Shpatel bilan ishlash texnikasi
Shpatel bilan ishlash texnikasi "alla prima" rangtasvirining bir varianti hisoblanadi. Oldin monoxrom ranglar bilan kartinaning asosiy strukturasi qo`yiladi, keyin esa elastik mastixin yordamida pasta usuli bilan rang qo`yiladi. Oq releflardan farqli ravishda bu yerga bir oz qurigan yuzaga yorug`lik bliki qo`yiladi.
Shaffof, lessirovkalik xususiyatiga ega bo`lgan bo`yoqlar
Ba'zi bo`yoqlar shaffof bo`yoqlar hisoblanadi. Bo`larga ulramarin, karmin-qizil, yorqin-yashil, asfalt va xakozolar kiradi. Bu bo`yoqlar yorug`likni o`tkazib yuboradi. Shuningdek ularni lessirovka bo`yoqlar va shaffofligiga qarab esa yarim lessirovkalik yoki yarim qoplovchi bo`yoqlar deyiladi.
Qoplovchi va yarim qoplovchi bo`yoqlarning texnik va rangtasvir imkoniyatlari ham shaffoflikni bera oladi.
1:1 yoki 1:2 miqdorda moy bo`yoqlarni yarim moyli eritgichlar bilan eritish. Bu bo`yoqlarni juda kam miqdorda va juda yupka qatlamda shaffof qilib berishga imkoniyat yaratadi.
Shaffof pastani moy bo`yoq ka aralashtirish.
Unda qo`shilgan massa bo`yoq hajmidan oshib ketmasligi kerak, chunki bunda bo`yoq qatlamning bog`lovchilik xususiyati pasayadi. Shaffof moy bo`yoqlar sigir kilidan tayyorlangan yumshoq mo`yqalamlar bilan qo`yiladi. Shunda "alla prima" rangtasvir texnikasiga o`xshash ko`pol tarkib paydo bo`lmaydi.
Shaffof bo`yoqlar bilan ishlangan kartina, lessirovka texnikasida bajarilgan ish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |