Kompozitsiya


Ta`lim texnologiyalari va metodlari


Download 187 Kb.
bet5/7
Sana01.05.2023
Hajmi187 Kb.
#1418006
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 kurs Kompozitsiya

Ta`lim texnologiyalari va metodlari:

  • Ma`ruzalar;

  • Interfaol keys-stadilar;

  • Seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);

  • Guruxlarda ishlash;

  • Taqdimotlarni qilish;

  • Individual loyihalar;

  • Jamoa bo`lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.

VIII. KREDITLARNI OLISH UCHUN TALABLAR
Fanga ajratilgan kreditlar talabalarga har bir semestr bo’yicha nazorat turlaridan ijobiy natijalarga erishilgan taqdirda taqdim etiladi.
Fan bo’yicha talabalar bilimini baholashda oraliq (ON) va yakuniy (YaN) nazorat turlari qo’llaniladi. Nazorat turlari bo’yicha baholash: 5 – “a’lo”, 4 – “yaxshi”, 3 – “qoniqarli”, 2 – “qoniqarsiz” baho mezonlarida amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat o’quv semestrida bir marta amaliy ish shaklida o’tkaziladi.
Talabalar semestr davomida fanga ajratilgan amaliy (ijodiy) mashg’ulotlarda muntazam, har bir mavzu bo’yicha baholanib boriladi va o’rtachalanadi. Bunda talabaning amaliy mashg’ulot hamda mustaqil ta’lim topshiriqlarini o’z vaqtida, to’laqonli bajarganligi, mashg’ulotlardagi faolligi inobatga olinadi.
Shuningdek, amaliy (ijodiy ish) mashg’ulot va mustaqil ta’lim topshiriqlari bo’yicha olgan baholari oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda inobatga olinadi. Bunda har bir oraliq nazorat turi davrida olingan baholar o’rtachasi oraliq nazorat turidan olingan baho bilan qayta o’rtachalanadi.
O’tkazilgan oraliq nazoratlardan olingan baho oraliq nazorat natijasi sifatida qaydnomaga rasmiylashtiriladi.
Yakuniy nazorat turi semestr yakunida tasdiqlangan grafik bo’yicha amaliy ijodiy ish shaklida o’tkaziladi.
Oraliq (ON) va yakuniy (YaN) nazorat turlarida:
Fan bo’yicha talabani yakuniy nazorat ga kiritilishi o’quv mashg’ulotlarida olgan ballari asosida amalga oshiriladi. Agar talabaning bahosi 3 bahoga yetmasa yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Oraliq va yakuniy nazorat savollari va topshiriqlari DTSlariga mos ravishda tuziladi.
Yakuniy nazorat turi semestr yakunida fan bo`yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarini o’zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o`tkaziladi.
Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, bilish, ifodalay oladi, aytib berish hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 5 (a’lo) baho;
Talaba mustaqil mushohada yurita olish, olgan bilimini amalda qo’llay olish, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunish, bilish, ifodalay olish, aytib berish hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 4 (yaxshi) baho;
Talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 3 (qoniqarli) baho;
Talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas, deb topilganda – 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo`yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo`yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Talaba uzrli sabablarga ko`ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.


Download 187 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling