Kompyuter arxitekturasi. Ichki qurilmalarning asosiy xususiyatlarini aniqlash. Kompyuterga ulangan tashqi qurilmalarning asosiy xususiyatlarini aniqlash
Download 27.25 Kb.
|
KOMPYUTER ARXITEKTURASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron yozuv daftarchalari
SHAХSIY KOMPYUTERLAR TASNIFI
Shaxsiy kompyuterlar (ShK) — hammaboplik va qo‘llashda universallik talablarini koniqtiruvchi, bir kishi foydalanadigan mikro EHMlardir.Shaxsiy kompyuterlar hammaboplik va universallik talablarini qondirishi uchun quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim:· - individual xaridor uchun mos keladigan narxlarda;· - atrof-muhit sharoitlariga maxsus talablarsiz foydalanish avtonomligi;- tuzilishining boshqarish, fan, ta’lim, turmush sohalarida turli ko‘rinishda qo‘llanishlarga moslashuvchanligi;- foydalanuvchining maxsus, kasbiy tayyorgarliksiz ishlashi imkoniyatini beruvchi operatsion tizimlar va boshqa «do‘stona» dasturiy ta’minotlar;- ishlashning yuqori darajada ishonchliligi (buzilmasdan 5000 soatdan ortiq ishlashi). Elektron yozuv daftarchalari Ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq biror masalani yangi axborot texnologiyasi doirasida samarali bajarish uchun qo‘llaniladigan kompyuterning imkoniyatlarini bilish lozim. Ushbu imkoniyat haqidagi bilimlar kompyuterning konfiguratsiyasi tushunchasini tashkil etadi.ShKlarni konstruktiv (tuzilmaviy) xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin.Shaxsiy kompyuterlar Ko’chmas (stolda turadigan) Ko’chma Portativ (ixcham) Bloknotlar Cho’ntakl iElektron yozuv daftarchalari Elektron kitoblar Ko‘chma kompyuterlar shaxsiy kompyuterlarning tez rivojlanayotgan kenja sinfidir. Mutaxassislar fikricha, 1998 yilda foydalanuvchilarning 50% dan ko‘prog‘i aynan ko‘chma kompyuterlardan foydalangan bo‘lsa, 2000 yilga kelib bu ko‘rsatkich 81% dan oshdi.Ko‘chma kompyuterlarning ko‘pchiligi akkumulya-torlardan alohida (avtonom) ta’minlanadi. Ular tarmoqqa ulanishi ham mumkin. Videomonitor sifatida ularda yassi videoproyektorli suyuq kristalli displeylar qo‘llaniladi.Suyuq kristalli displeylar (LCD - Liguid Crystal Display) faol (aktiv) va sust (passiv) matritsali bo‘ladi. Sust matritsada ekranning har bir elementi (piksel) koordinatali boshqaruvchi shaffof simlar kesishgan joyga yetib keladi. Faol (aktiv) matritsali displey ancha murakkab va qimmat, biroq yaxshi sifat — barqaror, kontrast va tiniq tasvir berilishini ta’minlaydi.Ko‘chma kompyuterlar turli-tuman: ulkan va og’ir (15 kg gacha), portativ ishchi stantsiyalaridan to 100 gramm keladigan elektron yozuv daftarchasigacha bo‘lgan ko‘chma kompyuterlar mavjud. Download 27.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling