Kuydirilgan va natural umbra
Natural umbra tarkibida 25 – 30% temir va 7 – 10% marganetsli temir rudasi mavjud. Kuydirilgan umbra natural umbrani 400-6000 da toblash natijasida olinadi.
Natural umbra yashil tus beruvchi tamaqi jigarrangga ega.
Kuydirilgan umbra esa chuqur jigarrang tonga ega bo`lgan bo`yoq.
Bo`yoqlarning xarakterli xususiyatlari:
a) rang qatlam qilib qo`yilsa o`zlarining tonini chuqurligi va to`yinganligi bilan ajralib turadi.
b) lessirovkalik xususiyatiga ega.
v) umbra tarkibida marganets bo`lganligi sababli sikkativlik xususiyatiga ega, bu esa ko`rishni tezlashtiradi;
g) natural umra bilan ishlaganda, boshqa bo`yoqlar qo`shilmasligi kerak, aks holda aralashmaning rangi bo`ziladi.
Jigarrang Van-Dik
(porxovskiy)
Bu bo`yoq Porxov shaxri atrofidagi torfdan tayyorlanadi. Pigment tarkibida juda ko`p (85-92%) organiq qo`shimchalar,temir oqsidlari,alyuminiy va fosfor mavjud.Bo`yoq to`q jigar rangga ega, ruxli oq bo`yoq bilan aralashtirilsa kul rang hosil bo`ladi.
Bo`yoqning xarakterli xususiyatlari shundan iboratki, bo`yoq juda plastik bo`lib, xolst ustiga oson «o`tiradi».
Do'stlaringiz bilan baham: |