Kompozitsiya tushunchasi haqida


Download 143.76 Kb.
bet49/109
Sana05.01.2022
Hajmi143.76 Kb.
#216699
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   109
Bog'liq
КМПОЗ

Kobalt bo`yoqlar

Sovuq tusli yorqin yashil kobalt, to`q yashil kobalt, ko`k kobalt, yorqin siyohrang kobalt, to`q siyohrang kobalt, ko`k spektral kobalt va tseruleum.

Kobalt pigmentlarining kimyoviy tarkibi quyidagicha metall oqsidlarining birikmasidan iborat.

To`q kobalt- kobalt gidroksid, rux oksidi va alyuminiy oksididan tashkil topgan.

Sovuq tonli yorqin kobalt – shpinelidlarning qattiq eritmasidan tashkil topgan.

To`q yashil kobalt – sal pal ko`kishroq jilva beruvchi bo`yoq.

Yorqin yashil kobalt – shpinelsimon alyuminat kobaltning fosfat va rux tuzlarining aralashmasidan iborat.

Siyohrang yorqin kobalt – ortofosfor kislotasining ikkalasi ammoniy-kobalt tuzlaridan iborat.

Kobalt bo`yoqlarining rang va tuslari kobalt tuzlarining turli birikmalariga bog`liq bo`ladi. Masalan, yorqin siyohrang kobalt pushti siyohrangga ega, to`q siyohrang kobalt esa – to`q siyohrang bo`ladi. Spektral ko`k kobalt esa ultramarinni eslatadi, lekin juda jarangdor. Ko`k kobalt ikkita tusni bera oladi – yorqin va to`q tuslar . To`q yashil kobalt esa sovuq tusli kobaltlardan farq qiladi. Tseruleum – osmon rang bo`yoq.

Kobalt bo`yoqlarining xarakterli xususiyatlari:

a) lessirovkalik xususiyatiga ega.

b) tez quruvchan bo`yoq; sikkativ xususiyatiga ega, boshqa bo`yoqlar bilan ham aralashtirilsa, ularni ham tez quritadi.

v) qoplovchi bo`yoq;

g) tseruleum boshqa kobalt bo`yoqlaridan farqli ravishda sun'iy yorug`likda rangini o`zgartirmaydi.

d) kobalt bo`yoqlarning intensivligi o`rtacha.

Yorqin siyohrang kobaltdan tashqari barcha kobalt bo`yoqlar yorug`likka chidamli. Kobalt bo`yoqlar vodorod sulfid va sulfat gazlari ta'sirida rangini o`zgartirmaydi.

To`q rangli kobalt 1859 yildan buyon ma'lum;yorqin kobalt – 1880 yilda ; yashil kobalt 1870 yilda kashf qilingan. XIX asrdan buyon qo`llanilib kelinadi.





Download 143.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling