Xolstni yelimlash
Podramnikka tortilgan xolst gruntlashdan oldin texnik jelatinning 15%li eritmasi yoki baliq yelimi bilan yelimlanadi. Xolst ikki marta yelimlanadi. Birinchisida xolst asosining iplari orasidagi teshiklarni berkitish uchun quyuq va sovuq yelim bilan yelimlanadi. Bu yelimni etik cho`tka bilan surtiladi. Yelimning ortiqchasi metall chizg`ich bilan sidirib olinadi. Buning uchun chizg`ich o`tkir burchak ostida ushlanib xolst ustida yurgiziladi. Bunda ortikcha yelimlar olinishi bilan birga, xolstni teshiklari mahkam berqiladi. Oradan 12-15 soat o`tganidan keyin, qurigan xolstning usti penza yokijilvir qog`oz bilan tekislanadi. Ikkinchi yelimlashda ham xuddi shu yelim suyuq holda ishlatiladi. Bu yelimni suyultirish uchun suv vannasidan foydalaniladi. Xolstni turiga qarab ikki yokiuch marta yelimlanadi. Har bir qatlamni surtish uchun oradan 12 - 15 soatcha vaqt o`tib, xolst qurishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |