Asosiy moslamalar ro`yhati
Quyida biz moybo`yoq rangtasvirida zarur bo`ladigan materiallar va asboblar haqida to`xtalib o`tamiz. Bundan oldin esa moybo`yoq rangtasviri ustida ish boshlash uchun zarur bo`lgan asosiy vositalarning ro`yhatini keltirib o`tamiz.
Bo`yoqlar
Rangtasvir ustida ish boshlaganda oldin «o`quv eskizlari uchun» ishlatiladigan bo`yoqlar, keyinchalik esa «badiiy bo`yoqlar»ni ishlatgan ma'qul. Bo`yoqlar o`rtacha o`lchamdagi tyubiklarda bo`lgani yaxshi, oq bo`yoqni esa katta tyubikdagisini sotib oling. Yaxshisi bo`yoqlarni bo`lak tyubiklarda sotib olgan ma'qul. Ularni o`zunchoq yog`och qutilarda saqlash kerak.
Mo`yqalamlar
San'atning bu turi uchun mo`yqalamlar xuddi bo`yoqlar singari juda zarur. Shuning uchun ham mo`yqalamlarni to`liq to`plamda sotib olgan ma'qul. Eng yaxshisi har qaysi raqamdan (№2 dan 20 gacha) 3 tadan mo`yqalam sotib oling.
Asosan quyidagi mo`yqalamlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |