Композит пломба ашъёлари. Таснифи. Кимёвий ва нур ёрдамида қотувчи композитлар. Бондинг тизими


Download 1.73 Mb.
Sana21.04.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1375851

Mavzu: Kompazit plompa ashyolari tasnifi . Kimyoviy va nur yordamida qotuvchi kompazitlar

Xakimova Munisa 106 B/BS

  • Kompozitlar (murakkab) - ikkita kimyoviy tarkibiy qismlarning birikmasidan iborat bo'lgan materiallar: organik asos va noorganik plomba (og'irlik bo'yicha 50%) va ularni bog'laydigan sirt faol modda - silandir.

Kompazit plomba ashyolari tarkibi

  • Polimer matritsa (organik )-- BIS-GMA – бисфенолглицидилметакрилат, UDMA – уретандиметилметакрилат, TEGDMA – триэтиленгликольдиметакрилат
  • Noorganik to’ldirg’ich 50% dan ortiq (dispers faza)--Кварц, алюмосиликат ва борсиликат шиша, кремний оксиднинг турли модификацияси, олмос чанги .
  • Yuza aktiv moddalar—katalizatorlar, ininsiator , buyoqlar , pigmentlar
  • Silanlar—to’ldirg’ich va organik matritsani birikishini ta’minlaydi .

Noorganik to‘ldirgich – ashyoga mustaxkamlik, yedirilishga qarshi chidamlilik, cho‘kmaga tushishini kamaytiradi, estetik xususiyatlarni yaxshilaydi.

Silanlar – ishlab chiqarish sharoitida noorganik to‘ldirgich yuzasiga suriladi. Ular to‘ldirgich va organik matritsa orasida kimyoviy bog‘ xosil qilad

Kompozitlarni polimerizatsiyasi

  • Polimerizatsiya – monomer molekulalarning o‘zaro ta’siri natijasida yuqorimolekulyar polimer molekulalarning xosil bo‘lishi.
  • Issiqlik reaksiyasi bilan (qizish);
  • Kimyoviy reaksiya bilan;
  • Fotokimyoviy reaksiya bilan.

Kimyoviy qotuvchi kompozitlar.

  • Ikki komponenli – pasta-pasta, kukun-suyuqlik;
  • Bir komponenti – kimyoviy aktivator, ikkichi komponenti – kimyoviy initsiatordan tashkil topgan.
  • Qorish vaqtida polimerizatsiya reaksiyasi boshlanib, erkin radikallar hosil bo‘ladi.
  • Ijobiy tomoni – plomba miqdori, qalinligidan qat’iy nazar polimerizatsiya bir tekisda boshlanadi.
  • Kamchiligi – polimerizatsiya yakunida plombada aktivator (termoamin) qolib, turli kimyoviy reaksiyalarga kirishi natijasida plomba rangini o‘zgarishiga (aminli bo‘yalish) olib keladi.
  • Kamchiligi – polimerizatsiya jarayoni qorish bilan boshlanadi. Plombani qo‘yishda vaqt chegaralanadi.

Nur bilan qotuvchi kompozitlar - fotopolimerlar

  • Bir pastali tizim – nur o‘tkazmaydigan vintli porshenli shpris tyubiklarda chiqariladi.
  • Polimerizatsiya foton energiyasi orqali aktivlashadi.
  • Polimerizatsiya uchun fotopolimerizatorlar – to‘lqin uzunligi 400 – 500 nm yuqori intensiv ko‘k rangli lampalar ishlatiladi.

Фотополимер

Nur bilan qotuvchi kompozitlarning avzalliklari:

  • Komponentlar aralashtirishni talab etmaydi;
  • Ish vaqtida qovushqoqlik xususiyatini o‘zgartirmaydi;
  • Ishlash vaqtida turli ashyolarni turli ranglarini kombinatsiyalash imkonini beradi;
  • Plombani modelirovkasi uchun zarur vaqtni beradi;
  • Polimerizatsiya “buyruq” bilan boshlanadi;
  • “Chiqindisiz” ishlash imkonini beradi;
  • Komponentlari ta’sirida rangi o‘zgarmaydi;
  • Nur yordamida polimerizatsiya darajasi yuqori bo‘lad

Nur bilan qotuvchi kompozitlarning kamchiliklari:

  • Ko‘p vaqt ketishi (40-60 daq., kimyoviy kompozitlarda 25-30 daq.);
  • Narhining qimmatligi (fotoaktivatori bilan);
  • Ko‘z uchun lampaning zararli ta’siri.

Kompozit ashyolarning tasnifi. To‘ldirgichlarning xajmi bo‘yicha:

  • Makroto‘ldirgichli (8 – 45 mkm);
  • Mikroto‘ldirgichli (0,04 – 0,4 mkm);
  • Minito‘ldirgichli (1 – 5 mkm);
  • Gibrid (0,04 – 5 mkm, o‘rtacha 1 – 2 mkm);
  • Mikrogibrid (0,04 – 1 mkm, o‘rtacha 0,5 – 0,6 mkm);
  • Nanoto‘ldirgichli – nanokompozitlar (chin nanokompozitlar, nanogibrid kompozitlar).

Qotishi bo‘yicha tasnifi:

  • Kimeviy qotuvchi-1 tur
  • Issiqlikda qotuvchi-1-a tur
  • Nur yordamida qotuvchi-2-tur
  • 2 taraflama qotuvchi:
  • - nur+kimeviy
  • - nur+issiqlik
  • E’tiboringiz uchun raxmat

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling