Кompyuter grafikasi va animatsiyasi tushunchasi


Download 67.07 Kb.
Sana27.10.2023
Hajmi67.07 Kb.
#1727915
Bog'liq
Презентация3

Кompyuter grafikasi va animatsiyasi tushunchasi

Кompyuter grafikasi uzoq yillar davomida vujudga kelib, 1960 yillarda ham to‘laqonli grafik tizimlar mavjud bo‘lgan. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi (КG) va kompyuter animatsiyasi (КA) atamalaridan foydalaniladi. Кompyuter grafikasi tushunchasi statik tasvirlar bilan ishlashning barcha ko‘rinishlari o‘z ichiga olsa kompyuter animasiyasi dinamik o‘zgaruvchi tasvirlar bilan ishlaydi.

Кompyuter grafikasi – EHM boshqaruvida grafik ob‘ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o‘zgartirish va tahrirlashdir.

  • Кompyuter grafikasi – EHM boshqaruvida grafik ob‘ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o‘zgartirish va tahrirlashdir.
  • Кompyuter animatsiyasi – ekranda tasvirlarni “jonlantirish”, kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir.

Кompyuter grafikasi – informatikaning mahsus qismi bo‘lib, dasturiy-apparat xisoblash komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini o‘rganadi. Virtual fazoda xajmli ob’ektlarni yaratish usullarini o‘rganuvchi soha uch o‘lchovli (3D) grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan foydalaniladi.

Кompyuter grafikasi turlari

Rastrli

Vektorli


fraktal

Piksel – bu rastrli tasvirning eng kichik elementi bo‘lib, uning rangi kompyuter xotirasiga bitlarning ma’lum bir miqdori vositasida kiritiladi. Masalan 800x600 suratda bu sonlar gorizontal bo‘yicha (800) va vertikal bo‘yicha (600) piksellar sonini belgilaydi. Piksellar soni qanchalik ko‘p bo’lsa tasvirning ekrandagi va qog‘ozda chop etilgandagi sifati (resolution) yuqori bo‘ladi.


Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari
— poligrafiya ishlari uchun mo‘ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari;
— ikki o‘lchamli rang tasvir kompyuter grafikasi;
— taqdimot ishlari uchun mo‘ljallangan dasturlar;
— ikki o‘lchamli animatsiya dasturlari;
— uch o‘lchamli animatsiya dasturlari;
— ikki o‘lchamli animatsiya dasturlari;
— ikki o‘lchamli va uch o‘lchamli animatsiya dasturlari;
— videotasvirlarni qayta ishlovchi komplekslar;
— ilmiy vizuallashtirish ishlarini bajaruvchi dasturlar.

Vektorli tasvirlar deb — tuzilishi jihatidan murakkabroq va har xil ko’rinishga ega bo’lgan geometrik ob’ektlar to’plamiga aytiladi. Bunday ob’ektlarga misol tariqasida to’g’ri to’rtburchaklar, aylanalar, ellipslar, ko’p burchaklar, kesmalar va chiziqlarni keltirish mumkin. Vektorli grafikanining xarakterli xususiyatlaridan biri undagi har bir ob’ekt uchun ularning tashqi ko’rinishlarini o‘zgartirish imkonini beradigan boshqarish parametrlari mavjud. Nuqtali tasvirlardan farqli ravishda vektorli tasvirlar ixtiyoriy ichki strukturaga ega bo’lishi mumkin.

  • Vektorli tasvirlar deb — tuzilishi jihatidan murakkabroq va har xil ko’rinishga ega bo’lgan geometrik ob’ektlar to’plamiga aytiladi. Bunday ob’ektlarga misol tariqasida to’g’ri to’rtburchaklar, aylanalar, ellipslar, ko’p burchaklar, kesmalar va chiziqlarni keltirish mumkin. Vektorli grafikanining xarakterli xususiyatlaridan biri undagi har bir ob’ekt uchun ularning tashqi ko’rinishlarini o‘zgartirish imkonini beradigan boshqarish parametrlari mavjud. Nuqtali tasvirlardan farqli ravishda vektorli tasvirlar ixtiyoriy ichki strukturaga ega bo’lishi mumkin.
  • Vektorli tasvirlarni nuqtali tasvirlarga aylantirish foydalanuvchi ishtirokisiz, amaliy dastur tomonidan amalga oshiriladi. Lekin nuqtali tasvirlarni vektorli tasvirga aylantirish foydalanuvchidan katta mahorat talab qiladi.

Fraktal grafika — bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni matematik hisoblashlarga asoslangan dasturlar asosida qurishdir, ya’ni bunda tasvirlar formulalar yordamida ko’riladi.. Fraktal grafikada esa tasvirlarni matematik hisoblashlar yordamida avtomatik o’zgartirib ko’paytirish yo’li chiroyli manzaralar hosil qilinadi. Fraktal kompozisiya yaratish chizish yoki shakl berish emas, balki dasturlashga asoslanadi. Teleko’rsatuvlar va reklamalarni badiiy bezashda ishlatiladi.


Download 67.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling