Qizil kraplak (№1 va №2), pushtirang kraplak va oltinrang-sariq «JX»
Kraplaklar va oltinrang sariq «JX» sintetik bo`yoqlar hisoblanadi.
Kraplaklarning rangi unga qo`shiladigan birikmalarning tarkibiga qarab turlicha bo`ladi.
Kraplaklarning rangi qizil, pushti rangdan tortib, pushti siyohranggacha bo`ladi. Kraplak 1868 yilda tayyorlangan.
Oltinrang- sariq «JX» hind sarigini o`rnini bosuvchi bo`yoq bo`lib, unga nisbatan issiqroq tusga ega.
Hind sarigini olish uchun oltinrang – sariq «JX» ga ko`kat yashili yoki osmonrang «FTS» qo`shiladi.
Kraplaklarning xarakterli xususiyatlari:
a) kuchli lessirovkalik xususiyatga ega.
b) sekin quriydigan bo`yoq.
v) kraplaklarga lak yoki quyiltirilgan moy (№1 va №2) qo`shilsa yanada yorqin bo`ladi.
g) oltingugurt – sariq «JX» boshqa bo`yoqlar bilan qo`shilsa ularning ham qurishini sekinlashtiradi. Kuydirilgan suyak va natural umbra bilan aralashtirilsa yorilib ketadi.
Bo`yoq ingichka qatlam qo`yish uchun ishlatiladi. Kraplaklar va oltinrang – sariq «JX» yorug`likka uncha chidamli emas.
Har ikkala bo`yoq ham vodorod sulfid va sulfat gazlari ta'sirida rangini o`zgartirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |