Kompyuter (ing computer — hisoblayman), ehm


Kompyuter deganda dastur asosida axborotlarni katta tezlikda qayta ishlashni taʼminlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin


Download 21.64 Kb.
bet2/3
Sana05.05.2023
Hajmi21.64 Kb.
#1429866
1   2   3
Bog'liq
1-amaliy mashgulot

Kompyuter deganda dastur asosida axborotlarni katta tezlikda qayta ishlashni taʼminlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin.
Birinchi shaxsiy kompyuter 1973-yilda Fransiyada Truong Trong Ti tomonidan ishlab chiqilgan. Avvaliga mazkur shaxsiy kompyuter elektron oʻyinchoq sifatida qabul qilindi. Bu kompyuter 1977-yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi „Apple Computer“ firmasi tomonidan mukammallashtirildi hamda dasturlarning katta majmuini tatbiq etib ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlandi. Shundan beri kompyuter hayotimizda mustahkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi.
Hozirgi kunda xilma-xil zamonaviy kompyuterlar insonga xolis xizmat qilmoqda. Ular­ning tashqi koʻrinishlari ham turlicha. Lekin kompyuterlarni tashkil etuvchi qurilmalar (yaʼni apparatli taʼminoti) bilan yaqindan tanishsak, turli turkumdagi mashinalardagi qurilmalarda oʻxshashlik borligini koʻramiz. Har qanday kompyu­terning apparatli taʼminoti asosiy va qoʻshimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini taʼminlasa, qoʻshimcha qurilmalar kompyuterdan foydalanishda qulayliklar va qoʻshimcha imkoniyatlar beradi.
Kompyuterning asosiy qurilmalariga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qoʻshimcha qurilmalarga sichqoncha manipulyatori, printer, plotter, skaner, modem, web-kamera va boshqalar misol boʻladi.
Sistema bloki, asosan, gʻilof, asosiy plata (ona plata yoki sistema platasi), protsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, quvvat blokidan iborat.

Asosiy plata yaxlit asosga yigʻilgan elektron sxemalar boʻlib, unga baʼzi qurilmalar axborot almashish sistema magistrali – shinalar (simlarining oʻramlari) yordamida bogʻlanadi. Shinalar kompyuter-ning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishida uch xil shina xizmat koʻrsatadi: berilganlar (berilgan maʼlumotlar) shinasi, adreslar shinasi, boshqarish shinasi. Asosiy platada mikroprotsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, ovoz, video va tarmoq platalari ham joylashadi. Ular asosiy plataning maxsus slot (qirqim)lariga ulanadi.


Download 21.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling