Kompyuter grafikasi axborotni taqdim etishning zamonaviy usuli sifatida


Download 41 Kb.
Sana29.01.2023
Hajmi41 Kb.
#1138882
Bog'liq
MIRYAHYOYEVA MASHHURA maqola1


KOMPYUTER GRAFIKASI AXBOROTNI TAQDIM ETISHNING ZAMONAVIY USULI SIFATIDA.
Miryahyoyeva Mashhuraxon Ne’matillo qizi
Qo`qon Davlat Pedagogika Instituti
Ta’limda Axborot Texnologiyalari magistranti


Annotatsiya: Maqolada axborotni kompyuter grafikasi orqali foydalanuvchilarga
murakkab ma'lumotlarni aniqroq va ravshanroq vizual shakllarda taqdim etish
usullari (ilovalar orqali) va kompyuter grafikasining axborotlashgan jamiyatdagi
ahamiyati, ro’li va o’rni bayonetilgan.
Kalit so`zlar: GIMP bosh sahifasi, Cooltext.com, FreeGraphics.com,
ABCGiant.com, ProDraw Grafikasi, ADP (amaliy dasturlar paketi), grafik qiyofa,
ekslikatsiya,Rastrli grafika, Vektorli grafika.
  Аннотация


Annotation: This article describes the content and essence of the social competence of a modern teacher, the conditions for its development.
Key words: competence, social competence education, teacher, goal, social, knowledge, ability

Yangi O`zbekiston sharoitida ta’lim jarayonlarini turli yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish oily maqsadga aylangan. Muxtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “Yoshlarimiz mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqiyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”, degan fikrlari ham yangi O’zbekistonimiz yoshlarini erkin fikrlashni tarkib toptirishga qaratilayotgani ham e’tibordan holi emas. Zero, … bilim berish o‘qituvchining mas’uliyatli burchidir, deb Ibn Sino o‘qituvchining shaxsiyati qanday bo‘lishi kerakligi haqida quyidagi fikrlarni bildirgan:


- bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo‘lish;
- beriladigan bilimni talabalar qanday o‘zlashtirib olayotganiga e’tibor berish;
- ta’limda turli usul va shakllardan foydalanish;
- talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilish;
- fanga qiziqgira olish;
- berilgan bilimlarning eng muhimini ajratib o‘qitish;
- bilimlarni talabalarning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish;
- har bir so‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga erishish zarur.
Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat. Zero, zamonaviy ta’lim tizimining asosiy vazifasi sifatli ta’lim olish uchun shart-sharoit yaratishdan iborat. Kompetensiyaga asoslangan yondashuvni joriy etish ta’lim sifatini oshirishning muhim shartidir. Zamonaviy o‘qituvchilarning fikricha, hayotiy muhim kompetensiyalarni o‘zlashtirishning o‘zi insonga zamonaviy jamiyatda navigatsiya qilish imkoniyatini beradi, shaxsda tez javob berish qobiliyatini shakllantiradi, zamon talablariga javob beradi. Zamonaviy o‘qituvchining ijtimoiy kompetensiyalari atrof-muhit, jamiyat hayoti, shaxsning ijtimoiy faoliyati bilan bog'liq, ya`ni:
- o'qituvchining bolalar va ularning ota-onalari, hamkasblari va rahbarlari, turli tashkilotlar va jamoatchilik vakillari bilan muloqot qilish sohasidagi kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlik darajasi;
- o'zini nizolarsiz munosabatlarni o'rnatish qobiliyati, hamkorlik qilish va bolalar tarbiyasini yaxshilash va paydo bo'lgan muammolarni hal qilish uchun turli imkoniyatlardan foydalanish qobiliyati, shuningdek, o'z harakatlari uchun yuqori shaxsiy javobgarlik, boshqa odamlar oldidagi majburiyatlari sifatida namoyon bo'ladi. pedagogik muammolarni hal qilish;
- shaxsiy xarakter xususiyatlari, muloqot qoidalariga rioya qilish va o'zining va pedagogik jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqiy imkoniyatlarini (huquqlari va majburiyatlarini) bilish bo`lib, kasbiy kompetentsiyaning ajralmas qismidir [1]. Shuningdek olib borilgan ilmiy tadqiqotlardagi quyidagi fikrlarni ham keltirish joiz:
- I.A. Zimney fikricha ijtimoiy kompetentsiya kompetentsiyaning muhim turi bo`lib:
birinchidan keng ma'noda ijtimoiydir, chunki ular jamiyatda shakllanadi
ikkinchidan, ta'lim muassasasi bitiruvchisining tayanch kompetensiyasidir, chunki shaxsni jamiyatga moslashtirish, kasbiy jihatdan ta'minlash ijtimoiy va shaxsiy muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo'lgan malakalar tizimdir [2].
-Tadqiqotchi T.B.Belyaeva fikricha ijtimoiy komptendentsiya- shaxsning integratsiyaviy tizimi sifatida kasbiy kompetentsiya turlarini (individual, shaxsiy) birlashtiradi [3].
- A.K. Markovaning fikriga ko`ra, qoida sifatida ijtimoiy kompetentsiya- mutaxassislarning faoliyatini professional mazmuni bilan belgilanadigan muvaffaqiyatining kalitidir [4]. Olim va tadqiqotchilarning fikricha, o`qituvchining ijtimoiy kompetensiysi albatta uning pedagogik faoliyatida rivojlanar ekan.
Yangi O`zbekistonda o’qituvchilarda ijtimoiy kompitentsiyalarni rivojlanishining barcha pedagogik shart- sharoitlari yaratilgan. Jumladan:
- pedagogik bilimlarni targ`ib etishda xorij tajribasiga asoslanish;
- xorij tajribalari asosida bilim va qobiliyatlarini shakllantirish;
- ilg`or ish tajribaga ega o`qituvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etish;
- ilg`or ish tajribaga ega o`qituvchilarning mehnat faoliyatini targ`ib etish;
- ilg`or ish tajribaga ega o`qituvchilarning yutuqlarini yutr bo`ylab yoyish;
- yosh o`qituvchilarga ilmiy, uslubiy, amaliy va nazariy yordam ko`rsatish;
- o`qituvchilarni ota-onalar bilan doimiy hamkorlikka jalb etish;
- o`z ishiga ijodiy yondashadigan o`qituvchilar bilan suhbatlar o`tkazish;
- mohir o`qituvchilarning mehnat faoliyatlaridagi yutuqlaridan o`z tajribasida foydalanish;
- o`qituvchilarning zavqlanib gapirishlari va noan`anaviydars turlarini o`tish texnikasini egallashlari;
- qonun doirasida malaka oshirishlari va qayta tayyorlash kurslaridan o`tishlari;
- internet tarmog`idan unumli foylanishlari va hakozolar.
Xulosa o`rnida, o`qituvchi jamiyat hayotida yetakchi o`rin tutadi. Uning ijtimoiy turmishni barcha sohalarida erishgan yutuqlarining zamirida mehnatining natijalari yotadi. O`qituvchining ijtimiy kompetentsiyasining yuqoriligi uning pedagogik va psixologik tayorgarligi, bilimlar integratsiyasi, muomila madaniyati, psixologik vaziyatlarni e`tiborga olish kabilariga bog`liqdir. Zero, xalq orzusidagi barkamol insonni yuksak saviyali, zo`r maxoratli o`qituvchigina ilm cho`qqilarini egallashga yo`naltira oladi.
Adabiyotlar ro`yxati

  1. Bezrukova V.S. Osnovi duxovnoy kulturi (entsiklopedicheskiy slovar pedagoga). Yekaterinburg. 2000. 937 s

  2. Зимняя, А.И. Ключевые компетенции – новая парадигма результата образования / А.И. Зимняя // Высшее образование сегодня. – 2003. – № 5. – С. 34–42.

  3. Краснокутская, С.Н. Анализ состояния проблемы социальной компетентности в отечественной и зарубежной литературе / С.Н. Краснокутская // Сб. науч. тр. Северо-Кавказского гос. техн. ун-та. Сер. «Гуманитарные науки». – 2005. – № 1 (13). – С. 98–109.

  4. Маркова, А. Психология профессионализма / А. Маркова. – М., 1996.

Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling