20. type FR= file of real;
Berilgan f fayldagi eng uzun o'suvchi ketma-ketlik elementlari miqdorini aniqlovchi incr(f) funktsiyasi tuzilsin.
21. type FI = file of integer;
Berilgan f va g fayllar kamaymaydigan ko'rinishda tartiblangan bo'lsin. Bu fayllarni yagona kamaymaydigan ko'rinishda h faylga birlashtirish talab qilinadi.
Masalani yechimi FI turidagi parametrlarga ega merge(f,g,h) funktsiyasi ko'rinishida amalga oshirilsin.
22. type fayl= file of char;
Mantiqiy relation(f,v) funktsiyasi tuzilsin. Bu funktsiya f fayldagi berilganlar «munosabat»ning to'g'ri yozuvi ekanligi aniqlasin (qoidalar pastda keltirilgan). Agar javob ijobiy bo'lsa, bu munosabat qiymati v parametrga berilsin.
::=
::= <=><=<>>=
::=
::=
::= 123456789
::= 0
23. Berilgan t fayl matn turida deb hisoblagan holda, quyidagi savollarga javob berilsin:
a) text va file of char turlari ekvivalentmi?
b) Matn fayllaridan boshqa qanday turdagi fayllarda yozuvlar satrlarga bo'linishi mumkin? Barcha satrlar bir xil uzunlikda bo'lishi shartmi? Bo'sh satrlar bo'lishi mumkinmi?
v) Agar eoln(t) qiymati true bo'lganda read(t,s) bajarilganda s qiymati nimaga teng bo'ladi?
g) Agar t faylga yozishda satrni tugatish kerak bo'lsa, bu qanday amalga oshirilishi kerak? Writeln(t) bajarilganda nima ro'y beradi?
d) Matn fayldan faqat bitta belgidan o'qish mumkinligi rostmi? Yozishdachi? Agar k- butun o'zgaruvchi bo'lsa, quyidagilarni bajarish mumkinmi: read(t,k) va write(t,k) ?
24. 9 satrlardan iborat t matn faylini hosil qiluvchi triangle(t) funktsiyasi tuzilsin. Bunda birinchi satrda bitta ‘1’ belgisi, ikkinchi satrda ikkita ‘2’ belgisi,..., to'qqizinchi satrda to'qqizta ‘9’ belgisi bo'lsin.
25. O'qish faylidan (klaviaturadan) belgilarni bittalab, birinchi nuqtagacha o'qiydigan va ularni t faylga 40 ta belgidan iborat satr ko'rinishida yozadigan line40(t) funktsiyasi tuzilsin (nuqta kirmaydi va oxirgi satrdagi belgilar 40 dan kam bo'lishi mumkin).
26. Quyidagilarni amalga oshiradigan funktsiya tuzilsin:
a) t matn fayldagi bo'sh satrlar sonini hisoblaydigan;
b) t matn faylidagi satrlar uzunliklarining maksimalini hisoblaydigan.
27. t matn fayli bo'sh bo'lmagan satrlardan iborat bo'lsin. Satrlar sonini hisoblovchi count(t) funktsiyasi tuzilsin:
a) d harfidan boshlanadigan;
b) z harfi bilan tugaydigan;
v) bir xil belgi bilan boshlanadigan va tugaydigan;
g) bir xil belgilardan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |