Kompyuter (ing computer — hisoblayman), ehm
Download 21.64 Kb.
|
1-amaliy mashgulot
Protsessorni mikroprotsessor yoki CPU (yaʼni, Central Processing Unit-markaziy protsessor) deb ham atashadi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallar bajaradi, xotira bilan bogʻlanadi va barcha qurilmalar ishini boshqaradi.
Tovush platasi (ing. Sound adapter, adapter-moslashtiruvchi) – axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audioaxborotni tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma. Qurilmaning chiqish qismiga ovoz kuchaytirgich yoki karnaylarni ulash mumkin. Tovush platasi oʻz mikroprotsessoriga ega boʻlib, tovushni kiritishda analog-raqamli oʻzgartirish va chiqarishida diskret-analogli oʻzgartirishni taʼminlaydi. Video-plata (ing. Graphics adapter) – murakkab tasvirlar va millionlab ranglarni qayta ishlashni taʼminlab beruvchi plata. Bu plata oʻz mikroprotsessori va tezkor xotirasiga ega boʻladi. Zamonaviy video-karta hajmli va uch oʻlchovli grafika bilan ishlash imkoniyatiga ega. Hozirgi kundagi juda koʻp dasturlar va oʻyinlar 64 Mb yoki 128 Mb sigʻimli video-kartalar bilangina ishlaydi. Aniq protsessorga mos i80386, 16/32 yozuvi, ushbu protsessor 16 razryadli berilganlar shinasi va 32 razryadli adreslar shinasiga ega ekanligini, yaʼni bir vaqtning oʻzida 16 bit axborot va 232= 4 Gbayt hajmdagi adreslar (adreslar sohasi) bilan ishlash imkoniyati mavjudligini bildiradi. Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira qurilmasida joylashgan dasturdan navbatdagi buyruqni oʻqish va bajarish, natijani yozib qoʻyish hamda keyingi bajariladigan buyruqni aniqlashdan iborat takrorlanuvchi jarayondir. Bundan tashqari protsessor dastur mazmunidagi boshqarishni amalga oshirish, maʼlumotlarni zarur joydan oʻqish, lozim joyga yozish, kerak joyga uzatish, boshqa qurilmalarning ishlashini muvofiqlashtirish vazifasini ham bajaradi. Download 21.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling