Kompyuter arxitekturasiga oid atamalar. Elektron hisoblash mashinalari


Download 1.29 Mb.
bet12/16
Sana18.10.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1707896
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
КА terminlar

PCI shinasi ingl.: PCI (Peripheral Component Interconnect) bus. rus.: shina PCI Kompyuterga tashqi qurilmalar ulash uchun mo‘ljallangan shina. Obyektlarning o‘zaro ishlashi to‘g‘ridan-to‘g‘ri, markaziy protsessor ishtrokisiz amalga oshiriladi. PCI 32-razradli bo‘lib, uni 64 razradligacha kengaytirish imkoni bor. O‘tkazish qobiliyati cho‘qqisi 32 razradli shina uchun 132 Mbayt/s.ni va 64 razradli uchun 300 Mbayt/s ni tashkil qiladi. Shina mahalliy tarmoq bilan yaxshi ulanadi.
Registr ingl.: register. rus.: registr. Registr uyalardan iborat, ularga so‘z, buyruq, ikkilik sanoq tizimida berilgan son va boshqalarni yozish, eslash va o‘qib olish mumkin. Ko‘pincha, registr kompyuter ishlaydigan so‘z o‘lchami bilan bir o‘lchamga ega. Ixtiyoriy registrning ish tezligi, u saqlay oladigan bitlar soni bilan belgilanadi. Registrlarni boshqarish, odatda, mikrodasturlash vositalari bilan bajariladi.
SDRAM qisq.: Synchronous Dynamic RAM Sinxron dinamik TXQ. SDRAM mikrosxemalarida ketma-ket tanlash paytida ma’lumotlarni olish vaqti nanosoniyalarda ko‘rsatiladi. Aslida esa sinxron xotira mikrosxemalari qobiqlaridagi raqamlar ushbu xotira ishlay oladigan tizim shinasining eng ko‘p takt chastotasini ta’minlaydi. SDRAM tezkorligi va shina takt chastotasi muvofiqligi jadvalda quyida keltirilgan: Xotira tezkorligi, ns: 12, 10, 8, 7 Shinaning eng ko‘p chastotasi, MGs: 83, 100, 125, 133
USB 2.0 shinasi ingl.: USB 2.0 . rus.: shina USB 2.0 Yuqori tezlikka ega bo‘lgan USB shinasi. USB 2.0 ma’lumotlar uzatish tezligini 480 Mb/s gacha quvvatlay oladigan tashqi shina standartidir. USB 2.0 texnologiyalar kanal o‘tkazishi kengligiga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqilgan
Shina ingl.: bus . rus.: shina Kompyuterning bir qismidan ikkinchi qismiga ma’lumotlar uzatuvchi jismoniy vosita. Shu sababli, shinalarni yaratishda yassi kabellardan foydalaniladi. Odatda «shina»atamasi «ichki shina» ma’nosida foydalaniladi. Bu shina kompyuterning barcha ichki tarkibiy qismlarini markaziy protsessor va xotira bilan ulaydi. Masalan, 16-bitli shina 16 bit ma’lumotlarni uzatish imkoniga ega, 32-bitli shina bo‘lsa-32-bitli ma’lumotlarni uzatadi.
Plotterlar. Plotterlar katta o’lchamlardagi tasvirlarni qog’oz yoki boshqa materiallarga tushirish uchun xizmat qiladi. Bir vaqtlar printerlarda tasvirlarni qog’ozga tushirishning iloji yo’q edi. O’sha paytda chizmalarni chizish uchun plotterlar yaratilgan edi. Printerdan farqli ravishda plotterda bir necha rangdagi ruchkalar bo’lib, ular maxkamlab qo’yilgan qog’oz ustida harakatlana olar va unda turli shakllarni chiza olardilar.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling