Kompozitsiya tushunchasi haqida


Karton uchun emulsion grunt tayyorlash


Download 143.76 Kb.
bet72/109
Sana05.01.2022
Hajmi143.76 Kb.
#216699
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109
Bog'liq
КМПОЗ

Karton uchun emulsion grunt tayyorlash

Karton oldin ikkala tomondan texnik jelatin yoki sifatli duradgorlik yelimi bilan yelimlanadi. Karton 4-5% li issiq yelim eritmasi bilan yelimlanadi. Yelim surtishdan oldin karton fanera yoki podramnikka mixlar bilan mahkamlanadi. Yelim keng cho`tka bilan surtiladi. Kartonning bir tomoni quriganidan so`ng ,ikkinchi tomoniga ham yelim surkaladi. Yelim quriganidan so`ng , emulsion grunt beriladi.

Tonli grunt olish uchun unga pigment qo`shish mumkin.

Masalan; yorqin oxra, qizil oxra va boshqalar.

Karton uchun emulsion grunt tayyorlash uchun bir oz suvga oldindan ruxli oq bo`yoq yoki bo`r va pigment yaxshilab aralashtiri-ladi (pigment rangli grunt olish uchun aralashtiriladi).

Oldindan tayyorlangan yelim suvda eritiladi, keyin bu eritmaga olif qo`shiladi va yelimli suv bilan yaxshilab aralashtiriladi. Olingan emulsiyaga suvda eritilgan oq bo`yoq yoki bo`r qo`shiladi va suyuqlik yaxshilab aralashtiriladi. Tayyorlangan aralashma qizdiriladi va oq bo`yoq yoki bo`r yelim bilan teng aralashishi uchun aralashtiriladi.

Shuni esda to`tish lozimki, oq bo`yoq o`rniga bo`r ishlatilsa emulsion gruntga xos bo`lgan xususiyat so`ruvchanlikni kuchaytiradi.

Bunda bo`yoqlardagi moyni so`rib olib, bo`yoqlarning mustahkamligini kamaytiradi, bog`lovchisini yo`qotgan moy bo`yoq ning rangi xiralashadi.

Kartonga emulsiyali grunt 2-3 martadan quritib surkaladi. Karton osib qo`yilgan holda quritilsa, hammayog`i teng quriydi.



Download 143.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling