Kompyuter injenering” fakultеti 1 bosqich ki-12-21 guruh talabasi shonazarova Mohinaning


Download 148.38 Kb.
bet4/11
Sana04.02.2023
Hajmi148.38 Kb.
#1158625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-mustaqil ishi

Cho’qintirish sirli hodisasi (tainstvo). Bunda dindor o’z tanasini uch marta suvga botirishi, Xudo-Otani, o’g’ilni va Muqaddas ruhni chaqirishi bilan ruhiy tug’ilishni kasb etadi.
Badanga miro surkash ham sirli bo’lib, bunda dindorga Muqaddas ruhning ruhiy hayotga qaytaruvchi va chiniqtiruvchi ehsonlari ulashiladi.
Poklanishning sirliligi. Unda dindor non va vino ko’rinishida o’z badanida Iso qonini abadiy hayotga tayyorlaydi.
Nadomatning sirliligi shundaki, dindor o’z gunohlarini din peshvosi oldida tan oladi, din peshvosi esa uning gunohlarini Iso nomidan kechiradi.
Ruhoniylikning sirliligi u yoki bu shaxsni ruhoniy darajasiga ko’tarish uchun yepiskopning qo’lini o’sha shaxs badaniga tegizishi (yoki qo’yishi) orqali amalga oshiriladi.
Nikohning sirliligi. Bunda kelin-kuyov turmush qurish, farzand ko’rish va uni tarbiyalashga oq fotiha oladilar.
Badanni yeley bilan ishqalash sirida Xudoning ruhiy va jismoniy zaifliklarni tuzatuvchi lutfu marhamatidan umid qilinadi.
Pravoslav cherkovi bayramlar va diniy marosimlarga alohida ahamiyat beradi. Pasxadan so’ng pravoslav dinining o’n ikki kunlik o’n ikki muhim bayrami boshlanadi. Ular:

  1. Bibi Maryamning tug’ilishi (Rojdestvo Bojьey materi);

  2. Isoning xochini tiklash (Vozdvijenie kresta Gospodnya);

  3. Bibi Maryamning ibodatxonaga kirishi (Vvedenie vo xram Presvyatoy Bogoroditsы);

  4. Isoning tug’ilishi (Rojdestvo Xristovo);

  5. Isoni cho’qintirish (Kreщenie Gospodnya);

  6. Olqishlash (Sretenie);

  7. Xushxabarning nozil bo’lishi (Blagoveщanie);

  8. Isoning Quddusga kirishi (Vxod Gospodnya v Ierusalim) – pasxa postidan 6 haftadan keyingi yakshanba;

  9. Isoning qayta tirilishi (Voskresenьe Xristovo) – Pasxa, bahorgi kecha va kunduz tengligi va oy to’lishgan birinchi yakshanba;

  10. Isoning osmonga ko’tarilishi (Voznesenie Iisusa) – Pasxadan 39 kun keyin;

  11. Muqaddas Ruhning tushishi (Soshestvie svyatogo duxa–Troitsin Denь);

  12. Iso qiyofasining o’zgarishi (Preobrajenie) – 6 avgustda.

Cherkov yili eski hisobga muvofiq 1 sentyabrdan boshlanadi. 8 sentyabrь kuni «Rojdestvo Bojьey materi» bayrami o’tkaziladi. 12 sentyabrь kuni «Vozdvijenie kresta Gospodnya» bayrami nishonlanadi. Bu bayram imperator Irakliy davrida Iso krestining forslar tutqunidan qaytarib olib kelinishiga bag’ishlanadi. 21 noyabrь kuni «Vvedenie vo xram Presvyatoy Bogoroditsы» bayrami o’tkaziladi. Bu bayram uch yoshli Maryamning birinchi ruhoniy tomonidan Qadimiy Ahd ibodatxonasiga olib kirilganligiga bag’ishlanadi. Ibodatxonaga kirish bayramidan bir hafta oldin, yaьni 15 noyabrda Rojdestvo posti boshlanadi. Va nihoyat, 20 dekabrda Rojdestvo bayrami kiradi va 31 yanvargacha davom etadi.
Isoning cho’qintirilishi (Kreщenie Gospodnya) bayrami 6 yanvarda nishonlanadi. Bu bayram Isoning Yah’yo tomonidan cho’qintirilishiga bag’ishlanadi.
Navbatdagi yana bir yirik bayram Sretenie (olqishlash, kutib olish) bayramidir. Bu bayram Iso tug’ilgach, avliyo Simeon tomonidan uni kutib olinishiga bag’ishlanadi.
Buyuk bayramlar ichida Pasxa birinchi o’rinda turadi. Pasxa – Isoning o’lganidan so’ng qayta tirilganini nishonlab o’tkaziladigan bayram. Pasxaning tarixi yahudiylikdagi peysax bayrami bilan bog’liq bo’lib, u yahudiylarning Misrdan qochib chiqishi va ozodlikka erishishining nishonlanishidir. Xristianlik yahudiylikdan to’la ajralib chiqqach Pasxa yangicha tus olgan.
Yuqorida sanab o’tilgan bayramlar oldidan ularga tayyorgalik sifatida turli muddatli postlar o’tkaziladi. Postning mohiyati inson ruhini tozalash va yangilash, diniy hayotning muhim voqealariga tayyorgarlikdan iborat.
Rus Pravoslavining ko’p kunlik postlari (ro’zalari) bo’lib, ular to’rtta: Pasxa oldidan, Pyotr va Pavel kuni oldidan, Bogoroditsa uyqusidan oldin va Iso tug’ilgan kundan oldin bo’ladigan postlar. Pasxa oldidan bo’ladigan «Velikiy post» 40 kunga cho’ziladi. Ushbu post davrida – eski hisob bo’yicha 25 martda «Blagoveshenie» bayrami o’tkaziladi. Post boshlanishidan olti hafta o’tgach yakshanba kuni xristianlikning o’n ikkinchi bayrami yoki 8-bayram «Xudoning Quddusga kirishi» nishonlanadi.

Download 148.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling