Kompyuter falsafasi


reja. Ilmiy tadqiqotini maqsadlari va boshlang‘ich strukturaviy elementlari


Download 1.16 Mb.
bet39/143
Sana18.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1030589
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   143
Bog'liq
компютер фалсафа услубий.txt

reja. Ilmiy tadqiqotini maqsadlari va boshlang‘ich strukturaviy elementlari

Tadqiqot yo‘nalishi va predmetini tanlash
Har qanday ilmiy tadqiqot yo‘nalish va predmetga egadir. Yo‘nalish va predmet obyektiv va subyektiv manbaga ega. Obyektiv manba ijtimoiy ehtiyoj va buyurtma. Ijtimoiy ehtiyoj 4 yoki bu muammoni dolzarbligini belgilaydi. Ijtimoiy buyurtma esa tadqiqot yo‘nalishlarini jamiyat tan olinishi, olimni faoliyatini boshlang‘ich bosqichdagi vazifalarni anglab olishni belgilaydi.
Ilmiy tadqiqotni obyekti, predmeti va yo‘nalishi mavjud bo‘ladi.
Obyekt ilmiy tadqiqotga nisbatan mustaqil mavjud bo‘lgan, borliqni biron bir jabhasini tashkil qilgan moddiy yoki ma’naviy tizimdir. Ilmiy tadqiqotni maqsadi obyektga xos bo‘lgan qonuniyatlarni, xossalarini o‘rganish, uni nazaryasini ishlab chiqish, uni mohiyatini tushunish va tushuntirishdir.
Ilmiy tadqiqot predmeti obyektini, qismini tashkil etadi. Bu predmetni ontologik tushunishdir. Predmet mavjudlikni biron bir tomonini, xossasini bildiradi, tilda "narsa", "hodisa", so‘zlari bilan belgilanadi.
Fan metodologiyasida predmet deganda obyektning tadqiqot bilan qamrab olgan tomoni, jihati tushuniladi. Bunda bitta obyekt bir necha fan uchun predmet bo‘lishi mumkin.
Tadqiqotda fan predmeti yo‘nalishlar va muammolarga bo‘linib ketadi. Va aksincha, shunday ilmiy yo‘nalishlar bo‘ladiki, ular bir nechta fanni predmeti bo‘lishi mumkin. Masalan, kibernetika fan yo‘nalishi bo‘lib, bu yo‘nalishga oid muammolar matematika, iqtisodiyot, biologiya fanlarida tadqiqot qilinadi.
Ilmiy yo‘nalish bu qaytib borilayotgan tadqiqot sohasini qamrab olgan bir yoki bri nechta fandir.
Ilmiy yo‘nalishni strukturaviy birliklarini kompleks muammolar tashkil qilib, ularni o‘zi muammo mavzu va ilmiy masalalarga bo‘linadi.
Tadqiqot yo‘nalishini taglashga yuqolida aytilgan ijtimoiy va individual ehtiyojlar ta’sir qiladi. Individual ehtiyojda ijtimoiy ehtiyoj va buyurtma, hamda tadqiqotchini maqsadi va niyati ifodalanadi. Muammoni dolzarbligi ijtimoiy ehtiyoj, jamiyat tomonidan fanga berilgan buyurtmalar tomonidan belgilanadi.



Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling