Kompyuter grafikasi Vikipediya, ochiq ensiklopediya Kompyuter grafikasi


Download 144.79 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi144.79 Kb.
#228845
Bog'liq
Kompyuter grafikasi - Vikipediya



12.02.2021

Kompyuter grafikasi - Vikipediya

https://uz.wikipedia.org/wiki/Kompyuter_grafikasi

1/2


Kompyuter grafikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya



Kompyuter  grafikasi  —  grafik  displey  (monitor)  ekranida  tasviriy  informatsiyani  vizuallash

(„koʻrinadigan“  qilish).  Tasvirni  qogʻozda,  fotoplyonkada,  kinolenta  va  boshqalarda  aks  ettirish

usulidan farqli ravishda Kompyuter grafikasida kompyuterda hosil qilingan tasvirni darhol oʻchirib

tashlash,  unga  tuzatish  kiritish,  istalgan  yoʻnalishda  toraytirish  yoki  choʻzish,  yaqinlashtirish  va

uzoqlashtirish,  rakurenn  oʻzlashtirish,  burish,  harakatlantirish,  rangini  oʻzgartirish  va  boshqa

amallarni  bajarish  mumkin.  Kitoblarni  bezash,  rasm  va  chizmalarni  tayyorlashda  buyumlarni

loyihalash va modellarini yasashda, telereklamalar yaratishda, televizion eshittirishlar „qistirmalari“

(zastavkalari) ni, multfilmlarni yaratishda, kinofilmlarda qiziqarli kadrlar hosil qilish va boshqa koʻp

sohalarda qoʻllaniladi.

[1]


          Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o’zida mujassamlashtirib,

bunda  oddiy  grafik  chizishdan  to  real  borliqdagi  turli  tasvirlarni  hosil  qilish,  ularga  zeb  berish,

programma  vositasi  yordamida  hatto  tasvirga  oid  yangi  loyihalarni  yaratish  ko’zda  tutiladi.  U

multimedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi.

                  Kompyuter  grafikasi  –  bu  avvalo  keng  tarqalib  borayotgan  programma  ta’minotidir,  ya’ni

kompyuter  grafikasi  mavjud  va  yangi  yaratilayotgan  programmalarga  tayanadi.  U    hatto

programmalarning o’ziga zeb berishda ham juda keng qo’llaniladi. Uning rivojlanishi jarayonlarning

real uch o’lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash (hatto harakatdagi) imkoniyatini yaratdi.

Shuning  uchun  hozirda  shunday  amaliy  programmalar  paketlari  mavjudki,  ular  yordamida

ko’rilayotgan masalaning asosiy parametrinigina bergan holda uning yechimi natijasi grafik shaklida

olinishi mumkin.

         Bu holda, biz natijalarni ko’plab jadvallar shaklida olishdan qutilamiz va bunga intilish kerak.

         Kompyuter grafikasi nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha loyihachilari, reklama

bilan  shug’ullanadigan  mutaxassislar,  Internet  sahifalarini  yaratish,  o’qitish  jarayoni  uchun  va

boshqa  sohalarda  muhim  rol  o’ynamoqda.  Uning  ayniqsa  poligrafiya  sohasida  qo’llanilishi  keyingi

paytlarda rang–barang, suratli adabiyotlar, o’quv–qo’llanmalari, badiiy asarlarning paydo bo’lishida

yuksak  bezash  texnikasidan  foydalanishni  taqazo  qilmoqda.  Diqqatni  o’ziga  jalb  qiluvchi

videoroliklar, Internet sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasisiz tasavvur qilish qiyin bo’lib qoldi.

Kompyuter  grafikasi  bilan  ishlovchi  dasturlar  sirasiga  bir  qancha  dasturlarni  sanab  o’tish  mumkin.

Jumladan, Microsoft Paint, Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Corel Draw, Macromedia va Adobe

Freehand, Adobe InDesign, Adobe ImageReady, Macromedia va Adobe Flash, Discreet va Autodesk

3ds  Max,  Cinema  4d,  Alias  va  Autodesk  Maya,  LightWave,  Adobe  Brush  va  hokazolardir.  Ushbu

dasturlarda  kompyuter  grafikasiga  oid  ishlarni  amalga  oshirish  mumkin.  Ba’zilarida  oddiy  rasm

chizish mumkin bo’lsa, ba’zilarida uylar proyektlari, ba’zilarida esa uch o’lchamli modellashtirish va

hattoki to’rt o’lchamli modellashtirish mumkin bo’ladi.

Kompyuter grafikasi bilan ishlayotganda ekranning o’lchamini bilish ham muhim hisoblanadi. Ekran

aslida  nuqtalardan  tashkil  topgan  bo’ladi.  Uni  piksellar  deb  ataladi.  Ekrandagi  nuqtalar  soni

qanchalik  ko’p  bo’lsa  ekran  shunchalik  sifatli  hisoblanadi.  Ekranning  o’lchamlari  ham

yuqoridagilarni  hisobga  olgan  holda  belgilanadi.  Misol  uchun  800x600  o’lcham  gorizontaliga  800

nuqta va vertikaliga 600 nuqtadan tashkil topishini anglatadi.




12.02.2021

Kompyuter grafikasi - Vikipediya

https://uz.wikipedia.org/wiki/Kompyuter_grafikasi

2/2


Ekran  haqida  gapirganda  yana  shunga  e’tibor  berish  lozimki,  ekranning  ham  turlari  bor.  Monitor-

Displey chiqarish qurilmasi bo’lib, ular 2 xil ish tartibida ishlaydilar.

1.    Matnli ish tartibi 80 *25 simvol sigimiga ega.

2.    Grafik ish tartibi. 1024 * 640 pixel sigimga ega.

Monitorlarni quyidagi guruxlarga ajratish mumkin

1.    MGA Monochrom graphic adapter- oq qora rangli monitorlar.

2.    CGA Color graphic adapter-rangli manitorlar.

3.    MCGA Multi Color graphic adapterli manitorlar.

4.     EGA EXTENDED graphic adapter kengaytirilgan. Grafik adapterli monitorlar.

5.    VGA Video graphic adapter

6.    SVGA Super Video graphic adapter.

Hozirda qo’llanilayotgan monitorlar SVGA turkumiga oid hisoblanadi.

1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Kompyute

r_grafikasi&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Kompyuter_grafikasi&oldid=2080346" dan olindi 

Bu sahifa oxirgi marta 27-Fevral 2020, 14:27 da tahrir qilingan.

Matn Creative Commons Attribution-ShareAlike litsenziyasi boʻyicha ommalashtirilmoqda, alohida holatlarda qoʻshimcha



shartlar amal qilishi mumkin (batafsil).

Manbalar

Download 144.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling