanadi, masalan 1:1,5:0,5. Bunda taʼsir etuvchi moddalarning umumiy mikdori tarzida xam ifodalanishi mumkin, masalan N+R2O5+K2O = 36%; ayrim xollarda R2O:K2O ning massa bo‘yicha protsent nisbati, masalan 12:18:6 yoki 12-18-6 shaklida ifodalanishi mumkin, bu sonlarning umumiy yig‘indisi o‘g‘itdagi taʼsir etuvchi moddalarning umumiy mikdorini ko‘rsatadi.
Uch komponentli 1:1:1; 1:1,5:1; 1:1:0,5; 1:1:1,5; 1:0,67:0,67 va ikki komponentli 1:4;0; 1:1:0; 0:1:1; 0:1;1,5 markali o‘g‘itlar eng ko‘p ishlatiladi.


Kaliy nitrat.
Xossalari va olinish usullari.
Kaliy nitrat (kaliyli selitra) KNO3 — kristall rangsiz kukun bo‘lib, 337°S da suyuqlanadi. Texnik maxsulot sargish rangga ega. Suyuqlanish xaroratidan yuqorida KN02 va 02 га parchalanadi. 20°S xaroratda 100 г suvda 31,5 г, 114°S; da esa - 312 г KNO3 eriydi.
Kaliy nitrat — tutunli (kora) porox ishlab chiqarishda, pirotexnikada, oziq-ovqat va shisha sanoatida ishlatiladi. U tarkibida ikkita ozuqa elementi — azot va kaliy (nazariy tarkibi - 13,85% N va 46,5% K2O) bo‘lgan ballastsiz (keraksiz qo‘shimchasi bo‘lmagan) bebaxo o‘g‘it hisoblanadi. Bu o‘g‘itning yana bir muxim xususiyati shundaki, u gigroskopikligi kam va fiziologik ishqoriydir. Ammo uni asosan sanoatda ishlatiladi, chunki kaliy nitratdagi azot va kaliyning narxi boshqa o‘g‘itlardagiga nisbatan kimmatdir.
Sanoatda ishlatish uchun bir necha navlardagi kaliy nitrat ishlab chiqariladi; ular tarkibida 99,9; 99,85 va 99,7% dan kam bo‘lmagan KNO3 va shunga muvofiq ravishda 0,08; 0,1 va 0,2% dan kam bo‘lmagan namlik bo‘ladi. Shuningdek, ular tarkibidagi xloridli, karbonatli, nitritli va boshqa qo‘shimchalar xam meʼyorlanadi.
Kaliy nitrat oz bo‘lsada turli biokimyoviy jarayonlar natijasida yuzaga keladigan tabiiy mineral tarzida xam uchraydi. Shulardan biri xind selitrasi hisoblanadi. Uning asosiy tarkibi kaliy nitratdan iboratdir.
Kaliy gidroksid yoki karbonatda nitrat kislotasini neytrallash yoki azot oksidlarini absorbsiyalash usuli bo‘yicha kaliy nitrat olish ishqoriy reagentlarning yetishmasligi va qimmatbaxoligi sababli kam qo‘llaniladi. Kaliy xlorid va natriy, ammoniy, kalsiy nitratlardan kaliy nitrat olishning konversiyali usuli sanoatlarda keng tarqalgandir. Masalan, KS1 va KNO3 ishlatilganda jarayonni kation almashinuv usuli bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunda kationit davriy ravishda kalsiy nitrat eritmasi bilan (KNOz eritmasi olishda) va kaliy xlorid eritmasi bilan (kationitning regeneratsiyasida) ishlov berib turiladi. So‘ngra kaliy nitrat eritmasi bug‘latiladi, sovutiladi, KNOz kristallari sentrifugada ajratiladi va quritiladi.
Kaliy xlorid va nitrat kislota yoki azot oksidlaridan kaliy nitrat olish xam uziga xos xususiyatga egadir.
Kaliy nitrat ishlab chitsarishning konversiyali usuli.
Quyidagi almashinish reaksiyasiga asoslangan usul keng tarqalgandir:
KS1 + NaNO3 = NaCl+KNO3
5, 25, 50 va 100°S xaroratdagi KS1 + NaNOz = NaS1 + KNO3 suvli sistemasida eruvchanlik diagrammasi 14.1. — rasmda tasvirlangan. Bundan ko‘rinadiki, 5-25° S xaroratdagi kaliy tuzlarining eruvchanligi natriy tuzlariga nisbatan kam; 100°S da, aksincha, NaS1 ning kristallanlanish soxasi keskin ortadi. Agar 100°S da KS1 va NaNOz larning ekvimolyar aralashmasining eritmasi tayyorlansa, kvadrat diognallari kesishishiga to‘g‘ri keladigan a nuqta NaS1 ning kristallanish soxasida yotadi. Bunday eritmadan 100°S xaroratda suv bug‘latilganda, eritma to‘yinishi natijasida NaS1 kristallana boshlaydi va eritma tuzli massasining tarkibi av chiziq bo‘yicha o‘zgaradi.
NaNOz KNOz

NaS1 KS1
14.1. - rasm. 5, 25, 50 va 100°S xaroratdagi KS1 + NaNO3 = NaS1 + KNO3 suvli sistemasidagi eruvchanlik izotermasi.

Download 49.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling