Kompyuter arxitekturasi” fanidan mustaqil ish -1 mavzu: zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasining rivojlanish tendentsiyasi
Download 301.46 Kb.
|
1-Ma’ruza. Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasining rivojlan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompyuter arxitekturasi va asosiy qurilmalari
M ini-EHM – Shaxsiy kompyuter va katta EHM o’rtasidagi salobatga ega. Horijda uncha katta bo’lmagan tashkilotlar, universitet, davlat idoralarida, ma‘lumotlarni qayta ishlash markazlarida – Shaxsiy kompyuterlarni quvvati yetmaydigan joylarda foydalaniladi. Mini-EHMga (kichik EHM deb ataladi) ham o’nlab, yo’zlab terminal yoki shaxsiy kompyuter ulash mumkin. Bu EHMlarni DEC, SUN, Hewlett-Packard, IBM, SilconGrapicsvaboshqafirmalarishlabchiqaradi. SilconGrapic so’z kompyuterlariga maxsus qo’shimcha qurilma kiritib, uch ulchovli fazo holatini monitorda tasvirlash mumkin. Natijada, chet el kino filmlaridagi maxsus effekt holatlari (animatsiya usuli) mazkur kompyuterlarda tayyorlanadi.
Hozirda kompyuter injiniringi va dasturiy injiniring, hamda ularga yondosh sohalar mutaxassislari – kompyuterlarda, kompyuter tizimlarida va kompyuter tarmoqlarida amalga oshirilayotgan ma’lumotlarni ishlash jarayonlarini qanday tashkil qilinganligini tushunishlari, hamda ulardan kundalik faoliyatlarida foydalana olishlari tobora muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Kompyuterda ma’lumotlarni ishlash jarayonlari, ya’ni hisoblash jarayonlarining qanday tashkil qilinganligi, ma’lumotlarni bir joydan boshqa joyga ko‘chirib yozish amallari, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, kompyuterda, kompyuter tizimlarida va kompyuter tarmoqlarida xavfsizlik choralarini amalga oshirish, hamda multimedia vositalari bilan ishlash uchun yaratilgan dasturiy vositalardan unumli foydalanish, ularni amaliyotda qo‘llashda – kompyuter arxitekturasiga oid bilimlardan xabardor bo‘lishlik ham talab etilmoqda. Hozirda kompyuter va telekommunikatsion tarmoqlar asosida yaratilgan va yaratilayotgan turli xil tizimlarni, jumladan taqsimlangan va bulutli hisoblash tizimlari kabi tizimlarni ham, o‘ziga xos kompyuterlar deb qarash mumkin bo‘lmoqda. Kompyuter arxitekturasi va asosiy qurilmalari Informatika — bu axborotning nafaqat umumiy xususiyatlari, balki unga avtomatlashtirilgan ishlov berishning uslublari, jarayonlari va texnik vositalarini o‘rganuvchi fandir. Avtomatlashtirilgan ishlov berish jarayonlarining asosini axborotni yig‘ish, talqin qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatish tashkil qiladi. Bu jarayonlar hisoblash texnikasi, jumladan, EHMlar yordamida amalga oshiriladi. EHM tarkibidagi arifmetik — mantiqiy, boshqarish, xotira, axborotni kiritish va chiqarish kabi qurilmalar uning arxitekturasini tashkil etadilar. Universal EHMlar arxitekturasiga qarab quyidagilarga bo‘linadi: Birinchi avlod EHMlari — bu tarkibida tezkor xotira qurilmasi ham bor bo‘lgan «bazaviy EHM»dir. Ikkinchi avlod EHMlari — bu birinchi avlod mashinasidan tarkibida tashqi xotira qurilmasi ham borligi bilan farq qiladi; Uchinchi avlod EHMlari — bu ikkinchi avlod mashinasidan tarkibida axborot almashuv qurilmasi(kanal) ham borligi bilan farq qiladi. Kanal tezkor xotira bilan EHMning tashqi qurilmalari orasida axborot almashuviga imkon beradi. Shu tufayli ko‘p dasturli (bir vaqtning o‘zida, misol uchun, axborotni chop etish, musiqani ijro etish, ma’lumotlarni kiritish va hokazo) rejimni amalga oshirish mumkin bo’ladi. BESM-6, YeS EHM va boshqalar uchinchi avlod mashinalari sirasiga kiradi. Тo’rtinchi avlod EHMlari — bu uchinchi avlod mashinasidan tarkibida xar biri parallel ravishda ishlay oladigan ikki va undan ko‘p protsessorlar borligi bilan farq qiladi. Beshinchi avlod EHMlari — bu to‘rtinchi avlod mashinasidan tarkibida intellektual interfeys (bilimlar bazasi, masalalarni avtomatik ravishda yechishning dasturiy ta’minoti va muloqot protsessori borligi bilan farq qiluvchi, universal sun’iy tafakkur mashinalaridir. Download 301.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling