Neopolitan sarig`i
(ruxli oq bo`yoq asosida)
Neopolitan sarig`i surma kislotasining qo`rg`oshin oksidi bilan birikmasidan tashkil topgan. Bo`yoq 95 % qo`rg`oshinli oq bo`yoq, sariq kadmiy va qizil oxradan tashkil topgan.
Bo`yoqning rangi tillarangli tus beruvchi yorqin – sariq. Rangtasvirda neopolitan sarig`i yordamida tillaning rangini ishlashda foydalaniladi.
Neopolitan sarig`ining xarakterli xususiyatlari:
a) u qo`rg`oshinli belilaga o`xshab, juda yopishqoq.
b) tez quruvchi bo`yoq va boshqa bo`yoqlar bilan aralashtirilsa ularni ham tez quritadi.
v) mustahkam qoplovchiliq xususiyatiga ega.
g) bu bo`yoqqa temir tegsa sarg`ayadi, shuning uchun mastixin ishlatilmaydi.
Bu bo`yoq yorug`likka chidamli, lekin yorug`lik ko`proq ta'sir qilsa rangi to`qlashadi.
Neopolitan sarig`i vodorod sulfid va sulfat gazlari ta'sirida to`qlashadi. Bo`yoq XVIII asr boshlaridan ishlatilib kelinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |