17. Berilgan kompleks koeffitsyentli kvadrat uchhadning ildizlarini hisoblovchi programma tuzilsin.
18. O'qish faylida 1-chi kursni qishki sessiyasi natijalari xaqida ma'lumotlar mavjud. Har bir talaba (1-chi kursda jami 400 ta talaba) to'g'risidagi ma'lumot quyidagi matn ko'rinishida berilgan
familiya,guruh nomeri,baho1,baho2,baho3.
Familiya- 12 harfgacha, guruh nomeri- 101 dan 116 gacha butun son, har bir baho- 2 3 4 yoki 5, baho1- matetmatik analizdan, baho2- algebradan, baho3- programmalashdan. Talabalar to'g'risidagi ma'lumot bir-biridan nuqta-vergul bilan ajratilgan. Bu ma'lumotlarni o'qiydigan va quyidagi ma'lumotlarni chop qiladigan programma tuzilsin
a) Kamida bitta fandan qarzdor bo'lgan talabaning familiyasi
b) Barcha imtihonlarni 4 va 5 ga topshirgan talabalar necha foizni tashkil qilishini
v) Talabalar qaysi fandan imtihonlarni eng yaxshi natija bilan topshirganlar
g) Talabalar o'zlashtirishining o'rtacha qiymati bo'yicha o'smaydigan tartibdagi guruhlarning tartib nomerlari.
19. O'qish fayli qandaydir oliy o'quv yurtining 2000 ta talabalarining har biri to'g'risidagi quyidagi ma'lumot yozilgan:
familiya,ismi,otasining ismi,jinsi,yoshi,kursi.
Familiya, ismi va otasining ismi -12 harfdan ko'p emas, jinsi ‘E' va ‘A' harflar bilan ko'rsatilgan, yoshi - 16 dan 35 gacha bo'lgan butun son, kursi- 1 dan 4 gacha bo'lgan butun son. Talabalar haqidagi ma'lumotlar bir-birdan «;» belgisi bilan ajratilgan.
Talabalar haqidagi ma'lumotlarni o'qiydigan va quyidagilarni chop qiluvchi programma tuzilsin:
a) erkaklar soni eng ko'p bo'lgan kurs nomeri;
b) eng ko'p tarqalgan erkak va ayollar ismlari;
v) yoshi va shariflari bir vaqtda eng ko'p tarqalgan talaba qizlar familiyalarining alfavit tartibidagi ro'yxati.
1. type vek1= file of real;
vek1 turidagi s faylni manfiy elementlarining yig'indisini hisoblaydigan sum_manfiy(s) funktsiyasi tuzilsin.
2. type narh = record
som: 0.. maxint; tiyin: 0..99 end;
baho = file of narh;
Bo'sh bo'lmagan baho turidagi b fayldagi eng katta narxni n parametriga beradigan max (b,n) funktsiyasi tuzilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |