Kompleksonometriya usulining mohiyati
Tuproqning suvli surimi tarkibidagi Sa
Download 80.5 Kb.
|
1546668461 73475
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kaliyli o’g’itlar tarkibidgi qo’shimcha magniy miqdorini aniqlash.
Tuproqning suvli surimi tarkibidagi Sa2+ va Mg2+ ionlari miqdorini aniqlash.
Tuproqning suvli surimi (ekstrakti) tarkibidagi Sa2+ va Mg2+ ionlarining miqdorini kompleks sonometrik usulda aniqlash muxim ahamiyatga ega. Tuproqdan olingan suvli surimni trilon B eritmasi bilan “qora erixorm T” indikatori ishtirokida titrlab, undagi kaltsiy va magniy ionlarini umumiy miqdori aniqlanadi. So’ngra mureksid komplekson III eritmasi bilan titrlab kaltsiy ionining kontsentratsiyasi aniqlanadi. Ikkala aniqlash farkidan eritmadagi magniy ionining kontsentratsiyasi xisoblanadi. Kaliyli o’g’itlar tarkibidgi qo’shimcha magniy miqdorini aniqlash. Kaliyli o’g’itlar sifatida ishlatiladigan K2SO4 yoki boshqa kaliyli tuzlar tarkibidagi qo’shimcha magniy ioni miqdorini, kompleksonometrik usulda aniqlash mumkin. Mineral o’g’itlar sifatida ishlatiladigan texnik kaliy sulfat kainit-silvinitli rudani qayta ishlash yo’li bilan olinadi. Uning tarkibida 1% gacha MgO bo’lishi mumkin 30% xisobida aralashtiriladigan kaliyli to’z tarkibida KSl, tabiiy silvinit va kainit, 10 dan 1,5 % gacha magniy bo’lishi mumkin. Kaliyli o’g’itlar tarkibida kaltsiy ionlari bo’lmaydi. Shu sababli magniyni aniqlashda, kaliyli o’g’itlarning suvli eritmasining trilon B ning standart eritmasi bilan “qora erixorm T” indikatori ishtirokida bevosita titrlash usulida foydalaniladi. Analiz uchun kaliyli o’g’itlar urniga KCl (yoki K2SO3) ning MgCl2 yoki ( MgSO4 ) bilan aralashmasini ishlatish mumkin. 1l eritmadagi magniyning normalligi odatdagi usulda xisoblanadi. Kaliyli o’g’itlar tarkibidagi magniy miqdorini MgO massasi bilan ifodalash qabul qilingan. Kaliyli o’g’itlardan olingan tortim tarkibidagi MgO miqdorining xisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi. MMgO = N Mg 2+· · E · V Bu yerda E – magniy oksidining ekvivalent massasi o’g’it tortimi eritmasini xajmi. Xisoblab topilgan MgO qiymatidan o’g’it tarkibidagi MgO ning protsent miqdorining xisoblash mumkin Download 80.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling