Kompozitsion materiallarga ishlov berish texnologiyasini o’rganish mundarija: kirish I bob. Kompozitsion materiallarning xususiyatlari va turlari


Download 120.94 Kb.
bet7/11
Sana03.12.2023
Hajmi120.94 Kb.
#1797306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KOMPOZITSION MATERIALLARGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASINI O’RGANISH

2.2. Polimer kompozitsion materiallar.
Polimer asosidagi kompozitsion materiallar.
Polimer asosidagi kompozitsion materiallarda plastik kompozitsion materiallar hamma tashkil qiluvchilarni birlashtirib yaxlit bir butunlikni xosil qiluvchi matritsa sifatida polimer bog’lovchilar qo’llaniladi. Plastik kompozitsion materiallarga plastmassalarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
Plastmassalarni yaratishda polimer asos yuqori oquvchanlik yoki govori elastiklik xolatiga keltiriladi, so’ngra ma’lum bir texnologik usul bilan qo’shimchalar kiritiladi, sovigandan keyin (qattiq holatda) kompozitsiya asosi shishasimon asosidagi plastiklarni uzoq vaqt qizdirilganda haroratga turg’unligi 260, 370°C, fenoloformaldegidli 260°Cgacha, poliamidli bog’lovchi plastiklar esa 280 - 350°Cni tashkil etadi. Poliefir va epoksid kampronlarning xususiyatlaridan biri faqat yuqori haroratdagina emas, balki oddiy sharoitda ham qo’shimchalar ajratib chiqarmasdan va cho’kma xosil qilmasdan qotishi muhim xususiyatidir. Qatlamli plastmassalar chidamli konstruktsiyalar uchun qulay materiallardir. Yupqa qatlamli to’ldiruvchilar orasida bog’lovchi elementlar orqali taxlanib, bir butun anizatrop xususiyatga ega bo’lgan material xosil qilinadi. Bunday materiallar list, quvur, plita, xilatida chiqariladi. Ulardan mexanik ishlov berish orqali xar xil tafsilotlar, buyumlar ishlab chiqariladi.
Rezina-kauchukni vulkanizatsiya qilish natijasida olingan mahsulot. Umuman olganda rezina aralashmasini-kauchukdan boshqa moddalar vulkanizatsiya qilinadi.
Rezina - bu juda kam setka strukturali plastmassa. Bu yerda polimer bog‘lovchi va yuqori plastik holda.
Rezinalarda bog‘lovchi-bu kauchuk. Kauchuk:
a) tabiiy;
b)sintetik bo‘ladi. Kauchukning molekulalari chizig‘iy va kam shaxobchali bo‘lib, chuvalchansimon yoki spiral konfiguratsiyaga ega hamda katta egiluvchanligi bilan ajralib turadi.
Rezinaning asosiy xossalari:
a) yuqori elastiklik;
b) yuqori egiluvchanlik;
v) suyuqlik va gaz o‘tmaslik:
g) yaxshi elektroizolyatsiyaligi.
Ba’zilari ishqalanishga qarshilik, yaxshi demfirlash, aviatsiya yoqilg‘ilariga va yog‘lariga turg‘unligi, qarama-qarshi va ko‘p marta ta’sir qiluvchi kuchlarga chidamligi xossalariga ham ega. Yuqoridagilarni hisobga olib, rezina o‘zi va boshqa materiallar bilan birgalikda mashinasozlikda ko‘p qo‘llaniladi:
a) mashina pnevmatikalarini;
b) mashina egiluvchan shlanglarini va truboprovodlarini;
v) amartizatorlarni;
g) membranalarni;
d) prokladka va zichlagichlarni (“uplotniteli”);
e) yoqilg‘i uchun yumshoq baklarni;
j) rezinalashtirilgan gazmollarni ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Tashqi muhit ta’sirida (yoruglik, harorat, azot, kislorod, radiatsiya va h.k.) rezina eskiradi - o‘z xossalarini o‘zgartiradi. Eskirish koeffitsienti:
K=Z1/Z2;
Z1-yangi rezina egiluvchanligi;
Z2-eskirgan, ya’ni 3 yil davomida tabiiy sharoitda yoki -700Sda 144 soat davomida sun’iy eskirgan rezina egiluvchanligi.
Yana sovuqqa chidamlik koeffitsenti ham bor:
Ksovuq=sovuq/0 ;
bu yerda: 0-uy haroratida rezinadan yasalgan namunaning cho‘zilishi.
sovuq-sovitilgan-muzlatilgan haroratdagi cho‘zilishi.
Umuman, sovuqqa chidamlilik rezinaning murtlashish harorati bilan aniqlanadi (tmurt). Bunda rezina o‘zining elastikligini yo‘qotadi, urilsa mo‘rtligi buziladi.

Download 120.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling