Kompyuter grafikasining asosiy tushunchalari


Grafik formatlarda ixchamlash


Download 1.2 Mb.
bet8/23
Sana01.04.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1318697
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
adham kom grafl

Grafik formatlarda ixchamlash.
Web-sahifalar yaratishda turli xildagi illyustratsiyalar ishlatib turiladi. Ularga quyidagilar kiradi: logotip, tugma, banner, harakatlanuvchi tasvir, fototasvir, diagramma va grafiklar.
Odatda grafik fayllar katta o‘lchamga ega bo‘ladi. Masalan, BMP, TIFF yoki PCX formatlaridagi grafik fayllar samarasiz kodlanadi va tasvirni to‘g‘ri etkazishga kerakli o‘lchamdan ham katta o‘lchamga ega bo‘lishi mumkin.
Foydalanuvchilarning katta qismi tarmoqqa modemlar orqali ulanadi. Foydalanuvchi modemlarining provayderlar bilan ulanish tezligi 56 Kbit/sek dan oshmasligini hisobga olgan holda, bunday grafik fayllardan foydalanish maqsadga muvoffiq emas, chunki sahifalar yuklanish vaqti cho‘zilib ketadi.
Bunday holatda sahifalarni tarmoqda nashr qilishga tayyorlashda asosiy maqsad - illyustratsiyalar hajmini maksimal darajada kamaytirishdir, chunki grafik fayllar hajmi sahifaning umumiy hajmini belgilaydi, bu esa o‘z navbatida uning yuklanish tezligiga ta`sir qiladi.
Tarmoqdagi grafikaning yuklanish vaqtini qisqartirish uchun grafik fayllarni siquvchi juda ko‘p sonli texnologiyalar ishlab chiqilgan. Grafik ma`lumotlarni siquvchi texnologiyalar ikki xilga bo‘linadi: tasvir sifatining yo‘qolishiga olib keladigan va tasvir sifatini saqlab qoluvchi. Ixchamlash texnologiyasining birinchi tipi bu jarayon vaqtida grafik fayllarning ba`zi ma`lumotlarini yo‘qotadi, bu bilan u tasvir sifatiga zarar etkazadi; ikkinchi xilda esa tasvir sifatiga ta`sir ko‘rsatmagan holda grafik fayllarni siqadi. Format va grafik fayllarni ixchamlash texnologiyasini to‘g‘ri tanlab, boshlang‘ich tasvir sifatini buzmagan holda 10-50 martagacha kichraytirish mumkin, ya`ni, siqilgan va siqilmagan tasvirlar orasidagi farqni inson ko‘zi bilan aniqlab bo‘lmaydi.
Hozirgi kunda tarmoqlarda ikki asosiy grafik format qo‘llanadi: GIF va JPEG (yoki JPG). Bu grafik formatlarda illyustratciyalangan sahifalarni barcha keng tarqalgan brauzerlar tushunadi va to‘g‘ri tasvirlaydi. Bu formatlarning har biri o‘z ustunliklari va kamchiliklariga ega, bu ularning qo‘llanish sohasini aniqlaydi, ular orasidagi farqni tushunish o‘z navbatida sayt sahifalarini grafik bezash ishlarini osonlashtiradi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling