Kompyuter arxitekturasi. Ichki qurilmalarning asosiy xususiyatlarini aniqlash. Kompyuterga ulangan tashqi qurilmalarning asosiy xususiyatlarini aniqlash


Portativ ishchi stantsiyalar eng qudratli va yirik ko‘chma ShKlardir


Download 27.25 Kb.
bet5/7
Sana18.02.2023
Hajmi27.25 Kb.
#1211687
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KOMPYUTER ARXITEKTURASI

Portativ ishchi stantsiyalar eng qudratli va yirik ko‘chma ShKlardir
Portativ ishchi stantsiyalar eng qudratli va yirik ko‘chma ShKlardir. Ular ko‘pincha chemodan shaklida tayyorlanadi va og‘zaki tilda «Ko‘chmanchi» deb ataladi. Ularning konfiguratsiyasi ko‘chmas ShKlar ishchi stantsiyalari konfiguratsiyasiga o‘xshash bo‘lib, 800 MGs dan yuqori bo‘lgan chastotali, kuchli mikroprotsessorga, 128 Mbaytdan yuqori sig‘imdagi tezkor xotirali, 10 gigabayt diskli jamlaguvchilarga ega, 8 Mbaytdan yuqori videoxotirali interfeys va qudratli videoadapterlari bo‘lgan kompyuterdir.Mohiyatiga ko‘ra ular tarmoqdan ta’minlanuvchi oddiy ishchi stantsiyalaridir, biroq tashqi qobig‘i (korpusi) ko‘tarib yurish uchun qulay qilib tayyorlangan va yassi suyuq kristalli videomonitorga ega. Ular odatda modem va SD—ROMlarga, lokal hamda Internet tarmoqlariga ulanishi mumkin.
Lap Top» turidagi portativ kompyuterlar «diplomat» hajmidagi kichik chemodanchalar ko‘rinishida tayyorlanadi. Ularning og‘irligi odatda 5—10 kg atrofida bo‘ladi. Apparat va dasturiy ta’minot ularning eng yaxshi ko‘chmas ShKlar bilan muvaffaqiyatli raqobatlashishiga imkon beradi.Kompyuter-bloknotlar (Note Book va Sub Note Book, shuningdek, ularni Omni Book — «xar yerda xozir» deb ham atashadi) stolda foydalaniladigan ShKlarning barcha vazifalarini bajaradi. Ular uncha katta bo’lmagan kitob hajmidagi mo‘jaz chemodancha (ba’zan olinadigan qopqoqli holda) ko‘rinishida tayyorlanadi. O‘z xususiyatlariga ko‘ra ko‘p jixatdan Lap Topga mos keladi, faqat o‘lchami va bir qator kichik hajmdagi operativ va diskli xotirasi bilan farqlanadi.
Kompyuter-bloknotlarning ko‘pgina modellari aloqa kanaliga va shunga muvofiq hisoblash tarmog‘iga ulanish uchun modemlarga ega aloqani ta’minlaydi. Ular uncha katta bo‘lmagan xajmdagi suyuq kristalli monoxrom va rangli displeylarga ega. Klaviaturasi har doim qisqa, Tpack Point va Tpack Pad turidagi manipulyatorlarga ega.Cho‘ntak kompyuterlari (Palm Top, bu «kaftdagi» degan ma’noni bildiradi) 300 gramm og’irlikka ega. Tipik o‘lchamlari yig‘ilgan holatda 150Ѕ80Ѕ25 mmdir. Ular to‘laqonli shaxsiy kompyuterlar bo‘lib, mikroprotsessor, operativ va doimiy xotira, odatda monoxrom suyuq kristalli displey, ixcham klaviatura, ko‘chmas ShKga axborot almashuv maqsadlarida ulanish uchun port bo‘limlariga ega.
Elektron kotiblar (PDA-Personal Digital Assistent, ularni ba’zan Hand Help — qo‘l yordamchisi deb atashadi) cho‘ntak kompyuteri shakliga ega (og’irligi 0,5 kg dan ortiq emas), biroq Palm Top ga nisbatan keng funktsional imkoniyatlarga ega (xususan: nomlar, manzilgohlar va telefon raqamlarini saqlovchi elektron ma’lumotnomalar, kun tartibi va uchrashuvlar, joriy ishlar ro’yxatlari, xarajatlar yozuvlari va boshqalar haqidagi axborotni tashkil qilishga yo‘naltirilgan apparat va maxsus dasturiy ta’minot), maxsus matnli, ba’zan esa grafik muharrirlik, elektron jadvallar tayyorlaydi.Ko‘pgina elektron kotiblar modemlarga ega va boshqa ShKlar bilan axborot almashishi mumkin. Hisoblash tarmog‘iga ulanganda esa elektron pochta va fakslarni olish hamda jo‘natish mumkin.

Download 27.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling