Kadmiy bo`yoqlar
Sariq kadmiy, yorqin, o`rta, to`q kadmiy
Sariq kadmiy pigmentlari sulfat kadmiy bilan ruxli sulfat birikmasidan tashkil topgan.
Sariq kadmiy bo`yoqlarning rangi sulfid kadmiy bilan rux sulfidning nisbatiga bog`liq.
Bo`yoqlar yuqori tiniqlik va intensivlikka ega.
Sariq kadmiy bo`yog`ining xarakterli xususiyatlari:
a) ular tarkibida qo`rg`oshin bo`lgan bo`yoqlar bilan aralashtirilsa qorayadi.
b) tarkibi temir oksidi (oxra. Siyena va boshqalar) bo`lgan bo`yoqlar bilan aralshtirilsa rangi o`zgaradi.
v) ko`k pigmentlar bilan aralashtirilsa chiroyli yashil tuslar olinadi.
g) quriganda oldingi rangini o`zgartirmaydi.
d) mustahkam qoplovchiliq xususiyatiga ega.
e) yorqin sariq kadmiyni yong`oq moyi bilan eritish tavsiya qilinadi.
Kadmiy sariqlarning yorug`likka chidamliligi yorqinlikdan to`q tuslarga o`tishda o`sadi.
Kadmiy sariq bo`yog`i vodorod sulfid va sulfat gazlari ta'sirida rangini o`zgartirmaydi. Bu bo`yoqlar 1829 yildan buyon ma'lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |