Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyasi yo`nalishi


Download 332.56 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi332.56 Kb.
#1574546
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AXMEDOVA MASHXURA KURS ISHI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI





Urganch Davlat Universiteti

Fizika-matematika fakulteti

Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyasi yo`nalishi

202-guruh talabasi Axmedova Mashxuraning

Operatsion tizimlar fanidan tayyorlagan



KURS ISHI

Mavzu:Tarmoq operatsion tizimlari.


Topshirdi: Axmedova Mashxura

Qabul qildi:

Baholash: _________

2023


Mundarija
I. Kirish………………………………………………………………….3
II. Asosiy qism……………………………..............................................5
1.Tarmoq operatsion tizimi (NOS) nima va u qanday maqsadlarda ishlatiladi?.................................................................................................5
2 Tarmoq operatsion tizimining afzalliklari…………………………….8
3 Tarmoq tizimlarining turlari…………………………………………10
4 Tarmoq operatsion tizimining komponentlari Uning asosiy xususiyatlari nimada?.............................................................................12
5 Tarmoq tizimi operatsion tizimdan nimasi bilan farq qiladi?..............14
6 Tarmoq uskunalari o'rtasidagi aloqani yaxshilash uchun eng ko'p ishlatiladigan NOS -lar………………………………………………...16
III. Xulosa……………………………………………………...………20
IV. Foydalangan adabiyotlar…………….…………………………….21

Kirish
Operatsion tizimlar har qanday kompyuter tizimining ajralmas qismidir. Shu sababli, operatsion tizimlar kursi har qanday kompyuter ta’limining ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu sohada tez o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, chunki hozirgi kunda kompyuterlar kundalik hayotning deyarli barcha sohalarida - avtomashinalar ichiga o‘rnatilgan qurilmalardan tortib, hukumatlar va transmilliy kompaniyalar uchun eng zamonaviy rejalashtirishning eng murakkab vositalariga qadar keng tarqalgan. Zamonaviy kompyuter bir yoki bir nechta protsessorlardan, operativ xotiradan, disklardan, printerdan, klaviaturadan, sichqonchadan, displeydan, tarmoq interfeyslaridan va boshqa har xil kiritish/chiqarish qurilmalaridan iborat. Natijada esa ancha murakkab tizim hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, komponentlarning barchasini boshqarish va ulardan maqbul foydalanish juda qiyin vazifadir. Shu sababli, kompyuterlar operatsion tizim deb ataladigan maxsus darajadagi dasturiy ta’minot bilan jihozlangan, ularning vazifasi foydalanuvchi dasturlarini va barcha manbalarini boshqarishdir.


Operatsion tizimlar tarixi— birinchi kompyuterlarda operatsion tizimlar boʻlmagan. Oʻsha davrda birinchi kompyuterlarda ishlaydigan har bir dastur kompyuterda ishlash uchun zarur boʻlgan barcha kodlarni oʻz ichiga olishi, oʻrnatilgan apparat bilan aloqa qilish va dastur bajarishi kerak boʻlgan hisob-kitoblarni bajarishi kerak edi. Bu holat hatto eng oddiy dasturlarni ham juda murakkab holga keltirardi.Ushbu muammoga javoban markaziy kompyuterlar egalari kompyuterga kiritilgan dasturlarni yozish va bajarishni osonlashtiradigan tizimli dasturiy taʼminotni ishlab chiqa boshladilar va shu bilan birinchi operatsion tizimlar dunyoga keldi.Operatsion tizim - kompyuter resurslarini, maʼlumotlarni muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan dasturiy taʼminotning asosiy qismi yoki, dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirishchiqishni va maʼlumotlarni boshqararish kabi vazifalarni taʼminlaydigan dasturiy vosita. Аsosan operatsion tizimlar koʼproq dasturiy boʼlsalar ham, biroq, qisman apparat vositalarida ham qoʼllanishi mumkin. Qisqacha qilib aytganda Operatsion tizim foydalanuvchi va qurilma oʼrtasidagi muloqotni taʼminlab beradigan vositadir. Kompyuterlar uchun birinchi operatsion tizim GM-NAA deb atalgan. U 1955-yilda General Motors vakili Robert Patrik hamda North American Aviation vakli Ouen Mok tomonidan tuzilgan. U tizim monitorlariga asoslangan va faqat katta mashinalarda ishlashga moʻljallangan. GM-NAAʼning asosiy vazifasi eski dastur tugashi bilan yangi dasturni avtomatik ravishda bajarishdan iborat boʻlgan.
II. Asosiy qism

Download 332.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling