Marganetsli bo`yoqlar
Marganetsli ko`k
Marganets ko`kning tarkibi gipomanganat va sulfat bariyning aralashmasidan iborat.
Osmon rang beruvchi, intensiv bo`yoq .
Marganetsli ko`k bo`yoqning xarakterli xususiyatlari:
a) bo`yoq yarim lessirovkalik xususiyatiga ega.
b) bu bo`yoqqa zig`ir moyi qo`shish tavsiya etilmaydi, chunki zig`ir moyi linoqsinga aylanish jarayonida bo`yoq yashil tusga kiradi.
v) bo`yoqning osmon rangini saqlash uchun unga mastika yoki dammarlak, yong`oq moyi yoki yong`oq moyini lak aralashmasini qo`shish tavsiya etiladi.
Bo`yoq yorug`likka chidamli.
Vodorod, sulfid va sulfat gazlari ta'sirida o`z rangini o`zgartirmaydi.
Marganets kadmiy
Bu bo`yoq marganets ko`k va limon rang kadmiyning aralashmasidan iborat.
Bo`yoq yorqin-yashil rangga ega bo`lib, oq bo`yoq qo`shilsa sovuq tusga kiradi.
Marganets kadmiy xuddi marganets ko`k singari xarakterli xususiyatlarga ega, undan farqi katta qoplovchiliq xususiyatiga ega.
Marganets kadmiyni ruxli oq bo`yoqdan tashqari barcha bo`yoqlarga qo`shish tavsiya qilinmaydi.
Bu bo`yoq yorug`likka chidamli.
Do'stlaringiz bilan baham: |