O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Sh.Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti
Sun’iy intellekt va axborot tizimlari kafedrasi
Aminov I.B.
«Komputerning texnik va dasturiy ta’minoti» fanidan mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
(Matematika va informatika ta’lim yo’nalishida bilim olayotgan 3-kurs talabalari uchun)
V-semestr
Uslubiy ko’rsatma
Samarqand-2022
So’z boshi
Uslubiy ko’rsatmada ”Komputerning texnik va dasturiy ta’minoti” fanidan mustaqil mashg‘ulotlarini bajarishlari uchun 32 variantdan iborat topshiriqlar, referat mavzulari, foydalanish uchun adabiyotlar ro‘yxati berilgan.
Referat mavzulari va mustaqil ish variantlari talabalarning har biri uchun alohida topshiriq sifatida taqsimlab beriladi, ya’ni talabalar guruh jurnallaridagi tartib raqamlariga mos referat mavzularini va mustaqil topshiriq variantlarni bajaradilar.
Referatning tuzilishi quyidagicha bo’ladi:
Titul baraqasi.
Reja.
Kirish qismi.
Asosiy qismi.
Xulosa.
Ilovalar(mavzuga oid 20 savoldan iborat test, 10 savoldan iborat krossvord).
Foydalanilgan adabiyotlar.
Talabalar mustaqil topshiriqlarni bajarish bilan birga, topshiriqlarni nazorat o‘tkazish davrigacha topshirishlari lozim. Mustaqil topshiriqlarni qabul qilish o’qituvchilar tomonidan mavzularga va tushunchalarga doir savollar va ularga og’zaki berilgan javoblar asosida qabul qilinadi.
Izoh: Talabalar Hemis platformasidagi guruh talabalari ro’yxatiga tartib raqamiga mos variantni tanlashadi. Topshiriqlar oq varaqqa qo’lda yoziladi.
“Kompyuterning texnik va dasturiy ta’minoti” fanidan mustaqil topshiriqlar
Do'stlaringiz bilan baham: |